Kuningizni rejalashtiring va pul yig‘ing. Dunyodagi eng badavlat insonlarning foydali tavsiyalari

Kuningizni rejalashtiring va pul yig‘ing. Dunyodagi eng badavlat insonlarning foydali tavsiyalari

Har bir muvaffaqiyatga erishgan insonlar ortida nafaqat bilim va mehnat, balki odatlar ham turadi. Albatta, bu Ilon Maskning odatini takrorlash sizni milliarderga aylantiradi, degani emas, lekin buni namuna sifatida ko‘rsatish samaradorlikka yordam berishi mumkin. Foydali odatlarni shakllantirish uchun o‘rtacha ikki oy kerak bo‘ladi va buning uchun, albatta, sabr talab etiladi, deb yozadi People Talk.

Faqat kerakli narsalarni sotib oling — Stiv Jobs

Badavlat odamlar pulni usiz ham amalga oshirish mumkin bo‘lgan narsalarga sarflamaslikka harakat qiladi. Har doim qora sviter va ko‘k djinsi shim kiygan Stiv Jobsni yoki har kuni bir xil kulrang futbolka kiyib yuradigan Mark Sukerbergni misol qilish mumkin. Boy odamlar aslida tejamkor, shuning uchun sotuvchilarning hiylalari ularga ish bermaydi.

Filmdan ko‘ra kitobni tanlang — Mark Sukerberg

Kechqurun kino yoki serial tomosha qilish, albatta, yaxshi, lekin mutolaa undan ham afzalroq. Kitoblar filmlardan farqli o‘laroq, tasvirlarga emas, balki ma’nolarga e’tibor beradi. Masalan, Bill Geyts bolaligidan kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi va har yili o‘zining sevimli kitoblari ro‘yxatini tuzadi. Masalan, 2021-yilgi ro‘yxatga Jeff Xokinsning miyaning ishlashi va sun’iy intellekt haqidagi “Mingta miya: yangi intellekt nazariyasi” kitobi kiritilgan.

Kuningizni rejalashtiring — Bill Geyts

Bu barcha uchun kerak bo‘lgan odatiy vaqtni boshqarishdir. Ertalab yoki kechqurun ertangi kun uchun qilinadigan ishlar ro‘yxati rejalashtirilsa va yozilsa, bu yanada samarali bo‘ladi. Rejadagi barcha ishni amalga oshirishga vaqt yetmasligi mumkin, lekin, albatta, rag‘bat bo‘ladi.

Budjetni kuzatib boring — Ilon Mask

Bu faqat kerakli narsalarni sotib olish haqidagi birinchi bosqich bilan bog‘liq. Bu odatni qanday bajarish kerak? Budjetni kuzatib borish va xarajatlarni tahlil qilish tavsiya etiladi. Badavlat odamlar har doim o‘z daromadi va xarajatlarini nazorat qiladi.

Har qanday daromadning 10 foizini yig‘ib qo‘ying — Jeff Bezos

Bu ham investitsiya qoidalaridan biridir. Har bir daromadning 10 foizini olib qo‘yish orqali nafaqat pulni tejash, balki o‘zingiz uchun moliyaviy xavfsizlik savatini yaratish mumkin. Bunday zaxira kutilmagan inqiroz, ish joyini yo‘qotish yoki rejalashtirilmagan xarajatlar uchun kerak bo‘ladi.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда фойдали гапла

  2. Otabek

    Bunday insonlarni gaplariga quloq solish kerak

  3. Aziza

    Zur, rahmat fool

  4. Dilshod

    8 soat uxlash kerak, buni etishmapti

  5. Mahmud

    Yaxshi maslahatlar

  6. Sarvar

    good good

  7. Umid

    Rahmat fazotv

  8. Dilshod

    Bunday insonlari hayotlarini ham o’rganila, juda ko’p narsalar bilib olasizlar

  9. Javlonxon

    Qoyilman

  10. Laliddin

    Bezosni oilasini o’rganila, hammaga shunday xotin uchrasin

  11. Adiba

    Pul yig’ish juda qiyin bo’lyapti

  12. Aziza

    Nimaga?

  13. Elbek

    Aqlli insonlar

  14. Shuxrat

    Bu hayotda faqat pulni o’ylamanglar

  15. Adiba

    Oylikning o’zi yetmayapti

  16. Charos

    Pulsiz afsus hayot yo’q

  17. Shukurov

    good heart

  18. Alisher

    Yaxshi

  19. Komila

    heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social