Institutimizda falsafa darsi bo’yicha juda g’alati o’qituvchi bor edi. G’alati, bu unda noyob fikr yuritish degani emas, balki undan doim yomon hid kelar edi. U doimo bir xil kiyimda kelar va bazida bu kiyimlar kir va yirtilgan bo’lar edi. U doim kulib turar va boshqalarga e’tibor bermas ham edi. U o’n marotaba bitta leksiyani o’qishi mumkin edi. Rostini aytganda u hech qancha falsafani bizga bermagan!
Biz doim uning ustidan kular edik. Bezlik qilib butun guruh bilan leksiyasiga bormas edik. Leksiyaga borganda esa orqa joylarga o’tirishga harakat qilar edik. Rostan undan juda yomon hid kelar edi, balki bir haftalik hid, agar bir yillik bo’lmasa. Ammo uning yoshi katta edi. Biz nima uchun u institutda shu paytgacha ishlab yurishini tushunmas edik?
Keyin esa biz uning hayoti haqida bilib qoldik. Bu narsa bizni juda o’ylanishga majbur qildi va hatto o’z xatti-harakatlarimizdan keyinchalik uyaldik.
Bir baxtli oila bor edi. Sevimli ish, farzand va ajoyib turmush o’rtoq. Birgina avtohalokat… va bechora insonda hech kim qolmadi! Bu juda o’gir edi. Agarda unda shu ish bo’lmaganida, bilmaymiz, qanday qilib u o’z hayotini o’tkazgan va qayerda bo’lar edi.
Shuning uchun sizga aytmoqchi bo’lgan narsam shundan iborat: “Hayotingizda siz ko’pgina har xil insonlarni uchratishingiz mumkin. Kimdir sizga yoqishi, kimdir yoqmay qolishi mumkin. Ammo insonlarni hukm qilishdan oldin ularning hayot tarixini bilishga harakat qiling. Siz nima uchun u o’zini aynan shunday tutayotganini bilmaysiz? Balki unga sizning yordamingiz kerakdir yoki u shunchaki dalda so’zga muxtojdir?”
Inson har bir voqea va hodisalardan o’ziga dars chiqarmog’i lozim. Sizning yozgan maqola anu shulardan birisi. Lekin, odatda insonni kiyinishiga, ko’rinishiga va muomilasiga qarab davranishadi. Lekin bu kotta xato. Sababi, masalan kiyim bu bizning avratlarimizzi yopish uchun ishlatiladi. Muomala esa qarshimdagi muloqat qilayotgan inson bilan o’zaro kelishish uchun. Eng muhimi insonning qalbi va qiziqarlisi shundaki hch kim bir birini qalbini samimiy yoki o’ta bahlligini oddiy ko’z bilan ko’rolmaydi. Faqat bir yo’li ma’lumki, insonni ichki dunyosi tashqi dunyosiga aks etadi. Bir inson haqida hukm qila olish uchun quyidagi to’rt holat hisobga olinishi suv va havo kabi zarurdir:
1. Izlanish – Haqiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun
2. U inson bilan uzoq yo’lga chiqqan bo’lishi
3. Qo’shnichikladagi holat kuzatilishi muhim
4. Savdoda qanday? Aldaydimi yo aldatadimi?
Qaror qabul qilishda yengil qarash emas, balkida adolat bilan, muhokama qilib ya’ni to’g’ri fikr yuritib hukm bersa balki to’g’rilik darajasi xolati ko’pro bo’lishi mumkin.
Bir o’rnak bilan so’zimni bitiray. Bir kuni okam shomallab qoldi. O’sha kuni amakim biznikiga ziyorat qilgani keldilar. Va okamga qarab menga nima didila ding???? Okengiz chakvoganga o’xshaydi desa bormi?!!! Men aytdimki, yo’q okam chakvomagan faqatgina shamollangan. So’ngra men bilamanmi yoki senmi didi. Xullas, gappi qisqasi shundaki, tahminan o’ylamasdan, surishtirmasdan, shubhali ko’rinvurarkan dib qovun aqlliga kelgani aytmasdan yuqorida aytib o’tgan 4 xolatni yaxshilab o’rganib chiqmoq lozim…
Qadrli Jackson, o’z fikringiz va hayotingiz haqida bo’lishganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Jacksonning gapi mutlaqo to’g’ri
Juda ham to’g’ri gaplar
Yxwi yozilgan
Rayyona
Odamni yuzidan emas, ichidan tanish kerak