Hayotda har xil odamlar biror narsani turli xil baholashadi

Hayotda har xil odamlar biror narsani turli xil baholashadi

Juda mashxur taniqli poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniya o’z mahsulotlarini Hindistonga eksport qilishni boshlash loyihasini qabul qildi.

Bozorni o’rganish uchun kompaniya rahbariyati ushbu mamlakatga eng yaxshi ikki mutaxassisni yubordi. Ular kelajak bozorning salohiyati haqida ma’lumot to’plash uchun viloyatlarga tarqalib ketdi.

Bir necha kun o’tib, mutaxassislardan biri bunday so’zlar bilan qaytdi:

– U yerda hech kim poyabzal kiymaydi. Ushbu bozorning rivojlanishiga vaqt sarflamang!

Ikkinchi mutaxassis hali hamon Hindistonda edi va hamkasbining xulosalari haqida hech narsa bilmas edi.

Bir muddat o’tgach, kompaniyaga ikkinchi mutaxssisdan faks oldi:

– Qadrli rahbriyat, hisoblangan eksport miqdori uch marta oshirilishi mumkin. Chunki bu yerda hech kim poyabzal kiymayapti!

Kimgadir shu vaziyat o’ta olmaydigan to’siq bo’lishi mumkin va kimdir bu ajoyib imkoniyat bo’lishi mumkin.

Hayotda ham huddi shunday, turli insonlar hamma narsani o’zicha baholashadi…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social