Bizning uchrashuvlarimiz bebaho

Bizning uchrashuvlarimiz bebaho

Har bir juftlik vaqti-vaqti bilan uchrashuvga chiqishi va birga vaqt o’tkazishi kerak. Ammo, sizning byudjetingiz chegaralangan bo’lsa, uchrashuvda nima bilan shug’ullanishni topish qiyin. Nima bilan shug’ullanishni topishdan ko’ra, balki munosabatlarga e’tiborli bo’lish kerakdir?

Ohirgi vaqtda uchrashuvlar shunday ko’rinishga ega: qimmat restoranda ajoyib tushlik, kinoga tushish yoki kutilmagan sahohat va albatta boshqa narsalar. Albatta bularning hammasi juda yaxshi, ammo ularsiz ham yaxshi vaqt o’tkazish mumkin. Balkim sevgan inson bilan kechki ovqatni birga tayyorlash yoki birgalikda uyda film tomosha qilish yaxshidir?

Uchrashuv bu siz sarflashga tayyor bo’lgan pul miqdori emas, balki bir biringizga berishingiz kerak bo’lgan munosabat va vaqtdir. To’g’ri, siz qimmat restoranga bormassiz yoki uzoq sayohatga chiqmassiz, lekin eng muhimi shunchaki munosabat uchun vaqt topa olishdir.

Munosabatga e’tibor qaratish oilaning juda muhim omillari sanaladi. Chunki shu orqali farzandlarimizga ham yaxshi tarbiya bera olib, kelajak uchun kerakli insonlar qilib tarbiyalashimiz mumkin. “Nima eksang, shuni o’rasan” deganlaridek, agarda mustahkam oila qurishni istasang, munosabatga e’tibor ber va uni rivojlantir!!!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rustik

    Vuahaha! Juda zo’r maslahatlar. Aynan biz talabalarga juda mos kelarkan. )))))))))))))))

  2. ShOx

    juda togri yozilgan, qiziq qizlar bu haqida nima uylashadi?

  3. руслан

    аммо барибир шундай учрашувларда энг зор жойга, энг яхши нарса олиб беришга харакат киламиз

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social