Tassavur qiling, hayot bu – o`yin va siz doim beshta shar bilan jonglyorlik qilyapsiz. Ushbu sharlar – Ish, Oila, Sog`liq, Do`stlar va Ruh. Hamda sizning vazifangiz shu sharlarni doimo havoda ushlab turishdir.
Vaqt o`tib, siz Ish shari rezinadan qilinganini tushunasiz. Agarda bilmasdan siz uni tushirib yuborsangiz, u darhol yana sakrab orqaga qaytib keladi. Biroq qolgan to`rtta sharlar Oila, Sog`liq, Do`stlar va Ruh – bu shishali sharlardir.
Agarda siz ulardan birini tushirib yuborsangiz, u albatta buzilgan, shilingan, jiddiy jarohatlangan yoki butunlay sinib ketadi. U xech qachon oldingiday bo`lolmaydi. Siz buni bilishingiz kerak va buni sodir bo`lmasligi uchun harakat qilishingiz lozim.
Samarili ishlashga harakat qiling va uyga o`z vaqtida keting. Kerak bo`lgan vaqtingizni oilangizga, do`stlaringizga va to`liq dam olishga ham bag`ishlang. Qadrli narsa faqatgina uni qadrlaganda qimmatbahodir.
ajoyib misol lk bu narsa bizagamas
nimaga shunday deb o’ylaysiz??
bizada uzbechilik degani bor
chunki bizadagi (choyxona osh iftorli) degan tushunchala ulada yo’q. bizani odamla qo’lida 7-8 ta olma aylantirib yurishadi
Dono fikrlar!