Boshqalarga ta`sir o`tkaza olasizmi?

Boshqalarga ta`sir o`tkaza olasizmi?

Atrofimizdagi kishilarning o`z yoqtirgan mashg`ulotlari, kishilari va narsalari bor. Har bir odam o`zi yoqtirgan narsalari haqida o`ylaydi. Agar siz kim bilandir gaplashmoqchi bo`lsangiz, suhbat jonli va samarali o`tishi uchun o`sha kishining yoqtirgan narsasi haqida so`z oching.

Tasavvur qiling, baliq oviga borsangiz qarmoqqa nima ilasiz o`zingiz yoqtirgan qulupnaynimi yoki baliq yoqtirgan chuvalchangnimi? Nega biz atrofimizdagilar e`tiborini tortmoq uchun ana shu kabi yo`l tutmasligimiz kerak? O`zimiz xohlaydigan narsa haqida gapirishning nima keragi bor? Bu bolalarga hos odat-ku. Albatta, istagan narsangizga erishish siz uchun muhim. Siz bundan hamisha manfaatdorsiz. Ammo bu boshqa birovni qiziqtirmaydi.

Biz hammamiz shunaqamiz. O`zimiz xohlagan narsaga erishishdan boshqani o`ylamaymiz.  Shuning uchun dunyoda kishiga ta`sir o`tkazishning yo`li, uning o`zi istayotgan narsasi haqida gapirish va o`shanga etishish yo`llarini o`rgatishdir. Masalan, o`g`lingiz chekmasligini istasangiz, unga pand-nasihat qilib o`tirmang, o`z xohish-istagingizni gapirmang.

Chekish uning futbol komandasiga kirishiga halaqit berishi yoki yuz metrga yugurish musobaqasida yutqazib qo`yishiga sabab bo`lishini tushuntirolsangiz kifoya.

Professor Garri Overstrit o`zining: «Inson xatti harakatiga ta`sir o`tkazish» nomli kitobida: «…avvalo hamsuhbatingizni nimanidir yonib xohlashga majbur qiling. Kim buning uddasidan chiqolsa, dunyoni zabt etadi, uddalolmagan yolg`izlikka mahkumdir», – deb yozgan edi.

Dastlab, soatiga ikki tsent ishlab, keyinchalik 355 millon dollarni xayriya yo`lida sarf qilgan shotlandiyalik Endryu Karnegi degan qashshoq yigitcha odamlarning istagi haqida gapirish ularga ta`sir ko`rsatishning yagona yo`li ekanligini erta anglab etdi. U maktabda bor yo`g`i to`rt yil o`qidi, biroq odamlar bilan muomala qilish san`atini o`zlashtirib oldi.

Uning kelini  uzoqda o`qiyotgan o`g`illaridan havotirda edi. O`g`illari anchadan beri xat yozishmas, bundan onaning ko`ngli g`ash edi. Shunda Karnegi: «Men bir xat yozaman, xatto buni so`ramasam ham keyingi pochtadanoq o`g`illaringdan javob xati keladi», deb, kelini bilan 100 dollardan baxs boylashdi. U jiyanlariga xat yozadi, maktubda hech qanday jiddiy masalaga to`xtalmaydi.

Oxirida esa eslatma tarzida ularning har biriga 50 dollardan jo`natayotganini shunchaki eslatib o`tadi. Ammo konvertga pul solmaydi. yigitlarning javob xati o`sha pochtaning o`zi bilanoq qaytadi.

Ertaga siz kimnidir nimadir qilishga ishontirishni istasangiz, shoshilmang, o`zingizdan so`rab ko`ring: «Uni shu ishni qilishga qanday majbur qilsam ekan?».  Bu savol sizni kishilar bilan muloqotda shaxsiy o`y-xayollaringiz haqida behuda valaqlashdan asraydi.

