Ayollar qanday erkaklarga ko`proq e`tibor berishadi?

Ayollar qanday erkaklarga ko`proq e`tibor berishadi?

Ayol erkakda nimani ko`rishni istaydi? Ko`plab erkaklar shu savol haqida ko`p bosh qotirishadi va ko`pchilik chiroyli yigitlarda imkoniyat ko`proq deb xulosa qilishadi.

Ammo, shu sohada o`tkazilgan tadqiqot ko`rsatdiki bu narsa unchalik to`g`ri emas. Bir tarafdan ayollar ko`proq chiroyli erkaklarni sevib qolishadi, ammo ularga kimni tanlagan bo`lar edingiz deb savol bersangiz, “chiroydan” ko`proq mehribonlikni va saxiylikni tanlashadi.

Kichkina namunani ko`rishingiz mumkin:

Ikki yigit shaxarda ketyapti va kafe yonida o`tirgan bechorani ko`rishadi. Birinchisi shu bechora insonga choy va egulik sotib olish uchun kafega kiradi, ikkinchisi esa telefoniga qaraganday o`zini ko`rsatib yonidan o`tib ketadi.

Shu vaziyatni qizlar ko`rganda kimga ko`proq e`tibor qaratishadi?

Natija shunday bo`ldi: tashqi ko`rinishga qaramasdan ayollar mehribon va saxiylik qilgan erkaklarni tanlashadi.

Biroq erkak mehribon va chiroyli bo`lsa, bu vaziyatda umuman raqibga ega bo`lmaydi… Agarda yigit, qariyaga yo`ldan o`tishga yordam bersa, bu ayol yuragi uchun katta sinov! Mehribonlik, rostgo`ylik va samimiylik juftni topish imkoniyatini ko`paytirar ekan.

Hurmatli yigitlar, faqatgina tashqi ko`rinishgi e`tibor bermasdan, balkim ichki dunyoga ham nazar solib ko`rarmiz? O`z tashqi ko`rinishingizni ayblayvermasdan, balkim ichki olamimizni o`zgartirishni boshlarmiz?

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ra'no

    Ichki go’zallik har bir kishi uchun hosdir.

  2. LOL

    Ichki go’zallik deb siz nimani nazarda tutyapsiz?

  3. зар-нигор

    Ники

  4. Umid

    Ayollar tabiatan ojizadirlar.Va ular kuchli,mexribon va ishonchli erkakni 1-o’ringa qo’yishadi.Mexribon,rostgo’y va samimiy inson esa kchli xamda ishonchlidir.

  5. Исмингиз

    жавоб кабул килинди

  6. Ruslan

    Basharang hunuk va oddiy boʻlsang hech qaysi qiz koʻnglingga qarab oʻtirmaydi agar oʻzida kamchilik boʻlmasa

  7. U

    Senda bordaa rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social