Bu sirlarni hech qachon hech kimga aytmang!

Bu sirlarni hech qachon hech kimga aytmang!
Hind donishmandlari insonning ruhiyati, o‘zligi va shaxsiyatini tahlil qilar ekanlar, uning rivojlanishi va o‘zlikni shakllantirish borasida bir qator tavsiyalarni berib o‘tadilar. Aytishlaricha, insonning hayotidagi ayrim sirlarni hech kim bilan bo‘lishish yaramaydi. Ular insonning faqatgina o‘ziga ma’lum bo‘lishi kerak.
1. Kelajak uchun rejalashtirgan ishlaringiz haqida hech kimga aytmang. Ushbu rejalarni amalga oshirmaguningizga qadar ular haqida birov bilmagani ma’qul. Sababi har qanday g‘oyaning kamchiliklari ham bo‘ladi, bordi-yu amalga oshira olmasangiz boshqalarning ko‘ziga omadsiz insondek ko‘rinib qolasiz.
2. Hayriya ishlaringiz haqida ham boshqalarga doston qilib yurishingiz shart emas. Ezgu ishlarni amalga oshirganingiz, kimgadir yordam qo‘lini cho‘zganingiz haqida odamlar eshitmasin.“Yaxshilik qil – daryoga ot” degan ibora hamisha yodingizda bo‘lsin.

3. Shaxsiy hayotingiz, taomlanishdagi chegaralar, parhezlaringiz, turmush o‘rtog‘ingiz bilan o‘rtangizdagi munosabatlarni boshqalarga oshkor qilmang.

4. Qanchalar jasur ekanligingiz va qahramonliklaringiz haqida ham sukut saqlash tavsiya qilinadi. Hayotda ayrim insonlar tashqi, ayrim insonlar esa ichki sinovlar bilan to‘qnash keladilar. Hayotingizdagi sinovlar, ichki azoblaringiz atrofdagilarga oshkor bo‘lgani holda dushmanlaringizning quvonchiga sabab bo‘lmasin.

5. Uyingizga kirib kelgan payt ko‘chada, ishda yoki do‘stlar orasida eshitgan yomon gaplaringiz haqida oila a’zolaringizga so‘zlamang. Ko‘cha va uy muammolari bir-biriga qorishib ketmasligi lozim.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gulli

    Ajoyib maslahatlar ekan rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social