Albatta, ona bola hayoti va tarbiyasida eng muhim rol o’ynaydi, lekin ota ham e’tibor berish kerak bo’lgan narsalar bor. Ayniqsa, biz o’g’il haqida gapiradigan bo’lsak.
Bir o’ylab ko’ring, bola bolalar bog’chasida va maktabda o’qituvchi nazorati ostiga tushadi. Bu joylardagi o’qituvchilarning 90% ni ayollar tashkil qiladi. Bola doimo ayol atrofida o’sadi, lekin unga erkak tarbiyasi ham kerak!
1. Qanchalik g’olib va mag’lub bo’lish muhimligini bilish
Do’stlardan tashqari bola uchun musobaqalarda va o’yinlarda eng yaxshi hamroh kim? Albatta, Ota! Bu erkak fazilatlarining yaxshi mashqi hisoblanadi. Bu o’yinlar orqali bola g’alaba ta’mini his etadi va unga erishish uchun qancha harakat qilish kerakligini tushunadi.
Otasi uchun esa bu o’yinlar orqali mag’lubiyat muqarrar ekanini o’g’liga tushuntirish uchun bir katta imkoniyat bo’ladi. Qoqilib tushganda, shunchaki turib olish va harakatda davom etish kerakligi va mag’lubiyatning hech uyat joyi yo’qligini tushuntiradi.
2. Ayollarga bo’lgan to’g’ri munosabatni o’rgatish
Ayollar bilan muomala qilishni o’g’liga onasi ham o’rgatishi mumkin, lekin faqat ota o’z misolida ko’rsatishi mumkin. Agar o’g’il ayollar haqida muhim narsalarni o’z otasidan bilsa juda yaxshi bo’ladi. Do’stlaridan emas, internetdan ham emas, aynan otasidan bilish – bu muhim ahamiyatga egadir. Onaga gul sotib olish uchun do’konga o’g’li bilan borish, muloyimlik bilan do’kondagi ayol xodimi bilan gaplashish va hokazolar.
3. Sevgi haqida gapirib berish
Bu bo’lim oldingi bo’limga bog’liqdir. O’g’il sevgi haqida otasidan bilsa yaxshiroq bo’ladi. Agarda otasi o’zining birinchi sevgisi va birinchi uchrashuvlari haqida gapirib bersa, o’g’il uchun bu katta sovg’a bo’ladi.
4. Qarshi turishga o’rgatish
Ota va faqat ota qanday qilib kuchli va mustahkam bo’lishni o’rgatishi mumkin. O’g’lini qaysi vaziyatlarda qarshi turishga va o’z haqligi uchun kurashishga va qaysi vaziyatlarda fitnaga e’tibor bermasdan va tinchkina ketishni otasi o’rgatishi kerak. Ota mehribonlik, bu zaiflik emasligini o’z misolida ko’rsatishi kerak.
5. O’z dunyo qarashini topish
Buning uchun maxsus hech narsa qilish kerak emas, shunchaki o’g’li bilan birga bo’lish va u bilan vaqti-vaqti bilan dardlashib turish kerak. Ko’pincha onalar uy ishlari bilan band bo’lib, farzandlari bilan vaqt o’tkaza olmasligi mumkin.
6. Har bir erkak bilishi kerak bo’lgan narsalar
Shunaqa narsalar borki buni faqat erkaklar qila oladi va ayollar uchun mu mo’jizadek ko’rinadi. Masalan gulxan yoqish, uyda mayda remont ishlari, mashina remont qilish va hakoza. Agarda o’g’lingiz 100% “shaharli” bo’lsa ham, unga baribir gulxan yoqish kelajakda kerak bo’lib qolishi mumkin. Katta ish bo’lmasa ham shashlik uchun kerak bo’ladi. Har qanday joyda yuqoridagi ko’nikmalari o’g’lingizga katta yordam bo’ladi.
7. Uydagi ishlar
Bu narsalarga galstuk bog’lash, ovqat pishirish va ko’ylak dazmollash kabilar kiradi. Albatta, bugungi kunda barcha javoblarni internetda tezgina topish mumkin, lekin bularni o’g’il aynan otadan bilsa juda yaxshi bo’ladi. Shuningdek, aynan otalar erkaklar ovqat tayyorlashni bilishi kerakligini o’rgatishi kerak. Kamida ochlikdan o’lmaslik uchun )))