Amerikalik qariyaning 100 yoshlik yubileyiga 200 dan ortiq itlar keldi

Amerikalik qariyaning 100 yoshlik yubileyiga 200 dan ortiq itlar keldi

Kaliforniyalik Robert Murnini 100 yoshlik yubileyi bilan tabriklash uchun “uy hayvonlari paradi”ga 200 dan ortiq it olib kelindi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Hozir Palo-Alto qariyalar uyida yashovchi nafaqaxo‘r butun umri davomida itlarga mehr qo‘ygan. Nafaqaxo‘rning qizi Elison doim iti bilan mehmonga kelib uni xursand qilgan. Biroq, 2020-yilda uy hayvoni yo‘qolib qoldi va Elison itlarni do‘stlaridan “qarzga” olishga majbur bo‘ldi.

Elison otasining 100 yoshlik yubileyiga maxsus sovg‘a tayyorlamoqchi bo‘lgan. U ijtimoiy tarmoqlarda itlarning egalaridan Robertning tug‘ilgan kuni tashkil qilinadigan “uy hayvonlari paradi”ga kelishlarini so‘ragan. Elison bayramda kamida 20 kishi ishtirok etishiga umid qilgan.

Nafaqaxo‘rning tug‘ilgan kuniga esa 200 dan ortiq it kelgan. Ba’zi mehmonlar, shu jumladan tug‘ilgan kun egasining nabirasi Emma ​​boshqa shahardan uchib kelgan. Ba’zi itni yaxshi ko‘ruvchi insonlar Robert uchun tabrik plakatlari, shirinliklar va sovg‘alar bilan kelgan.

“Bu haqda o‘ylab yig‘lashingiz mumkin. Men atigi 40 ga yaqin itni bilardim”, — deydi Elison.

Robert barcha itlarni erkalatib o‘ynatgan, bunga esa ikki soat vaqt ketgan.

“Men hech qachon bunchalik ko‘p dumini qimirlatgan itni ko‘rmaganman”, — dedi nafaqaxo‘r itlarning birini erkalatib.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Такой счастливый

  2. Shunday yaxshi insonlar ko’paysin, Omin!

  3. Malikaxon

    kiss

  4. Iloyim uzoq umr ko’rsinla

  5. Нозим

    good

  6. Assalom alaykum Ajoyib zorkuuu omad shunaqa insonlar koʻpaysin inshaalloh ❤️

  7. Uzoq umr ko’rsinlar

  8. G'olibbek

    good good

  9. Yaxshi

  10. Shamshod

    Chiroyli voqea bo’lipti

  11. Dilmurod

    Qoyilman

  12. Saidumar

    good zor

  13. Itlarni yomon kuradiganla dozoxda yonishadi

  14. Omin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social