Ertaga nima bo’lishini hech qachon bilmaymiz

Ertaga nima bo’lishini hech qachon bilmaymiz

Bir ayol go’sht fabrikasida ishlar edi. Bir kuni, ish kunining oxirida u bir narsani tekshirish uchun muzlatgich xonasi ichiga kirdi, lekin eshik tasodifan yopilib, ayol ichkaridan qulflanib qoldi.

Ayol qichqirdi va bor kuchi bilan eshikni taqilatdi – ammo hech biri natija bermadi – hech kim uni eshitmadi. Ishchilarning ko’plari allaqachon chiqib ketgan va muzatgich xonada nima sodir bo’lishini tashqaridan hech kim eshitmas edi.

Besh soatdan so’ng, o’lim muqarrar edi, biroq zavod qorovuli eshikni ochdi va ayol o’sha kuni mo’jiza tufayli o’limdan qutulib qoldi.

Keyinchalik ayol qorovuldan, nima uchun muzlatgichni tekshirishga qaror qilganini, chunki bu uning mas’uliyati emasligini so’radi.

Qorovul shunday deb javob berdi: “Men bu zavodda 35 yildan beri ishlayman, yuzlab odamlar har kuni kelishadi va ketadilar, ammo siz ertalab men bilan salomlashasiz va ish kunining oxirida xayrlashib ketadigan yagona insonsiz. Ko’pchilik meni ko’rmagandek o’tib ketadi…

Bugun men tomondan o’tib ketganingizdek, siz har doimgidek, menga: “Salom” dedingiz. Ishdan so’ng, men sizning “hayr, ertaga ko’rishguncha” degan gapingizni eshitmadim va siz zavod hududidan chiqib ketayotganingizni ko’rmadim. Men fabrikani tekshirib chiqishga qaror qildim. Men sizning har kungi “salom” va “hayr” degan so’zlaringizga o’rganib qolgan ekanman, chunki shu so’zlar mening kimgadir kerakligimni eslatib turadi. Bugun sizning hayrlashgangizni eshitmadim, men biror narsa sodir bo’lgan deb o’yladim. Shuning uchun, men sizni har yerda izladim”.

Kamtar bo’ling, atrofdagilaringizni seving va hurmat qiling.

Axir biz ertaga nima bo’lishini hech qachon bilmaymiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social