Ishonarsiz effektlar, “qoniqarsiz” daromad ko‘rsatkichlari: Marvel muxlislari kompaniyadan nega norozi?

Ishonarsiz effektlar, “qoniqarsiz” daromad ko‘rsatkichlari: Marvel muxlislari kompaniyadan nega norozi?

Bir necha kun avval Marvel kinematografiya koinotining ayni vaqtdagi holatiga doir yangi hisobot eʼlon qilindi. Unda muxlislarning kompaniya tomonidan taqdim etilgan so‘nggi filmlar haqidagi fikrlari jamlangan.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya tomonidan ishlangan so‘nggi filmlarning kassa yig‘imlari keskin kamayib ketgan. Bri Larson ishtirokidagi “Kapitan Marvel” kartinasi keltirgan daromad “Doktor Strenj: Telbalik multikoinotida” filmiga nisbatan 100 million dollarga kam bo‘lgan. “Doktor Strenj: Telbalik multikoinotida” filmi namoyishlar ortidan 185 million dollar daromad keltirgan edi.

Hisobotda shuningdek, kompaniyaning so‘nggi filmlaridagi ayrim vizual effektlar tomoshabinlarni hayratga sololmagani ham qayd etilgan.

“Chumoli odam va Ari: Kvantomaniya” filmida kompyuter grafikasi ishlatilgan sahnalardan biri taqdimot vaqtida muxlislarni shunchaki lol qoldirgan.

“Filmda vizual effektlar so‘nggi lahzalarda qo‘shib qo‘yilgan va diqqatni torta olmagan o‘ndan ortiq sahna bor edi. Bunga ishonib bo‘lmaydi. Men o‘z faoliyatim davomida bunaqasini ko‘rmaganman. Bu haqida hamma gapirdi. Hattoki, rahbarlarning farzandlari ham shu sahnani muhokama qilishdi”, – deydi insayderlardan biri.

Bularning barchasi Marvel kompaniyasi uchun muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Kompaniya vakillari kamchiliklarni bartaraf etish va muxlislar ishonchini qaytadan qozonishga astoydil harakat qilmoqdalar. Kompaniya har doim vizual effektlar borasida yetakchilardan biri bo‘lgan. Marvel kinostudiyalar o‘rtasidagi raqobat kuchli ekanligidan kelib chiqqan holda o‘z pozisiyasini qayta tiklash va muxlislar eʼtiborini qaytadan qozonish uchun harakatni boshlab yuborgan.

Taʼkidlash kerakki, kompaniya filmlari kino tomoshabinlari orasida haligacha mashhur va katta auditoriyaga ega. Ayrim murakkabliklarga qaramay, kompaniya muxlislarni ajoyib hikoyalar va jasur qahramonlar bilan quvontirishda davom etib kelmoqda. Shu o‘rinda kinostudiyaning olamshumul muvaffaqiyati va Marvel koinotining zamonaviy madaniyatga katta taʼsir ko‘rsatishini tan olmaslik mumkin emas.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sifati an4a tuwib ketti, lekin iwonamanki hammasi ulada oldinda va zur kinola va serialla 4iqaziwadi

  2. Тимур

    Марвелы ваще провал, афсус баъзи киноларни сценирясидан бошлаб, графикаси жуда ачинарли чиквотти

  3. Baribir Marvel kinolarini ko’rsam mazza qilaman

  4. Marvelni sevmaydigan yoshlar bo’lmasa kerak

  5. DC yaxshiroq

  6. cry afsus

  7. Kinoman

    Hammasi yaxshi bo’ladi

  8. Menga Doktor Strenj yoqdi

  9. Hm yaxwi kino edi

  10. Temir odam o’lganidan keyin ko’rmi qo’ydim

  11. Marvellar bad

  12. Marvel zo’r kino chiqazishadi

  13. Shuxrat

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social