Bir o’g’il otasidan shunday deb so’radi: Siz texnologiyadan foydalanmasdan avval qanday yashagansiz?

Bir o’g’il otasidan shunday deb so’radi: Siz texnologiyadan foydalanmasdan avval qanday yashagansiz?

Bir o’g’il otasidan shunday deb so’radi: “Siz texnologiyadan foydalanmasdan avval qanday yashagansiz:

  • Internetsiz,
  • kompyuterlarsiz
  • televizorsiz,
  • konditsionersiz,
  • mobil telefonlarsiz? “

Ota o’g’liga shunday javob berdi:

“Bugungi kunda sizning avlodingiz yashayotgandek:

  • Ibodatsiz,
  • rahm-shafqatsiz,
  • vijdonsiz,
  • hurmatsizliksiz,
  • nomussiz
  • kamtarliksiz,
  • kitob o’qimasdan…

Biz – 1945-1980 yillar oralig’ida tug’ilganlar insonlar, barakalangan insonlarmiz.

Bizning hayotimiz buning tirik isbotidir:

O’ynab va velosipedlarda uchib, hech qachon shlem kiymaganmiz.

Biz birinchi kundan boshlab maktabga borishdan qo’rqmagan edik.

Maktabdan keyin quyosh botguncha o’ynardik.

Biz hech qachn yarim kun davomida televizor ko’rmaganmiz.

Biz internetdagi do’stlar bilan emas, balki haqiqiy do’stlar bilan o’ynardik.

Agar biz chanqagan bo’lsak, shishada suvni emas, balki vodoprovoddan suv ichganmiz.

Biz hatto to’rtta do’st bitta idishdan sharbat ichgan bo’lsak ham, kam kasal bo’lganmiz.

Bizning ota-onalarimiz bizni mahalliy ishlab chiqaruvchi dorilar yoki an’anaviy tibbiyot bilan davolashar edi.

Biz har kuni ko’p non va kartoshka iste’mol qilsak ham, biz hech qachon vazn orttirmas edik.

Biz o’z o’yinchoqlarimizni yaratardik va ular bilan o’ynardik.

Biz o’yinchoq va kitoblarni boshqalar bilan bo’lishardik.

Ota-onalarimiz boy emas edi. Ular bizlarga o’z sevgisini berishar, bizga moddiy emas, balki ma’naviy qadriyatlarni qadrlashni o’rgatishar edi, bizga haqiqiy insoniy qadriyatlar – halollik, sodiqlik, hurmat, mehnatsevarlik tushunchani berishgan.

Bizda hech qachon mobil telefonlar, DVD, PlayStation, XBox, video-o’yinlar, shaxsiy kompyuterlar, Internet chatlari bo’lmagan. Lekin haqiqiy do’stlarimiz bor edi!

Biz do’stimizning uyiga taklif qilinmasdan borardik, bizni sodda va oddiy ovqat bilan mehmon qilishar edi.

Bizning xotiralarimiz oq-qora rangdagi fotosuratlarda edi, lekin ular yorqin va rang-barang edi, biz oilaviy albomlarni quvonch bilan tomosha qilardik va ota-bobolarimizning portretlarini hurmat bilan saqlar edik.

Biz axlat qutisiga kitob tashlamas edik, biz ular uchun qator bo’lib navbatda turardik va keyin ularni o’qirdir.

Biz o’z hayotimizni boshqalarga ko’rsatmas edik va Instagramda bizning hayotimizni ifodalab, ommaviy axborot vositalarida oilamiz sirlarini muhokama qilish orqali boshqalarning hayotini bunday xushnudlik bilan muhokama qilmas edik.

Biz noyob va aql-idrokli avlodmiz, chunki biz ota-onamizni tinglagan oxirgi avlodmiz.

Bundan tashqari, biz farzandlarimizni tinglayotgan birinchi inslarmiz.

Va biz sizdan ko’ra aqlli va sizlarga yordam beradiganlarmiz.

Biz cheklangan miqdordagi nashr kabimiz!

Biz yo’qolib ketishimizdan oldin:

Bizdan zavqlaning!

Bizdan o’rganing!

Bizni qadrlang!

 

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ruslan

    Gap yo good
    barsachi tori aytilgan!
    iloyim biz ham farzandlarimiz uchun yaxshi urnak bulaylik

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social