Agar bu borada muvaffaqiyatning qandaydir siri bo`lsa, u boshqa kishining nuqtai nazaridan tushuna bilish va voqea-hodisalarga uning va o`zingizning nuqtai nazaringizdan qaray bilishdir– degan edi Genri Ford.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    torisini xech nimani tushunmadim??? nima haqida uzi gap ketyapti?

  2. Alisher

    O’qiyotgan o’g’illar haqidagi misolni rosa boplabsla/ haqiqatdan ham bazi yoshlar hayotida bir nimalarga erishgan vaqtida, yoki katta inson bo’lib etishganida nafaqat do’stlarini balki ota onasiniyam eslaridan chiqazib qo’yishadi

  3. jasur

    boshqalarga tasir utkazish kerak emas!

  4. madina

    Биз ҳаммамиз шунақамиз. Ўзимиз хоҳлаган нарсага эришишдан бошқани ўйламаймиз.

  5. а

    Алишер сиззи гапизга кушиламан. Хом сут эмган банда албатта хато килади, энг мухуми шу килган хатойини тан олиб, бошка шу хатони такрорламаслик

  6. Номаълум

    boshqalarga tasir utkazish kerak mas! chunki xammani uzini xayoti bor!

  7. dilshodbek@

    lekin ota onaar tasir uktazadiku???

  8. Nazliy

    Yaxshi mayli chidasa bo‘ladi deb hazillashaman Qoyilmaqom Zo‘r

  9. Nazliy

    Yaxshi mayli chidasa bo‘ladi deb hazillashaman Qoyilmaqom Zo‘r rofl

  10. Nazliy

    Lekin to‘g‘ri insonni boshqa insonni hayotiga aralash noto‘gri chunki szga ham shunday qilishsa yoqmaydiku

  11. Muzaffar

    Inson eng avvalo o’z fikriga ega bo’lishi kerak . Hozirgi kunda odamlarni ishontrish juda ham son bo’li qolgan chunki, XXI asr juda ham taraqiylashib ketmoqda real hayot bilan vertuval hayot bir-biriga chambarchas bog’lanib bormoqda nima yaxshi-yu nima yomonligini ajratish juda ham qiyin bo’lib qoldi. Hozirda vertuval hayot orqali kimgadir ta’sir o’tkazish juda ham oson bo’lib qoldi, bu juda ham achinarli holat.

  12. Fazo.tv

    Salom Muzaffar! Buni qanday o’zgartirsa bo’larkan, nima deb o’ylaysiz?

  13. Gulli

    Yoq bit marta bolsa ham shunday qilmaganman hamma menga tasir otkazadiyu man bunday qila olmaganman chunki hamma mani hayotimga hojayin uydagilarga faqat ish qilishim vaqti kelganda ozi xoxlagan insonga turmushga chiqishim uchun kerakman menu orzu niyatlarim xoxishim muhimas afsus shunday bolganim uchunmi meni uydagilar eshitishni ham xoxlamaydi oz hayotimni ōzim yashay olmayman xuddi bir tirik qogirchoqman nima deyishsa shuni bajaradiganday

  14. Gulli

    Men hecham ularni gaplariga qarshi chiqolmaganim uchuñmi bilmadim faqat ularñi aytgani muhim meniki etiborga olinmaydi

  15. Ollohga oshiq qiz

    Men esa kõp kishiga ta’sir õtkazaman. Albatta yaxshi õqishi uchun dugonalarimga dõstlarimga ta’sir õtkazaman. Oilamda esa etganim bõladi ellikka elikka men ham ularni aytganini qilaman. Õzimni hayotimni õzim hal qilaman lekin sizga ozroq qiyin ekan Gulasal opa

  16. Gulli

    Ha nimasini aytasiz singlim hamma narsaga cheklov lekin dugonalarimni hanmasi menga havas qiladi akalarim hech kimga ishonmiydi meni qizgonishadi lekin bazida quvonaman bit tomondan xafa bolaman ozim xoxlagan joyga yuborishmidi lekin ozlari gapirsayam boshqallardan himoya qilishadi lekin shunda ham baxtliman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social