Bizni chinakam baxtsiz qiladigan 3 narsa

Bizni chinakam baxtsiz qiladigan 3 narsa

Ko’p narsalar, sharoitlar va vaziyatlar bizni noqulaylikka olib kelishi mumkin, deb o’ylashimiz mumkin. Masalan past ish haqi, qo’shnilarning g’iybatlari yoki nomukammal ko’rinishimiz. Ko’rinib turibdiki, bizni baxtsiz qiladigan narsalar uchta toifaga bo’linadi. Ha, faqat uchta. Hullas, bu haqida o’ylab ko’ring!

Sizningcha, hamma narsa va har doim sizga mos bo’lishi kerak

Shunday qilib, to’y uchun yomon ob-havo bo’lishi mumkin. Muhim uchrashuvga boradigan yo’lda siz tirbandlikga tushishingiz mumkin. Va rezyumeingizni mukammal bo’lishiga qaramasdan, sizni ishga qabul qilishmadi. Tasavvur qiling-a, ammo barchasi yaxshi! Hayot – doimiy g’alaba va quvonchdan iborat emas. Agar bu dunyoda kafolatlangan narsa bo’lsa, bu har doim siz xohlagan narsani olmaysiz degan kafolatdir. Va bu bilan qanday yashash kerak? – deb so’rashingiz mumkin. Xafagarchilik, qayg’u yoki qo’rquv holatida bo’lganingizda, o’zingizga quyidagi savolni bering: “Agar biror narsa noto’g’ri bo’lib qolsa, bu men uchun nimani anglatadi?” Va bu haqida kamida uch daqiqa o’ylab ko’ring. Agar bu haqiqatan ham katta muammo bo’lsa, ishonchli do’st bilan gaplashing. Ehtimol, sizning munosabatingiz buzilib ketgandir. Siz ijaraga olingan xonadondan ko’chirildingiz. Yoki hamkasbingiz martaba o’sishida sizdan ustun keldi. Hayotning xususiyatini o’zgartira olmaysiz, ammo moslashuvchanlikni va unga nisbatan munosabatingizni o’zgartirishingiz mumkin.

Odamlar sizga yaxshi munosabatda bo’lishi kerak deb o’ylash

Sizni yarim soatcha unutgan ofitsiantdan jaxlingiz chiqadimi? Yoki barcha xodimlarning urishni haqida xo’jayinga yetkazib berishni yaxshi ko’radigan g’iybatchi hamkasbingizdanmi? Yoki qancha ko’p va g’ayrat bilan ishlayotganingizni bilmagan xo’jayindanmi? Ha, bu yoqimsiz. Bu adolatsiz tuyulishi mumkin. Bu sizni bezovta qilishi mumkin. Haqiqat shuki, odamlar sizdan kutgan tarzda munosabatda bo’lmaydilar. Shuningdek, boshqalar sizdan kutganidek o’zingizni tutishingizga hojat yo’q. Boshqa odamlarning qarorlari, xatti-harakatlari va qarashlari 100% nazoratingiz ostida emas. Buni tushunganingizda, hamma narsa o’zgaradi. Siz ortiqcha tashvishlanmasligingiz kerak. Siz boshqalarga emas, o’zingizga e’tibor qaratasiz. Oxir oqibatda siz yashashni boshlaysiz. Chunki hech kim hech kimga majbur emas!

Siz yetarlicha yaxshi emasligingiz haqidagi afsonaga ishonasiz

Bu eng katta noto’g’ri tushunchadir. Odamlar doimo biror narsadan norozi. Ba’zilar o’z vazifalarini bajara olmaydi deb o’ylashadi. Boshqalar esa ko’p pul topish qobiliyatiga ega emaslikdan azob chekishadi. Boshqalar, o’zlarini omadsiz deb hisoblashadi. Siz oxirgi marta kimdandir shunday gap eshitganmisiz: “Ha, men hayotda omadliman! Men hamma narsani osongina va to’siqsiz boshqaraman”? Siz hech bo’lmasam o’zingizga shunday gapirishni o’rganing: “Men yaxshiman. Hayotimdagi har qanday ishni mukammal hal qilyapman. O’zim bilan faxrlanaman”.

015Oxirgi 12 oy ichida erishgan narsalaringiz haqida o’ylab ko’ring. Siz nimani bilib oldingiz? Qanday yangi narsani qildingiz? Kim bilan tanishdingiz? Siz oylaganingizdan ham yaxshiroqsiz. Hatto,  hozir sizda yaxshi vaqt bo’lmasa ham, hech qisi yo’q! Ba’zida narsalar noto’g’ri bo’ladi. Va qayg’u chekayotganingizda, nima bo’lishidan qat’iy nazar, har doim bu vaqt masalasidir, chunki keyinchalik hamma narsa mutlaqo joy-joyiga tushib ketishi mumkin.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. musulmanka

    yaxshi kun ham yomon kun ham olloxdan biz bandalarning vazifamz faqatgina sabr wukr va ixlos mo’min bandaning boshqalardan farqi wundaki yaxshi kun keladi wukr qiladi sovob oladi yomon kun keladi sabr qiladi yana sovob oladi mazunlik mo’minlarga xos emas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social