Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan 7 ta hayotiy saboq

Shaxmat o‘rgatishi mumkin bo‘lgan 7 ta hayotiy saboq

Mashhur tadbirkor va yozuvchi Jeyms Altusherning shaxsiy tajribasi e’tiboringizga havola qilinadi.

“Shaxmat tufayli men sevgilimni topdim, kollej va aspiranturaga kirdim, ilk bor ishga qabul qilindim va birinchi biznesim uchun kapital kiritdim. Shaxmat men uchun juda ko‘p eshiklarni ochdi, vaholanki, ular mening yonverimda mahkam qulflangan hisoblanardi”, — deydi u.

  1. Shaxmat o‘qib izlanishga o‘rgatadi

Ba’zilar taxtadagi figuralarni yillar davomida o‘zgartiradilar, ammo o‘yinlari hech qachon yaxshilanmaydi. Mening bir do‘stim bor, har besh yilda u bilan bir marta uchrashaman. U shaxmatni yaxshi ko‘radi, lekin uni o‘rganishga harakat qilmaydi. U har kuni o‘ynaydi. Xuddi shu harakatlarni amalga oshiradi. Aynan shu xatolarga yo‘l qo’yadi. U o‘ziga yoqqan ish bilan shug‘ullanadi, lekin o‘yinining saviyasi o‘zgarmaydi.

Nega bunday? U bunga 10 ming soat sarflamaganmi? Ehtimol, sarflagan. Ammo gap faqat 10 ming soatda emas. Bu shu vaqtni ongli amaliyot tarzida o‘tkazishda.

Yaxshi shaxmatchi bo‘lish uchun murabbiy kerak. O‘tmishdagi buyuk o‘yinchining strategiyalari bilan tanishish uchun o‘yin tarixini tahlil qilishingiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, debyutlar kabi muhim elementlarni doimiy ravishda o‘zlashtirishingiz talab etiladi. Va, albatta, doimo o‘ynang, mag‘lub bo‘ling va muvaffaqiyatsizliklar sabablarini anglab yeting.

Va hamma joyda bu kerak. Ya’ni biznesni samarali boshqarish uchun ham taniqli tadbirkorlar va rahbarlarning minglab maslahatlari va hikoyalarini qayta o‘qib chiqishingiz zarur. Yaxshi matnlarni yozish uchun siz doimo ishlashingiz va ko‘rsatmalarni diqqat bilan tinglashingiz kerak bo‘ladi.

  1. Shaxmat sizga qanday qilib viqor bilan mag‘lub bo‘lishni o‘rgatadi

Men shaxmat o‘ynashni ancha kech, 17 yoshimda boshlaganman. Oradan bir yil o‘tib, o‘z davlatim talabalari orasida eng kuchli o‘yinchiga aylandim. Ammo g‘alabalarga qaramay, mag‘lub bo‘lib qoldim.

Bitta mag‘lubiyatdan so‘ng shaxmat figuralarini yerga sochib yubordim va eshikdan otilib chiqdim. Hamma kulib yubordi, men bir necha kun maktabga bormadim. Ikki oydan keyin dadam bilan o‘ynadik. Men esa kap-katta odam shohim burchakka tiqilib qolganda baqirib yig‘lab yubordim.

Va yana bir marta: u paytda men allaqachon 18 yoshda edim, AQSh o‘rta maktab chempionatida Nyu-Jersi vakili edim. Birinchi o‘yinda g‘alaba qozondim, ammo ikkinchisida mag‘lub bo‘ldim. Shu qadar xafa bo‘ldimki, bobom va buvim meni olib ketishga majbur bo‘lishdi. Tabiiyki, turnirda keyingi ishtirok etishim haqida og‘iz ochilmadi.

Yana o‘zim mag‘lub bo‘layotgan dahshatli tushlar ko‘rdim. O‘yin miyamda aylanib yurardi. Faqat uzoq vaqtdan keyin men natijaga emas, balki jarayonga e’tibor qaratishni o‘rgandim. Gap g‘alaba qozonishda emas, yaxshilanishda. Keyin men mag‘lubiyatimni o‘rganishni boshladim, birinchi harakatdan tortib to oxirigacha hamma narsani birga olib borish uchun murabbiyga bordim. Shu tariqa mutaxassisdan murabbiyga aylandim.

Hali ham yutqazishni yoqtirmayman. Yomon ko‘raman. Bu yomon tuyg‘u. Ammo shu bilan birga men hech qachon muvaffaqiyatsizlikka yo‘l qo‘ymayman. O‘rganishning yagona yo‘li — yangi narsalarni o‘zlashtirishdir. Va mag‘lubiyat — bu o‘rganilmagan joylar belgilangan xaritaning bir turi.

  1. Shaxmat sizga qanday raqobat qilishni o‘rgatadi

Biz atrofimizdagi hayotni raqobat emas deb o‘ylashni yaxshi ko‘ramiz. Ammo haqiqat boshqacha: muvaffaqiyatga erishish uchun siz boshqalardan yaxshiroq bo‘lishingiz kerak. Ajralib turish lozim.

