Psixoterapevt va bir qancha kitoblar muallifi Xaydemari Shvermer nafaqat tasavvur qiladi, balki mana 13 yildirki pulsiz yashab kelmoqda. Uning yoshi 67 da va U pulsiz djunglida emas balki Germaniyada, asosan Dortmund shahrida istiqomat qiladi. Bunday hayot tarzi ayniqsa iqtisodiy taqchillik vaqtida juda ham ko`l kelarkan. Xaydemarining ustunlik tarafi – u bankdagi jamg`armalarini yo`qotib qo`yishdan qo`rmaydi, chunki jamg`armaning o`zi ham yo`q.
Agar senda hech nima bo`lmasa, senga hech narsa ham kerak bo`lmaydi. Bu ayol o`zini haqiqatdan ham baxtli va boy his qiladi. Germaniyada butun jahon iqtisodiy taqchilligi sezilarli darajada ta`sir qila boshlaganda X. Shvermerga jurnalistlar olomoni yopirila boshladi. Oldin ham jurnalistlar kelib turardi, lekin juda kam, endi esa ko`pchilikni hayotning pulsiz modeli qanday ishlashi qizziqtirib qoldi.
Ko`pchilik Xaydemarni ajoyib ayol desalar, ba`zilari uni ko`zyog`lama deyishmoqda. X. Shvermer o`zi esa bu gap so`zlarga ahamiyat bermasdan ishtiyoq bilan pulsiz qanday soch tugma qilishi, internetdan foydalanishi, uyali telefonga ega bo`lish va kasal bo`lib qolishdan aslo qo`rqmasligi haqida gapirib beradi.
1994 yili X. Shvermer tomonidan yaratilgan “Gib und Nimm” (ber va ol) tarmog`i juda oddiy ishlaydi. Manga bu “narsa” da yordam bersang, sening bolalaringa qarab turishim mumkin. Mashinamni tuzatib bersang, men derazalaringni yuvib qo`yaman.
1996 yili Xaydemar o`z uyi va bir qancha sug`urta shartnomalaridan voz kechdi. Germaniyada esa har bir shaxsda sog`liq sug`urtasidan tashqari boshqa turdagi sug`urtalardan kamida uchtasi bo`lishi shart. O`z uyini esa Xaydemar atrofdagilariga sovg`a qildi. Shu vaqtdan buyon X. Shvermer pulsiz kun kechirib kelmoqda.
Boshida psixoterapevt mutaxassisligi bo`yicha ishladi: men senga konsul`tatsiya – sen esa menga ovqat, yoki biron bir kiyim. Keyin u odamlarning uylarini qo`riqlash uchun ularning uylariga bora boshladi. O`z so`zida “ Ammo bunday qilib dunyoni o`zgartirish juda qiyin, lekin mening maqsadim aynan shunday bo`lgan”, – deydi kitob yozishga qaror qilgan ayol. “Gib und Nimm” jamiyati xozirgacha boshqa bir dunyo bo`yicha taniqli jamiyatlar qatorida juda yaxshi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.
X. Shvermerning kiyimlari uncha katta bo`lmagan chamadonga sig`adi. X. Shvemerni iqtisodiy taqsillik boshlanishi bilan teleekranda namoyish qilishga to`g`ri keldi. Bu munosabat bilan hatto kimdir unga yubka ham sovg`a qilgan. Xaydemarning 3 juft poyafzali bor, lekin bu ham u uchun ko`p dek tuyuladi. Hech qanday oilaviy sur`atlar yo`q. Lekin Germaniyaning qaysidir bir shaharida uning bolalari yashaydi, ular oilaviy xotiralarni saqlab kelmoqda. Lekin X. Shvermerga bu narsalar kerak emas.
1996 yildan buyon X. Shvermerda uy yo`q. Ayol har xil odamlarning uyida yashab kelmoqda. Odatda bir uyda bir xafta yashaydi, lekin hozirgi kunda U uch xaftadan buyon Dortmunda do`stlarining uyida yashamoqda. U do`stlariga uy ishlarida yordam beradi, ba`zi vaqtlarda ovqatlanishga kelgan mexmonlarga ma`ruza o`qib beradi.
O`z o`zidan savol tug`iladi X. Shvermer kasal bo`lganida nima qiladi? Javob oddiy – hech narsa. X. Shvermerning aytishicha U 20 yildan buyon shifokor ko`rigida bo`lmagan. U – inson istasa o`z o`zini shifolashi mumkinligiga ishonadi. Xaydemari, tanasida hatto o`simta aniqlanganida ham shifokorga bormasligi mumkinligiga amin. Ikki uch marta X. Shvermer juda og`ir kasal bo`lgan, hatto o`limga yaqin holatda bo`lgan, lekin shunga qaramay U yana tiklangan.
To`g`risini aytganda, dunyoning moddiy boyliklaridan butunlay voz kechish Xaydemar ko`lidan kelmadi. Uning aytishicha U uchun kerakli bo`lgan ikkita narsa ko`z oynak va uyali telefon. Ko`z oynagini unga bir shifokor bergan, evaziga Xaydemar uning mushugiga qarab turgan. Uyali telefonini esa (bu undagi to`rtinchisi) – ajoyib bir kuni Xaydemar menga uyali telefon kerak deb aytgan, keyin kimdir unga uyali telefon sovg`a qilgan.
Ba`zida U o`ziga narsalar ham sotib oladi. Yoki o`zi poezdga chipta oladi. Qaysi pullarga deysizmi? Nafaqasidan – uni X. Shvermer yaqindan boshlab ola boshlagan. “Umuman olganda bu nafaqani olmoqchi emasdim, lekin barchasi shunday oson hal bo`ldiki va men osonlikcha rozi bo`ldim. Endi esa uchdan ikki qismini odamlarga tarqataman, qolgan qismini esa dunyoni o`zgartirish uchun ishlataman.” “Ishonch bilan aytaolamanki pulsiz yashashning imkoni bor. Pulsiz kun kechirayotgan insonlar juda ko`p. Bu model ishlashi uchun odamlar bir birlari bilan bori bilan bo`lishishga tayyor bo`lsalar etarli” deb hisoblaydi X. Shvermer.
Endi hammayam Shvermer emasde, Shvermer pulsiz yashagandir. Lekin bugungu kunda insonlar unga o’xshab yashashga rozimikan?
bu juda juda qiyin
by ehchfhgghg
by kiein
by kiein
by kiein