Haqiqatdan ham mantiqqa to’g’ri keladigan ba’zi g’alati narsalar (1)

Haqiqatdan ham mantiqqa to’g’ri keladigan ba’zi g’alati narsalar (1)

Yonimizdagi navbat har doim tezroq harakat qiladi va yillar davomida kiyilmaydigan kiyimlar faqat axlat qutisiga kirgandan keyin kerak bo’ladi? Bu va boshqa ko’plab vaziyatlarga duch kelgan deyarli har bir kishi hayot qonunlarining asosini tashkil etdi.

1. Murfiy qonuni

Noto’g’ri ketishi mumkin bo’lgan har qanday narsa noto’g’ri bo’ladi.

Ushbu prinsipga ko’ra, biror narsa yomon bo’lishi kerak bo’lsa, u albatta sodir bo’ladi. Shu bilan birga, eng yomon vaziyat yuz beradi.

2. Meskimen qonuni

Ishni yaxshi bajarish uchun yetarli vaqt yo’q. Lekin har doim uni qayta to’g’irlashga vaqt topiladi.

Shunday vaziyat albatta sodir bo’ladi. Biz muhim ishlarni oxirgi daqiqaga qadar qoldiramiz, u ishni tugatamiz va keyin esa qayta ishlashga ko’proq vaqt sarflaymiz.

3. Po qonuni

Tabassum yoki boshqa biron-bir hazil belgisi bo’lmasa, nozik mavzularda hazil qilishning iloji yo’q. Chunki kimdir buni noto’g’ri tushunishi mumkin.

Nozik mavzudagi har qanday hazil yoki parodiya, albatta, kimdir no’to’g’ri tushunishi mumkin.

4. Ettore kuzatuvi

Yonimizdagi navbat har doim tezroq harakat qiladi.

Boshqa navbatda to’la aravachalarga ega beshta odam bo’lsa ham, siz turgan navbatda faqat ikki kishi, biri idishda suv va ikkinchisi makaron ko’targan insonlar bo’lsa, yoki kassa buziladi, yoki ulardan biri mayda pulini hisoblashni boshlaydi.

5. Xleyd qonuni

Dangasa xodimga qiyin topshiriq bering. U bu ishni hal qilishning eng oson yo’lini topadi.

U o’z ishini murakkablashtirishga juda ham dangasa bo’ladi.

6. Qidiruv qonuni

Qidiruvni eng kutilmagan joydan boshlash kerak.

Agar siz kir yuvish mashinasida qaychi topolmayman deb o’ylasangiz, u o’sha yerda bo’lishi mumkin.

7. Hanlon tushunchasi

Ahmoqlik bilan tushuntirish mumkin bo’lgan narsani, hech qachon g’azab bilan tushuntirmang.

Birinchidan, inson xatosining sababini qidirib ko’ring, shundan keyin faqatgina odamning maqsadiga ko’ra, yomon niyatda qilgani haqida o’ylang.

8. Pareto qonuni

20% harakat, 80% natija beradi, 80% harakat esa 20% natija bilan ta’minlaydi.

Ish va natijalar nisbati teng emas: 20% mijozlar, kompaniyaga 80%  daromad olib keladi. Joriy vazifalarga sarflangan vaqtning 80% atigi 20% foydani tashkil qiladi. Bu hayotning har qanday sohasiga to’g’ri keladi.

9. Parkinson qonuni

Ish unga ajratilgan vaqtni to’ldiradi.

Vazifani bir kunda bajarishingiz mumkin, biroq siz uni bir haftaga qoldirdingiz. Va siz uni bir hafta davomida bajarasiz.

10. Lerman qonuni

Vaqt va pul yetarli bo’lsa, har qanday texnik muammoni hal qilish mumkin.

Lerman xulosasi: sizga doimo vaqt yoki pul yetishmaydi.

11. Stardjon vahiysi

Har bir narsaning 90% safsata.

Diplom ishingizning 90 % safsata desalar, bu sizning yozishingiz uchungina emas.

12. Piter printsipi

Vakolatli xodimlar, martaba narvoniga ko’tarilishda, o’zlarining malakasini yo’qotish darajasiga yetishadi.

Ushbu printsipga ko’ra, ertami-kechmi, u kishi o’z vazifasini bajara olmaydigan mavqega ega bo’ladi.

13. Gamperson qonuni

Istalgan natijaga erishish ehtimoli xohish kuchiga teskari proportsionaldir.

Ishga kechikkaningizda, tirbandlikka tushasiz, avtobus buzuladi, siz piyoda yurishga majbur bo’lasiz. Biroq, agar siz piyoda yurishga qaror qilsangiz, avtobuslar yoningizdan ketma-ket o’tadi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social