Har bir turnir oldidan qattiq hayajonga tushardim. Ko‘ngil aynishigacha asabiylashdim. O‘yin o‘rtasida xatoga yo‘l qo‘yganimda esa battar yomonlashib, mag‘lub bo‘lar edim. Asta-sekin fikrlash tarzimni o‘zgartira boshladim. Shaxmat taxtasi ustida ko‘p vaqt o‘tkaza boshladim. Diqqatim har bir harakatni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lardi.

Mag‘lubiyatga kinoya bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganganimdan keyin yaxshiroq o‘ynay boshladim. Uzoq o‘yin davomida raqibning o‘yinni qanday tugatishi mumkinligini tushunib qolganimda yanada yaxshiroq o‘ynadim. Hatto eng umidsiz vaziyatlarda ham umidni yo‘qotmaslik qobiliyatini o‘zlashtirganimda avvalgidanda yaxshiroq natija ko‘rsatdim.

  1. Shaxmat aql bilan ehtiyotkorlikka o‘rgatadi

Shaxmat o‘ynash — paranoid bo‘lishdir. Dushman raqibni yo‘q qilishni xohlaydigan yirtqichdir. Shuning uchun siz muqarrar ravishda o‘z variantlaringizni o‘ylab ko‘rishingiz kerak. U sizni qanday qilib yeydi? Eng yomon ssenariy nima?

Ko‘p o‘tmay men boshqa odamlarning pullarini boshqarayotganimda, yana eng yomon ssenariylar haqida tashvishlanardim. Qizlar bilan uchrashganimda hamisha voqealar rivojlanishining eng yomon ssenariylarini tasavvur qilardim.

Ehtimol, nihoyatda paranoyak (psixologik buzilishning bir turi) edim. Ko‘pincha atrofimdagi hamma narsani yirtqichlar deb o‘ylardim. Biroq har birimiz, birinchi navbatda, o‘z manfaatlarimizni himoya qilamiz. Biz shunday yashaymiz. Asosiysi, paranoyani qanday boshqarishni o‘rganish. Endi men aniq ajrata olaman: bu yerda siz shubhalanishingiz mumkin, ammo bu joyda esa xavotirga o‘rin yo‘q.

  1. Shaxmat to‘siqlarni yengib o‘tishga o‘rgatadi

O‘yin tufayli birinchi marta mendan ancha katta va ancha yosh do‘stlarim bor edi. Ular turli mamlakatlar va ijtimoiy guruhlardan edi.

Bir kuni men Buenos-Ayresdagi jahonga mashhur shaxmat klubiga bordim. U yerda Fisher Petrosian Alekxine Kapablankani mag‘lub etgan. Ispancha gapira olmasdim. Klubni boshqargan yigitlar esa ingliz tilini bilishmasdi. Ammo do‘stim ularga shaxmat bo‘yicha reytingim qanday ekanini pichirladi va men o‘zimni darrov ichkarida ko‘rdim: Argentinaning o‘smir chempionlari bilan o‘ynadim, keyin esa bu tarixiy maskanga meni ekskursiya qilishdi.

Shaxmat menga ilgari imkonsiz bo‘lib tuyulgan ko‘plab ijtimoiy to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam berdi. O‘yin menga so‘zsiz tushunarli tilda gapirishni o‘rgatdi, ya’ni mahorat tilida.

  1. Shaxmat sizga hamfikrlarni topishga o‘rgatadi

Odamlar ko‘pincha shaxmatchilarni aqlli deb o‘ylashadi. Bu aslida ko‘proq madaniy afsona. Daholar ham, ahmoqlar ham bo‘ladi. Biroq shaxmat va IQ darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi noto‘g‘ri tushuncha menga noyob imkoniyatlarni berdi.

Masalan, kollejga kirishdan oldin juda yomon bahoga o‘qir edim. Yaxshiyamki, imtihon oluvchim past darajali shaxmatchi bo‘lib chiqdi. Suhbat davomida men unga bir nechta o‘yinlarni tahlil qilishda yordam berdim. Va men kollejga kirdim.

Birorta universitet meni aspiranturaga kiritmagan. Dunyodagi eng yaxshi shaxmat kompyuterida ishlayotgan bitta o‘rta maktab bundan mustasno.

Ish izlayotganimda barcha suhbatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchraganman. Men birorta savolga javob bera olmas edim. Bir kuni yana bir xijolatli suhbatdan so‘ng o‘zimning noqulay kostyumim bilan tashqariga chiqdim va yaxshi ko‘rgan qizimga qo‘ng‘iroq qilib: “Men Nyu-York uchun yetarli darajada hech nimaga ega emasman”, dedim.

Keyin shaxmat stollari o‘rnatilgan qo‘shni bog‘ga o‘ynagani bordim. Birinchi raqibim — haqiqiy murabbiyni mag‘lub etdim. O‘yin tugagach, men yuqoriga qaradim va muvaffaqiyatsiz boshlig‘imning xo‘jayinini ko‘rdim. “Men ilgari hech kim Ilonni mag‘lub etganini ko‘rmaganman”, dedi u o‘ychanlik bilan. Keyin parkda bir soat sayr qilib, shaxmat, internet, televizor va boshqa narsalar haqida suhbatlashdik. Men ish topdim.

