Barchani saqlab qololmaysan!

Barchani saqlab qololmaysan!

Bir kuni dengiz suvlari ko’tarilishi oqibatida qirg’oqga ko’plab dengiz yulduzlari kelib qoladi. Dengiz suvlari qaytish vaqtida esa, ko’plab yulduzlar qirg’oqda qolib, quyosh nurida qurishni boshlaydi.

Buni qirg’oq yonida sayr qilib yurgan bir bola ko’rib qoladi va yulduzlar yashab qolishi uchun, bu bolakay ularni dengizga uloqtirishni boshlaydi.

Shu vaqtda bir kishi uning oldiga kelib dedi:

– Nima uchun sen bunday qilyapsan? Sen baribir ularni hammasini saqlab qololmaysan, ko’plari baribir o’ladi! Sening harakatlaring hech nimani o’zgartirmaydi!

– Albatta men hammasini saqlab qololmayman… – dedi bolakay.

Bola navbatdagi yulduzni oldi, bir zum o’ylab uni dengizga tashladi va shunday dedi:

– Lekin mening harakatlarim aynan shu yulduz uchun ko’p narsani o’zgartiradi …  


Hayotingda ko’plab insonlar sendan yordam kutishadi va sen hammaga ham yordam berolmaysan, chunki sen hamma narsaga qodir emassan. Biroq sen bir nechta insonlar uchun katta yordam va dalda bo’lishing mumkin!


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social