Optimist bo`lish pessimist bo`lishdan ko`ra ancha yaxshiroq. Bugun e`tiboringizga qanday qilib optimist bo`lish mumkinligi haqidagi sirlarni oshkor etamiz.
style=”text-align: justify;”>1.Vaqtingizni behuda siqilishlar va aldamchi xayollar egallab olishiga yo`l qo`ymang. Bu dilozorliklarning sizga hech qanday foydasi yo`q. Aksincha, hadeb bo`lib o`tgan noxush voqealar, omadsizliklarni xayolingizda eslayversangiz, o`zingizdagi ishonchni so`ndirasiz. Xuddi shu narsa kelajakdagi ishlaringizga ham tegishli. Ko`pichlik odamlar hali boshiga tushmagan muammolardan bezovtalanishlari achinarli holdir.
Ertangi muammolardan qo`rqmaslik uchun, bugundan boshlab harakat qiling. Ya`ni bugunga rejalashtirgan har bir ishingizni qoyilmaqom qilib bajarishga urining, ammo ertani o`ylamang. Shundagina ruhiy va jismoniy zo`riqishdan saqlanib, kelajakdagi rejalaringiz haqida ishonch bilan o`ylaysiz.
2.O`tgan kunlarni bir eslash hayoli sizni hech tark etmasa, buni yaqin do`stingiz yoki oila a`zolaringiz bilan barham ko`ring. Har holda bu ich-etingizni eb, o`z-o`zingizga «gapirganingiz»dan yaxshiroq. Oilaviy tushgan suratlarni birma-bir ko`zdan kechirib chiqish ham yordam beradi.
3.Hayotingizni «dasturlash»ga harakat qiling. Chunki buni hech kim sizdan yaxshi uddalay olmaydi. Har bir ishni boshlashdan avval ichingizda «men shu ishni albatta uddasidan chiqaman» deb ishontiring. Axir fe`l-atvorini o`zgartirgan odamning hayoti ham ijobiy tomonga o`zgaradi, ichingizdagi tushkunlik, bezovtalanish o`rnini ishonch, uddaburonlik kabi xislatlar egallaydi.
4.Yuzingizdan tabassum arimasin. Ko`pchilik bunga javoban: «Nima men jinnimidim, kayfiyatim bo`lmasa ham huda-behudaga kulgani», degan e`tirozlar bildirishi turgan gap. Ammo ruhshunoslar aynan tushkunlik paytida inson o`z-o`zini majburlab tabassum qilishni tavsiya qiladilar. Oyna qarshisiga o`tirib bir yarim daqiqa davomida tabassum qilsangiz, yuz mushaklaridan miyaga signal borib, ichimizni kemirayotgan noxush hislar o`rnini xursandchilik egallaydi. Avvallari faqat kayfiyatingiz borligida tabassum qilgan bo`lsangiz, endilikda birgina kulish evaziga yaxshi kayfiyatga ega bo`lasiz. Ishonmasangiz bir sinab ko`ring.
Boshingizga tushganlarni eslab hadeb o`zingizga rahmingiz kelmasin. Dunyoda sizdan ham ahvoli og`ir insonlar topiladi. Bo`layotgan voqealarga nisbatan faqat ijobiy fikr bildirish, atrofdagilarga yaxshi munosabatda bo`lish, o`z kuchingizga ishonch sizni chinakam baxtiyor insonga aylantiradi, hatto immunitetni oshiradi. Hech kasal bo`lmaydigan insonni uchratsangiz, bilingki, u hayotga ishonch bilan qaraydi, tushkunlikdan yiroq bo`ladi.
Shu o`rinda bir qiziqarli ma`lumotni e`tiboringizga havola qilsam. Optimistlar pessimistlarga qaraganda 7-10 yil uzoq yashashlari isbotlangan. Ko`tarinki kayfiyat egalari boshqalarga nisbatan kamroq kasal bo`ladilar. Bordi-yu xastalikka yo`liqsalar-da juda tez tuzaladilar. Olimlarning fikricha, yuragi betob insonlarning har o`ninchisi pessimist hisoblanadi.
Hikoyaga gap ash nes! Juda foydali. Shunday hikoyalar yoshlarga yordam beradi deb o’ylayman. Fazo, saytingiz chindan ham qiziq. Na reklama bor, na boshqasi. Leking bazi maqolalar juda qiziq va foydali.
ДА ХЮСИНГА КАРАГАНДА АХВОЛИМИЗ АНЧА ЯХШИ)))))))
ha hayotda xar doim optimist bulib yashash kerak, yoki hayot seni pisimist qilib kuyadi!
nima u optimist-pisimist, ish qilib hayotni tog’ri yashash kerak!
hayotga ishonish kerak emas,hayotni yaxshash kerak
хаётда энг асосий нарсалардан бири бу ишонч ва севгидир!
o’z hayotga xech kachon ishonch ketmasin!
браво
Дунёда сиздан ҳам аҳволи оғир инсонлар топилади. mana bu gapga voobshem gap yoq,londa aytilgan va togri! buni unutmaslik kerak!
xammada uziga yarasha qiyinchilik bor!
ha aytmang
Xa birinchi bu sevgi
Hayot özi nima nima uchun insonlar bu dunyoga kelib ketuvchi mexmon nega sevgan sevilganlar birga emas
Men bir insonni sevar edim jonimdan ortiq u uchun xamma narsaga tayyor edim u bn birga bölolmasligimni bila turib xam sevar edim lekin u menga xiyonat qildi va yaqin dugonam bn gaplawib ketdi men nima qilay tuwkunlikdaman bir tomonda dugonam biruda sevganim maslaxat beriylar nima qilay
Men Optimist bolganim uchun ham shuncha muammolarim ichida adashib qolganim yoq. Ularni xal etish uchun kulib xarakat qilaman. bu juda ogir, biroq tushkunlikga tushgandan yaxshiroq!
Ishonch
Bunyod etish uchun yillar ketadi
Sinishi uchun soniyalar kifoya
Qayta tiklash uchun bir umr ham kam
Ishongan odam, hamma narsaga erisha oladi
O’ziga ishonish kerak, dux bo’lishi kerak.