Nima uchun mashhur bo’lishga intilamiz? Shuhrat hayotimizga baxt keltira oladimi?

Nima uchun mashhur bo’lishga intilamiz? Shuhrat hayotimizga baxt keltira oladimi?

Inson qayerda bo’lishidan qa’tiy nazar, ishda, maktabda yoki institutda, shou-biznesda yoki boshqa sohalarda, har bir inson mashhur bo’lishni orzu qiladi! Lekin bizni shuhratga nima undamoqda? Nima uchun mashhur bo’lishga intilamiz? Shuhrat hayotimizga baxt keltira oladimi?

Mashhur amerikalik aktrisa va model Kameron Diaz hayotida ulkan shuhratga erishdi. Tomoshabinlar mashhurligi va tan olinishiga qaramay, u shon-shuhratga erishishda o’z nuqtai nazariga ega. U “Human” hujjatli loyihasida o’z fikrini bildirdi va o’z shuhratini shunday qilib tasvirlaydi:

“Odamlar: “Siz kabi bo’lishni xohlayman, aktyor bo’lishni xohlayman, men sizga o’xshashni xohlayman”, deganida men doimo ularga bir savol beraman: “Nima uchun?”.

Ko’pgina odamlarda, xususan Amerikada, shuhratga ega bo’lish, muvaffaqiyatli va baxtli bo’lish degani degan tasavvurga ega bo’lishadi.

Men qiladigan ishni qilaman, mashhur bo’lishi uchun qilmayman. Mashhur bo’lish bu men uchun ishdir. Uyda ekanman, do’stlarim va oilam bilan suhbatlashganimda mashhur emasman, men – bu menman, Kameron.

Shuhrat meni kimligimni belgilaydigan narsa emas. Agarda shuhrat sizni belgilashini istasangiz, hech qachon baxtli bo’lmaysiz. Siz doimo baxtni qidirasiz va hech qachon uni shon-sharafda topolmaysiz.

Men uchun bu samimiyat va niyatli savolidir. Siz hozirda qilayotgan ishingizni nima uchun qilyapsiz?

Mamnuniyat inson ichidan kelishi kerak. O’z o’zingizga rostgo’y bo’ling. Shuhrat ortidan quvmang”.

Bu yerda aktrisa o’z shuhrati va muvaffaqiyatidan norozi ekanini aytmoqchi emas. Haqiqat shuki, agar siz shon-shuhratga erishsam, baxtli bo’laman deb hisoblasangiz, unda xato qilasiz. Shon-sharaf va baxt bir-biriga o’xshagan narsa emas.

Siz mashhur bo’lishni xohlaysizmi?

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Husan

    Mashxur bo’lish doim ham baxtsiz bo’lish degani emas! Bu odamni oziga boglik! 100% har kuni baxtli bolib yuradigan insonni ozi yo! Hayotimiz baxtli va baxtsiz onlardan iborat ku!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social