Shaxmat men uchun hamma narsani anglatadi. Yo‘q, men bu borada eng zo‘r emasman. Lekin boshqalardan yaxshiroq bo‘lish uchun yetarlicha yaxshi. Siz chindan ham yoqtiradigan har qanday faoliyatda bunday natijalarga erishishingiz mumkin.

Agar biror narsaga chinakam ishtiyoq bilan yondashsangiz, atrofingizda bir zumda sizni himoya qiladigan va olg‘a siljitadigan jamiyat paydo bo‘ladi. Siz shunchaki shaxs emas, balki ko‘proq narsaga aylanasiz.

  1. Shaxmat rivojlanishga o‘rgatadi

Atrofga nazar tashlasangiz, odamlar turli zinapoyalarda joylashganga o‘xshab ko‘rinishini tushunasiz. Mendan baland bo‘lganlar bor — ulardan o‘rganish kerak. Menga teng — siz ular bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Va pastroq bo‘lganlar — ular bilan bilim almashish va yuqoriga ko‘tarilishga yordam berish muhimdir.

Bunday darajalar hamma joyda mavjud: yozuvchilar, biznesmenlar, ishlab chiquvchilar. Va bunday narvon kishini rag‘batlantiradi. Men endi yaxshiroq o‘ynaganlarga shaxmat donalarini uloqtirmayman, aksincha, rivojlanishni xohlayman. Kimdan va nimani o‘rganishni bilaman. Men o‘zimga o‘xshash odamlarni topaman.

Kommentlar: 40 komment. 40 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Очень интересно

  2. Otabek

    Shaxmat uynawni bilmiman unknw

  3. Oydin

    Menga juda yoqdi maqola

  4. Qorakoʻz

    Shahmat ajoyib oʻyin lekin oʻynashni bilmayman shahmat gʻiromlik qilib yuta olmaydigan yagona oʻyin insoni oʻylantirib qoʻyadigan oʻyin

  5. Qorakoʻz

    Shahmatni bilmaymanu lekin shashkada ancha yaxshiman

  6. Qorakoʻz

    Ajoyib qiziqarli maqola va foydali menga yoqdi

  7. Aziza

    Qorako’z salom alaykum, yaxwimisz?

  8. Qorakoʻz

    Assalom alaykum Aziza yaxshimisiz men Gulliman Qora koʻzga oʻzgartirdim nomimni

  9. Aziza

    Aaaaa smile Tanimadim, yengi odam dib uylabman smile Yaxwimisz kiss

  10. Qorakoʻz

    Yaxshi rahmat oʻziz yaxshimisiz qalaysiz

  11. Doston

    Shaxmat yoki shashka oynidiganla bormi?

  12. Otabek

    Oyniman

  13. Doston

    Uynimizmi?

  14. Otabek

    Hmm, yozin telegramda @otabek

  15. Mansur

    Shaxmat fikrlawni yaxwilidi

  16. Gulli

    Ha toʻgʻri lekin oʻynab bilmayman shahmatni shashkani yaxshi oʻynayman

  17. Firdavs

    Shashakayam zor oyin, nardayam yaxshi

  18. Gulli

    Ha ajoyib oʻyin narda qanday oʻyin

  19. Firdavs

    Narda oynamaganmisiz?

  20. Gulli

    Assalom alaykum yoʻq oʻynaganimda bilar edim oʻshanga soʻradim qanaqa oʻyin deb

  21. Aziza

    Narda bizada muknmas uynaw

  22. Gulli

    U qanaqa oʻyin oʻzi qiziq

  23. Aziza

    Googleda narda dib yozin, 4iqadi smile

  24. Gulli

    Ha yaxshi rahmat

  25. Gulli

    Ha qanday õyin ekanini bildim lekin gunoh deb belgilangan ekan by ōyini oynash qimorning qisman bit turi hisoblanadikan narda. oyini

  26. Aziza

    Ha wunday, lekn qimorsz uynasayam buladi. Bizani odamla qimor qivoriwgan nardani

  27. Gulli

    Ha lekin biz tomonlarda narda oynashganini kormagan ekanman qiziq

  28. Aziza

    Hozir asosan yopiq joylada uynawadi

  29. Gulli

    Ha yaxshi bilmagan ekanman

  30. Asom

    no good

  31. Qobil

    Yaxshi

  32. doston

    Yirtvordim

  33. Gulli

    Assalom alaykum nimani yirtib qoʻydiz

  34. Otabek

    A zorga mani shaxmatda yutdi

  35. Gulli

    Assalomu alaykum qalaysiz Shahmatni juda yaxshi oʻynaysiz shekilli

  36. Otabek

    Zormas, lekn uynashni bilaman

  37. Gulli

    Assalom alaykum yaxshiku hali undan ham yaxshisini oʻrganib olasiz inshaalloh

  38. Otabek

    victory

  39. Gulli

    yaxshida mayli omad tilayman bayramingiz muborak boʻlsin bundan yaxshi natijaga erishasiz albatta

  40. Asliddin

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social