Bu dunyoni bir harakat bilan yanada yaxshiroq qila olasizmi?

Bu dunyoni bir harakat bilan yanada yaxshiroq qila olasizmi?

Barchamiz dunyoni qandaydir tarzda yaxshilashni istaymiz va buning uchun biror narsa qildik degan fikr bilan hayotda yashaymiz. Biroq, bir umumiy noto’g’ri tushuncha mavjud. Ko’pgina insonlar dunyoni yaxshiroq qilish uchun, millionlab insonlarning hayotiga ta’sir qilish kerak deb hisoblashadi va faqat o’sha paytda yordam bera oldim deb o’ylashadi.

Bu umuman to’g’ri emas. Agar siz 1 000 000 kishiga yordam berish orqali dunyoni yaxshiroq qilishni istasangiz, unda siz harakat qilishingiz mumkin. Agar qilsangiz, shon-shuhrat va maqtovga ega bo’lasiz. Bu, albatta, g’ururlanadigan narsa.

Lekin… dunyoni yanada yaxshilash uchun millionlab insonlarga ta’sir o’tkazishga hojat yo’q. Siz 50 yoki 10 kishiga yoki bir kishiga yordam bera olasiz va siz hali ham bu dunyoni bir oz porloq va mehribon qilish imkoniyatiga egasiz.

Ho’sh, bu “bir harakat” nima? Agar siz inson hayotiga yordam beradigan bo’lsangiz, dunyoni yaxshiroq joyga aylantiradigan yagona narsa nima?

Bu motivatsiya

U insonga dalda beradi, o’zini muhim, aqlli va jasoratli ekanini xis qilishga undaydi. “Ha, buni qila olasiz!” yoki “Bu juda ajoyib bo’lar edi!” degan jumlani aytganda, siz haqiqatdan ham motivatsiya berasiz va ruhlantirasiz.

Bizning atrofimizda bizni ilhomlantiradigan va bizni yaxshilashga majburlaydigan muayyan insonlar bor va biz bu odamlarni sevamiz, qadrlaymiz va hurmat qilamiz. Ho’sh, nima uchun siz o’zingiz bunday shaxs bo’lmaysiz? Sizga to’g’ri motivatsiya qanday ta’sir qilishi mumkinligini bilasiz, demak, siz ham boshqalarga to’g’ri ta’sir o’tkaza olasizmi?

Insonni o’sishi va rivojlanishiga ilhomlantirganingizda, uni rag’batlantiradigan yoki uning natijalari va yutuqlarini maqtaganingizda, allaqachon dunyoni yaxshiroq qilasiz. Qanday qilib? Siz ijobiy ta’sir o’tkazasiz. Va bu ta’sir odamlarni yanada foydali va zarur harakatlarga olib kelishi mumkin.

Bu zanjirli reaksiya

Kimdir sizni yanada yaxshi bo’lishga undagan bo’lsa, siz boshqa odamni rag’batlantirishni boshlaysiz va boshqa inson siz maqtaganingizdan ilhomlanib, harakat qilishni boshlaydi va atrofdagi dunyoni rivojlantiradi. Agar siz mehribon va qo’llab-quvvatlovchi so’zlarni aytmagan bo’lsangiz, balki bunday bo’lmas edi.

Agar siz insonni yanada o’ziga ishonchliroq qilsangiz, u keskin va faolroq harakat qila boshlaydi va bu ajoyib narsalarga olib kelishi mumkin.

Insonlarga ajoyib maqolalar yozayotganini ayting. Uning qo’shiq aytish va chizish qobiliyatlarini maqtang. Ajablantiradigan dizaynerga uning yaqinda qilgan ishidan xursand bo’lganingizni ayting. Sizning eng yaqin do’stingizga aytingki, u eng buyuk oshpaz bo’ladi.

Oddiy, dalda beruvchi so’zlar bilan o’z atrofingizdagi har bir kishini ilhomlantiring! Bu juda oson. Bu dunyoni shunday sodda va mutlaqo qulay tarzda yaxshiroq qilishni boshlang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social