Ba’zida muammolar kutilmagandek kelib ustingizga tushadi va siz butunlay ularga shung’ib ketasiz. Agarda shunday vaziyatlarda nima qilishni bilmasangiz, ushbu hikoyani albatta o’qing!
Bir kuni bir dehqonning eshagi chuqur quduqga tushib ketibdi. Xo’jayini qanday qilib uni chiqarishni o’ylayotgan paytda, eshak nolish ovozlarini chiqarar edi. Keyinchalik, dehqon eshakni ancha qariligini hisobga olib, uni shu quduqga ko’mib qo’yishni o’yladi. Chunki quduq ham eski bo’lib, uni ko’mish kerak edi.
Shunda eshakni olib chiqish uchun katta kuch sarflash kerak emas edi. Dehqon o’z qo’shnilarini quduqni ko’mishga yordamga chaqirdi. Barcha birgalikda kuraklarni olib, quduqni ko’mishni boshlashdi.
Shu vaqtda eshak yanada balandroq nolishni boshladi. Ammo bir vaqtdan so’ng uning ovozi tinchib qoldi. Shundan so’ng, dehqon quduqni tekshirmoqchi bo’lib pastga qaradi va u ko’rgan narsasidan hayratlandi.
Quduqga tashlanayotgan har bir kurak tuproq eshakni ustiga tushar edi, ammo eshak inson hayoliga kelmagan ishni qildi ya’ni u ustiga tushgan tuproqlarni qoqar va shu tuproqlarni ustiga chiqib olar edi. Barcha insonlar quduqni to’ldirishda, eshak esa o’z ishini qilishda davom etdi.
Shunday jarayondan so’ng, eshak tepaga chiqib qoldi va u quduqdan tashqariga chiqib, qochib ketdi. Bu voqea barchani lol qoldirdi.
Hayotingizda juda ko’pgina tuproq va loylarni uchratishingiz mumkin va hayot sizga ko’plab shunday narsalarni ustingizga tashlashi ham mumkin. Ammo qachonki ustingizga shunday narsalar tushsa, ustingizdagi narsalarni qoqib tashlashga va tepaga chiqishga doimo harakat qiling. Agarda siz harakatdan to’xtamasangiz va taslim bo’lmasangiz, unda albatta eng chuqur quduqdan ham chiqib ketasiz!
Ustingizni qoqib, tepaga qarab intiling!!!