Bir nufuzli universitet bituruvchilari o’z professorining uyiga mehmonga kelishdi. Bitiruvchilar muvaffaqiyatli va o’z ishini biladigan insonlar edi. Mehmondorchilik vaqtida gap ish haqida ketdi va bitiruvchilar hayotdagi qiyinchiliklardan nolishni boshlashdi.
Professor o’z mehmonlariga kofe ichishni taklif qilib, oshxonaga ketdi. U kofeynik va patnis bilan qaytib keldi. Patnis ustida turli hil chashkalar: chinni, shishali, plastmassa va billur chashkalar bor edi. Ba’zi chashkalar arzon, ba’zilari esa qimmatroq edi.
Bitiruvchilar birin ketin chashkalarni olishdi. Shunda professor dedi: E’tibor bering-a, hamma birinchi bo’lib chiroyli chashkalarni oldi va oddiylarini esa hech kim olmadi. Bu narsa oddiy holat, chunki barcha o’zi uchun yaxshisini oladi. Ammo o’zingiz uchun yaxshisi istash, bu muommolaringiz va stresslaringiz manbasidir. Esda tuting, chashka kofeni yaxshiroq qilmaydi! Ba’zida u juda qimmat bo’ladi va ba’zida ichayotgan narsani ham bekitadi. Aslida siz istagan narsa bu oddiy kofe, chashka emas. Ammo siz bilib turib eng yaxshisini tanladingiz va bir-biringizga qarab kimda qanday chashka borligini kuzatdingiz.
Endi o’ylab ko’ring: hayot – bu kofe; ish, pul, martaba – bu chashkadir. Chashka shunchaki hayotni qo’llab-quvvatlovchi manbadir. Biz ega bo’lgan chashka hayotimizning sifatini o’zgartirmaydi. Ba’zida chashkaga diqqatimizni sarflaganda, biz kofe ta’mi bilan zavq olishni unutamiz.
Eng baxtli insonlar – bu eng yaxshisiga ega bo’lganlar emas, ammo kim ega bo’lgan narsadan yaxshilikni chiqarishni biladiganlardir!
жуда зор масал, рахмат фазочилар гурухига. тори хозир куплари шунака узига яхшисин тортишга харакат килишади, бошкаларни уйлашмиди.