Ba’zan hayotda taslim bo‘lishga to‘g‘ri keladi, eng yaxshi umidlarga ishonish uchun ham kuch qolmaydi. Quyidagi filmlar to‘plami aslida nimalardan voz kechish kerag-u, nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi haqida.
“Qalb xotirjamligi”, Rayan Merfi
Ba’zan kundalik hayotdan, ichimizni yeb tashlaydigan asabbuzarliklardan qochishni xohlaymiz — hech bo‘lmaganda biror narsani o‘zgartirish, odatdagi joydan ko‘chaga chiqish, shahar havosidan nafas olishni istaymiz. Hech qanday global halokat sodir bo‘lmaydi, lekin nimadir noto‘g‘ri bo‘lyapti va sayohatga chiqmaguningizcha buning nimaligini aniq tushunib bo‘lmaydi. O‘zgarishdan qo‘rqqan Juliya Roberts qahramoni ham aniq rejasiz uzoq sayohatga chiqishga qaror qiladi.
Elizabet Gilbert birinchi navbatda Italiyaga sayohat qiladi, u yerda dunyodagi eng jozibali tilning barcha nozik tomonlarini o‘rganadi, shuningdek, dunyodagi eng mazali oshxonadan bahramand bo‘ladi. Keyin o‘zini yaxshiroq anglash uchun Hindistonga va nihoyat dengizga boradi.
“Shunchaki birga”, Klod Berri
Kamilla rassom va Parijda yashaydi. Qiz tabiatan g‘amgin — u ko‘p tabassum qilmaydi, quvvatini keraksiz his-tuyg‘ularga sarflashni istamaydi. Buning o‘rniga ijod qilish osonroq — g‘amginlikdan qutulishning yagona najot yo‘li shu.
Kamilla tom ostidagi kichkina xonada yashaydi. Parijning barcha jozibasiga qaramay, qishda bu yerda yashashning iloji yo‘q. Kutilmagan do‘st — omadsiz duduq aktyor Feliber Kamillani o‘zi bilan birga yashashga taklif qiladi. Ammo uning katta kvartirasida anchadan beri yana bir mehmon yashaydi: Frank. Kamilla yaqin orada o‘zaro g‘azab kutilmagan sevgiga aylanishini bilmaydi.
“Ehtiyot bo‘ling! Eshiklar yopiladi”, Piter Hovitt
Helen (Gvinet Peltrou) o‘zi uchun ikkita yakunni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega, barchasi uning poyezdni o‘tkazib yubormasligiga bog‘liq. Qahramonning oldida eshiklar yopilsa nima bo‘ladi? Hammasi juda oddiy — unga talonchilar hujum qiladi, sevgilisini ma’shuqasi bilan qo‘lga tushirishga ulgurmaydi va allaqachon do‘zaxga aylangan hayotida yashashda davom etaveradi. Agar ulgursa, u xiyonatni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi, yangidan hayot boshlash uchun sabablar topadi, haqiqiy sevgisini uchratadi va uzoq kutilgan baxtiga erishadi. Ammo ikkala ssenariy ham bir xil narsaga — sevgi va uyg‘unlikka olib keladi, bundan qochishning mutlaqo iloji yo‘q. Asosiysi, o‘ylab olish uchun vaqt kerak.
“Julyettaga maktublar”, Gari Vinik
Romantik, ta’sirchan tragikomediya — Italiyaning hayratlanarli manzaralari va soddaligiga qaramay, tasodif yuz bermaganda sodir bo‘lmaydigan sevgi hikoyasi. Sofiya yosh amerikalik ayol, u Veronaga oshpaz bo‘lib ishlaydigan qaylig‘ining yoniga ketgan. Sevgan yigiti bir necha kun davomida oshxonadagi ishlari bilan ovora bo‘lganda, bekorchilikdan Sofiya ko‘ngillilar guruhiga qo‘shiladi. Ayollar hech qanday sababsiz, hech bo‘lmaganda singan yuraklarda umid uyg‘otish istagida Julyettaga yozilgan xatlarga javob berishadi. To‘satdan Sofiyaning qo‘liga keksa ingliz ayoli yozgan xat tushib qoladi — u maktubida yetisholmagan muhabbati haqida yozgandi.
“Tiffani”dagi nonushta”, Bleyk Edvards
Hech kim uning aslida qanday ekanligini bilmaydi, aynan shu narsa erkaklarni magnit kabi o‘ziga tortadi. Holli qanday xohlasa, shunday yashaydi — mushugiga ism topa olmaydi, tashqariga derazadan chiqadi va telefonini karavoti ostidagi chamadonda saqlaydi. Holli rolini ijro etgan betakror Odri Xepbern aslida faqat tinchlik va hamjihatlikni orzu qiladi, bu esa unga erishib bo‘lmaydigan hashamat bo‘lib tuyuladi.
Bittasini ham ko’rmagan ekanman
Qizlarga yoqadi bunaqa kinolar
Ko’rib ko’rarman
Juda yaxshi kinolar, tiffanidagi nonushta haqiqiy klassika
Boburbek aka adashasiz, yigitlarga ham foydali bu kinolar
Rahmat, ko’raman
Zo’r
Hayotda har birimiz o’z baxtimizni topishimiz lozim
Rahmat
Klass, rahmat
Prosto vmeste yurakda qolgan kino
Aynan shu kinoni yoqtirmaganman
Nimaga?
Qiziq, lekin ko’rmayman
Baxt yurakda, Baxt Xudodan keladi
Allah baxtni yaratgan payti farishtalarga uni yashirishni buyurgan oʻshanda farishtalar baxtni koʻp joyga oborib yashirmoqchi boʻlgan ekan lekin Odam topib olishi mumkin ligini oʻylab oxiri bir qarorga kelgan oʻshanda baxtni insoning ichiga berkitib qoʻyishadi insonlar hech qachon baxtni uzoqdan izlamang asl baxt ichimizda uni xis qilish kerak xolos shunday ekan xulosa oʻzingizdan
Juda 4iroyli va turi gapla yozibsiz. Baxt va sevgi i4imizda, uni topiwni biliwim kere!
Siz baxtlimisiz?
ALHAMDULILLAH ALLAHGA shukr baxtliman ota onam yonimda oilam bagʻridaman bundan ortiq baxt boʻlurmi yagonam oʻzizchi oʻzizni baxtli deb bilasizmi
Salom alaykum! Yaxwimisz? Nima gapla?
Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim dugoshim qalaysiz yaxshimisiz Allahga shukr menda tinchlik oʻzizda nima gaplar yangiliklar
Hammasi yaxwi, rahmat, uyiz tin4mi? Nima yangilila?
Assalom Alaykum Azizam Goʻzalim qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun menda tinchlik
Salom alaykum, iwla yaxwi ketvottimi?