Erkakning odob-axloq qoidalari

Erkakning odob-axloq qoidalari
  • Ko’chada erkak, ayolning chap tarafida yurishi kerak. O’ng tarafda faqat harbiylar yurishlari mumkin, chunki ular harbiy salomlashishi kerak.
  • Agar ayol qoqilganda uni tirsagidan ushlab qolish kerak. Ammo oddiy vaziyatda erkak ayolni qo’lidan olishi yoki yoq, buni ayol o’zi qaror qilishi kerak.
  • Ayolning yoningda erkak faqat uning ruhsati bilan chekishi mumkin.
  • Kirish va chiqishda erkak ayolning oldida eshik ochishi kerak, o’zi esa orqasidan yurishi kerak.
  • Zinadan chiqganda yoki tushganda, erkak o’z ayolini ehtiyotkorligi uchun bir-ikki zina oldida yoki orqada yurishi kerak.
  • Liftga birinchi bo’lib erkak kirishi kerak, chiqishda esa ayol birinchi chiqishi kerak.
  • Avtomobildan birinchi bo’lib erkak chiqadi, u transport vositasini aylanib o’tib va eshikni ochishi kerak va ayolga chiqishiga yordam berishi kerak. Agarda erkak va ayol taksi yo’lovchilari bo’lsalar, ular orqa o’rindiqlarda yurishlari kerak. Birinchi bo’lib mashinaga ayol o’tiradi, erkak esa yonida o’tiradi.
  • Xonaga kirganda, erkak ayolga ustki kiyimini yechishga yordam berishi kerak, xonadan chiqishda esa ustki kiyimni uzatishi lozim.
  • Agarda ayollar tursalar erkak o’tirishi mumkin emas (asosan transportda).
  • Odob bo’yicha erkak ayol bilan uchrashuvga kech qolmasligi kerak. Aksincha, erkak bir necha daqiqa oldinroq kelishi kerak. Kutilmagan vaziyatlarda oohlantirib kechirim so’rash kerak.
  • Har qanday yoshdagi ayollarga og’ir narsalarni ko’tarishda yordam berish kerak. Ularning soniga ayol sumochkasi yoki yengil palto kirmaydi (agarda sog’liq bo’yicha u o’zi ko’tara olmasa ularni)
  • Jamiyatda ayol haqida gapirish yaxshi emas, ayniqsa erkaklar doirasida.
  • Muloqot vaqtida erkak qo’llarini ko’kragida tutishi yoki cho’ntaklarga solib turishi mumkin emas. Hamda qo’lda har xil narsalarni o’ynab turishi yaxshi emas. Bu suhbatdoshga hurmatsizlikdir.
  • Bilish foydali: Erkak restoranga doim birinchi bo’lib kiradi, asosiy maqsad xizmatchi kim restoranga taklif qilganini va to’laydigan insonni aniqlaydi. Katta kompaniya bo’lib kelganda – taklif qilgan va birinchi kirgan to’lashi kerak. Agarda eshik oldida xizmatchi kutib olsa, o’shanda erkak birinchi bo’lib ayolni o’tkazishi kerak.
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social