Ba’zan biz kundalik hayotda muntazam ravishda biz sevgan va qadrlaydigan insonlarni unutib qo’yamiz. Biz atrofimizdagi dunyoga e’tibor bermaymiz va uning go’zalligini ko’ra olmaymiz. Bugun nima o’zgarishi mumkin? Ushbu 11 oddiy amalni sinab ko’ring va siz nafaqat o’z kuningizni, balki siz uchun qadrli bo’lganlarning kunini ham yaxshilagan bo’lasiz.
1. Yaqin do’stingizga qo’ng’iroq qiling va unga minnatdor ekanligingizni ayting. U hayotingizdagi muhim shaxs kabi his qilsin.
2. Biz yashayotgan sayyoramizga sevgini ko’rsating. Axlatni qayta ishlash, suvni tejash va atrof muhitga yordam berish uchun yana nima qilish mumkinligini o’ylab ko’ring.
3. Aynan bugun sabr-toqatga amal qiling. Siz nafratlangan va sizni bezovta qilgan kishiga nisbatan salbiy xissiyotlarni ko’rsatish o’rniga o’zingizni o’sha odamning o’rniga qo’yib ko’ring.
4. Kimdir eshitishi kerak bo’lgan haqiqatni ayting. Ba’zan sevgi muhabbat bilan emas, balki odamlar bilan ochiq bo’lish kerak.
5. Hayotingizga katta ta’sir ko’rsatgan insonga xat yozing. Bu hamkasb, o’qituvchi, oila a’zosi bo’lishi mumkin. Buni yurakdan bajaring.
6. Komfort hududidan chiqib, odatda muloqot qilmaydigan odam bilan gaplashing. Shu inson sizga qimmatbaho saboq yoki muhim bir narsa o’rgatishi mumkin.
7. Uy hayvoningiz bo’lsa, unga g’amxo’rlik qiling. Ularni uzoq aylanishga olib chiqing. Agar sizda ular yo’q bo’lsa, uysiz va xo’jayinsiz hayvonlarga e’tibor bering.
8. Sizni asabiylashtiradigan narsalarni qo’yib yuboring. Masalan, do’stingiz yoki hamkoringizning sizga yoqmagan ba’zi bir gap va harakatlari yoki fikrlari. Siz rozi bo’lmaydigan narsalarga nisbatan salbiy energiyani ishlab chiqarmang. Qabul qilish kerak bo’lgan narsani qabul qiling va davom eting.
9. Sizga yaqin insonlarga e’tibor bering. Uni kechki ovqatga taklif qiling yoki u bilan birgalikda film ko’rishga boring.
10. Mahalliy ko’ngillilar tashkilotiga murojaat qiling va ularga yordam bering.
11. Oilangiz yoki farzandlaringiz uchun alohida ahamiyatga ega narsalar qiling. Ularga quvonch keltiradigan va ularni baxtli qiladigan narsani o’ylab toping.