“G’olib” ni “ijrochi” dan ajratib turadigan narsa nima?

“G’olib” ni “ijrochi” dan ajratib turadigan narsa nima?

“Bir fermer qarib qoldi va o’z xo’jaliklarini ikki o’g’lidan biriga qoldirishga qaror qildi. Qariya o’g’illarini chaqirdi va shunday dedi: ferma eng kichik o’g’limga qoladi.

Shunda katta o’g’li xafa bo’ldi. U kichik ukasini ketishini kutib va keyin so’radi: “Men katta o’g’lingizman-ku, nima uchun ferma menga qolmadi?”

Otasi boshini chayqab qo’ydi va bir lahzadan keyin u shunday dedi: “Yaxshi, men uchun bir narsa qil. Chibi fermasiga borib, sotuvga sigir bor yoki yo’qligini bilib kel? “

Katta o’g’li juda tez qaytib keldi va dedi: “Ota, Chibi fermasida 6 ta sotiladian sigir bor!”

Otasi katta o’g’liga minnatdorchilik bildirdi. Keyin kichik o’g’lini chaqirdi va dedi: “Men uchun bir narsa qilishing kerak. Chibi fermasiga borib, sotuvda sigir bor yoki yo’qligini bilib kel?”

Kichik o’g’li ketdi. Bir vaqt o’tgach, u qaytib kelib:

“Ota, Chibida 6 ta sigir sotilar ekan. Har bir sigirga 2000 rupiy haq to’lanadi. Ammo, agar biz 6 ta sigirni sotib olishga qaror qilsak, har bir sigir uchun 100 rupiy tushib beriladi. Aytgancha, kelasi hafta Jersi sigirlari ham bo’lar ekan, balki kutsak ham bo’ladi? Ammo, agar sigirlarga juda muhtoj bo’lsak, Chibi ularni ertaga yetkazib berishi mumkinligini aytdi.”

Otasi kichik o’g’liga ishi uchun minnatdorchilik bildirdi. So’ngra uning katta o’g’liga qarab dedi:

“Endi sening ukang nima uchun fermer xo’jaligini olganini tushungandirsan?”

Muvaffaqiyatli insonlarning siri.

Ko’pincha insonlar faqat eng kam talablarga javob beradigan narsalar qilishadi. Ular biror bir topshiriq uchun aniq ko’rsatmalarga muhtoj.

Aksincha, muvaffaqiyatga erishganlar, butun qalbi bilan bu ishda qatnashadilar. Ularga yo’naltirish kerak emas. Ular nafaqat o’z ishlarini qiladi, balki kelajak haqida o’ylaydi. Ular har doim o’z fikrlariga ega, bu esa har qanday loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishi mumkin.

Muvaffaqiyatli insonlar tashabbuskordir. Ular to’g’ri savollar berishlari, to’g’ri xulosalar chiqarishlari, harakatlarni oldindan hisoblashlari va o’z fikrlarini ifodalashlari mumkin.

Muvaffaqiyatli bo’lish uchun faol bo’lishingiz kerak va hayot sizga hamma narsani kumush laganga olib kelishini kutish kerak emas. Demak, siz harakat qilyapsiz, himoya qilmayapsiz. Siz faolsiz, passiv emassiz.

Har bir tashkilot va kompaniyaning o’rnini almashtirish qiyin bo’lgan bir nechta tanlangan xodimlari mavjud. Biroq ko’pgina odamlar osonlik bilan almashtirilishi mumkin. Ko’pchilik passiv insondir. Ular maxsus ko’rsatmalarga muhtoj. Ular oddiy ijrochilardir.

Muvaffaqiyat ma’lum darajada xavf bilan bog’liqdir. Siz o’zingizni xavf ostiga qo’yishingiz va muvaffaqiyatsizlikka ham uchrashingiz mumkin. Aksincha, agar siz aytilgan gaplarni yoki ishlarni qilsangiz, hech qanday xavf va hech qanday javobgarlikni o’z bo’yningizga olmaysiz. Xavfsiz.

Siz kimsiz? Ijrochi yoki tashabbuskor? Siz kim bo’lishingizdan qat’iy nazar, esingizda bo’lsin, vaqt kutib turmaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social