1. Tanaffus qiling
Agar siz ish joyida uxlab qolayotgan bo’lsangiz, o’rningizdan turing va aylanib keling, masalan, do’konga boring. Bir nima sotib olish kerak emas, shunchaki aylanib keling.
Zerikish ko’pincha uyqusizlikka olib keladi. Bilamizki, biz zerikarli suhbatdoshimiz bilan gaplashganda va zerikarli film ko’rganda uxlab qolishimiz mumkin. Shu sababli har doim ishni kichik tanaffuslar bilan aralashtirish kerak.
2. Olma iste’mol qiling
Uyg’onishga to’g’ri ovqatlanish ham yordam beradi. Quyidagilar juda mos keladi:
- Olma;
- Ismaloq;
- Murakkab uglevodlar (jo’xori yoki grechka kasha, yashil loviya, qovoq);
- Achchiq shokolad;
- Imbir.
Mutaxassislar, uyqusizlikka qarshi kurashda shuningdek, ortiqcha ovqatlanishdan va yog’dan butunlay bosh tortish tavsiya qilishadi.
3. Yotib dam oling
Kunduzgi uyqu samaradorlikni oshiradi. Jorjtaun Universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, biz uxlayotganimizda, xotira va mantiqiy fikrlash uchun mas’ul bo’lgan chap miya kamroq faol bo’ladi, ya’ni qayta tiklanada. Shuning uchun, kunduzgi uyqudan keyin biz faolroq va ma’lumotni osonroq qabul qilamiz.
Kunduzgi uyqu qisqa bo’lishi kerak. Mutaxassislarning fikricha, tiklanish uchun 15-20 daqiqagacha kerak. Agar bundan oldin bir chashka qahva ichsa, natijasi ham yaxshi bo’ladi.
4. Chiroqni yoqing
Yuqori uyquchilik odatda kunduzgi nurni kamayishi bilan keladi. Quyosh nurlari, to’r pardaga tushib, melatonin ishlab chiqarishni tartibga soladi, ya’ni aslida bizning biologik soatimizni namoyon qiladi.
Shuning uchun, ko’ngilni ko’tarish uchun pardani oching. Va agar oyna tashqari qorong’i bo’lsa, chiroqni yoqing. Qancha yorqinroq bo’lsa, shuncha yaxshi.
5. Oynani oching
Tezda uyg’onishga toza havo yordam beradi. Shunchaki oynalarni oching va xona havosini aylantiring. Kislorodning yetishmasligi uyquchanlikning sabablaridan biridir. Vaqt va imkoniyat mavjud bo’lsa, qisqa aylanishga borishingiz mumkin.
6. Sovuq suv bilan yuvinish
Charchoqni yo’qotishda sovuq suv bilan yuvish ham yordam beradi. Bu badan uchun stress, shuning uchun siz bir muncha vaqt tetik bo’lasiz.
7. Bir chashka qahva iching
Kardiff Universitetining xodimlari kofein inson faoliyati darajasini haqiqatan ham oshirib borishini isbotladilar.
Bizning miyada adenozin deb atalgan narsa – charchoq uchun mas’uldir. Kofein bu moddaga o’xshash. Qonga kirib, adenozin o’rnini bosadi. Shu sababli qahva biroz vaqt tetiklik beradi.