Doim smartfon ichida o`tirish yomonmi?

Doim smartfon ichida o`tirish yomonmi?

Ko`pincha smartfon zombilari guruxini 18 dan 34 yoshgacha bo`lgandlar tashkil etadi. Men ham ularning orasidanman. Sen kuningni dushdan yoki nonushtadan emas, balki Twitter (instagram, facebook) tekshirishdan boshlaysan. Bu qiziq narsani o`tkazib yuborish qo`rquvidir.

Sumkada doim smartfon zaryadkasi bo`ladi, chunki ikki soat uni o`chishi sizga ta`sir qiladi. Qanday musikani eshitish? Kerakli joyga xaritasiz qanday borish? Uchrashuvga kech qolish haqida qanday ogoxlantirish? qaerda yaqin atrofda kofe ichsa bo`ladi? Nomerlarni esda qolmasa qanday yaqinlarga telefon qilsa bo`ladi? Dunyoda nima sodir bo`lyapti? Transportda bo`lganingizda nima qilsa bo`ladi?

Biz hattoki avtobusda yoki metroda 20 daqiqa ham o`z xayollarimiz bilan va atrofdagi insonlar bilan o`tkazaolmaymiz. Smartfon tashqi do`nyodan chetlashtiradi bizni, realikdan qochishga imkoniyat beradi. Smartfonni transportda, tadbirlarda, navbatda turganizga ishlatish normal holat deb hisoblanadi. Ammo oilaviy tushliklarda va uchrashuvlarda, smartfonlarni kamroq ishlatish kerak.

Ba`zi yoshlar “Smartfonlarni bir joyga qo`yish” o`yinini o`ynashadi, birgalikda ovqatlaganda hamma o`z gadjetlarini bir stol ustiga yig`ib qo`yishadi. Kim chidolmasdan birinchi o`z smartfonini olsa, demak u hammaga to`lashi kerak bo`ladi.

Bu yaxshi emas va yomon ham emas, bu tabiiy holdir. Boshqacha bo`lolmaydi. Yangi avlod o`sib kelmoqda, ular ham shunday bo`lishadi. Chunki bolalarni tinchlantirish uchun o`zingiz ularga gadjetlarni berasiz.

Dam olish kunlarida smartfoningizdan internetni o`chirib qo`yishga va undagi o`yinlarni o`ynamaslikga harakat qiling. Shunda sizda bir-ikki soat bo`sh vaqt topiladi, miyangiz ish xaftasidan oldin dam oladi va yangi ta`surotlarga boy bo`ladi.

Qancha vaqtgacha smartfonga kirib ketishni o`zingiz hal qilishingiz kerak!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    xa, men ham telefonimga yaxshigina bog’langanman!!! har 5-10 minutda telefonimni tekshiraveramen, huddi biror narsadan quruq qoladigandek

  2. Мукаддас

    Хозирги замон техника асрида ахир!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social