XXI asrga kelib zamon juda jadal sur`atlarda ilgarilab bormoqda. Shu bilan birga texnika ham oldinga qarab olg`a qadam bosmoqda. Yangi texnologiyalarni ko`rib inson ko`zi quvonadi.
Bundan taxminan besh yillar ilgari uncha muncha insonlarda qo`l telefonini uchratish mushkulroq edi. Xozirgi kunni oladigan bo`lsak, deyarli xar bir insonda yoki xar bir oilada bitta telefon bor desak xaqiqatga yaqinroq bo`ladi. Mobil aloqaning afzallik taraflari:
birinchidan, istagan kishingizni qiynalmasdan topishingiz mumkin, ikkinchidan, biron zarur gapingiz bo`lsa minglab kilometr yo`l bosib kelmay uzoqdan turib ham ishingizni bitirishingiz imkoni mavjud.
Yana bir qulayliklaridan biri, doimo yaqin kishingizning xolidan xabardor bo`lib tura olasiz. Eng muximi xisobingizda biroz mablag` bo`lsa bas, istagan insoningiz bilan istaganingizcha bemalol suxbatlashish mumkin.
Xozirgi kunda maktab o`quvchilarida xam qo`l telfonini ko`rishimiz mumkin. Albatta ota ona o`z farzandlarining xolidan xabardor bo`lib turish uchun bu narsa kerak, agar albatta farzandingiz telefonni to`g`ri maqsadda ishlata bilsa.
Bunday deb aytishning sababi bor. Bir kuni bir do`stim biroz jaxli chiqqan xolda menga shuni gapirib berdi: “Kechqurun ishdan charchab kelib biroz dam olgach qo`l telefoni chiringlab qolibdi, olsa xech kim gapirmas emish, uning aytishiga qaraganda tarmoqning ikkinchi tarafida yosh bola kimgadir pichirlab gapirayotganini eshitgan. Bu xol yarim kechagacha davom etganini do`stim menga ma`lum qildi”, endi o`ylab ko`raylik. Yosh bola ota onasining puliga sotib olingan telefon bilan kimningdir asabiga tegyapti.
Albatta bola bu ishdan qandaydir o`ziga xursandchilik olsa kerak. Lekin tarmoqning ikkinchi tarafidagi insonni xolatini bir ko`z oldingizga keltirib ko`ring. Xullas do`stim bu xaqida qayta telefon qilib bolaning ota-onasini ogohlantirdi. Shundagina, o`yinqaroq xazilkash bolaning ota-onasi do`stimdan kechirim so`rab uni xovuridan tushirishdi.
Bundan tashqari maktabda ham bolalarning xayoli ko`pincha shu yonidagi telefonda bo`lsa kerak. Agar shunday bo`ladigan bo`lsa, o`z o`zidan bolaning xayoli darsdan qochadi.
Bangladeshda 16 yoshgacha bo`lgan bolalarning mobil telefondan foydalanishi butunlay ta`qiqlangan. Yaponiya, Frantsiya, Ispaniya va Angliya davlatlari tomonidan ham bolalar uchun mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishda cheklovlar o`rnatilgan.
O`n olti yillik faoliyati davomida o`n to`rtta xalqaro mukofotga sazovor bo`lgan amerikalik mashhur neyroxirurg Vini Kurana o`z izlanishlaridan “Mobil telefonlari tarqatadigan elektromagnit to`lqinlarning salbiy ta`siri chekish va asbest changidan bir necha o`n barobar ortiq va zararliroq” degan xulosaga keldi.
Aziz ota onalar, farzandingizga telefon olib bermang deb aytishga bizning xaqqimiz yo`q, agar uni nazorat qila bilsangiz va bolangiz o`z telefonini to`g`ri maqsadda ishlata bilsa marxamat olib bering. Bu siz uchun ham bolangizni xolidan tez xabardor bo`lib turishingiz uchun muxim.
bu kishini o’rnida bo’ganimda, boblap sokardim usha bolaniyam, ota onasiniyam
хар кандай вазиятданам, инсон узини ушлай билиши кере, тугри бола хато кибди, шунга узингни асабингни нима киласан йукотиб, ундан кура, телефонингни учириб куй, агар ростанам ишдан чарчаб кеган бусанг
To’g’ri asabni saqlash kerak.
Kichkina bolaga telefon berish kerak emas. Unga o’yinchoq berish kerak.