Insonlarda hojatxonada biror narsa o’qish odati uzoq vaqt oldin paydo bo’lgan. Ehtimol, hojatxonaning paydo bo’lishi bilan paydo bo’lgandir. Avvaliga insonlar kitob yoki krossvord olar ed, hozir esa – telefon olishadi. Inson biror bir maqola o’qishi, ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishi va o’yin o’ynashi mumkin. Lekin bunday odat zararli bo’lishi ham mumkin, chunki telefon doimo biz bilan bo’ladi.
Miya dam olishi kerak. Yangi ma’lumotsiz bir necha daqiqa ham dam olishga yordam beradi, hatto fikringizga nima sodir bo’layotganiga e’tibor berasiz.
Buning uchun haftada kamida bitta bo’sh kechani tanlang. Bir chashka choy bilan o’tirib, derazadan tashqariga qarang va ongingiz xohlagan narsani qilsin. Kun davomida biz doimo konsentratsiya qilishimiz kerak va bunday muhlat miya uchun juda foydalidir.
Bu o’zingizni qanday his qilishingizni tushunish uchun imkoniyatdir, chunki sizning e’tiboringiz ish, muloqot yoki o’yin-kulgi bilan chalg’imaydi. Bunday paytda siz o’zingiz bilan yolg’iz qolasiz. Ehtimol, siz nima bezovta qilayotganini sezasiz, yoki eski muammoga yechim topashingiz mumkin.
Ko’pchilik telefonga kamroq qarashga harakat qiladi, lekin bu juda qiyin. Bu maqsad juda noaniq. Asta-sekin harakat qiling: birinchi navbatda telefonni hojatxonaga olib kirmang. Fikrlaringiz bilan yolg’iz qolishdan qo’rqmang.