Suratga nazar tashlang va unda birinchi bo‘lib nimani ko‘rganingizni belgilang:
• Olma
• Kapalak
• Pichoq
• Qurt
Olma
O‘limdan juda qattiq qo‘rqasiz. Balki hayot bilan vidolashish o‘zingiz uchun qo‘rqinchli emasdir, ammo yaqinlaringiz hamda oila a’zolaringizni yo‘qotish ehtimoli sizni dahshatga soladi. Ayrim insonlar bolalik vaqtlarida o‘zlarining yaqinlarini yo‘qotib qo‘yadigan bo‘lsalar, butun umr ushbu kemtikni to‘ldira olmay yashaydilar.
Maslahat: Hayotingiz hamda miyangizni tushkunlik kayfiyati bilan to‘ldirmang. Taqdir izmini hech kim o‘zgartira olmaydi. Ammo, o‘zgartirib bo‘lmaydigan tabiat qonuni qarshisidagi qo‘rquv tufayli butun umrni havoga sovurish mumkin.
Kapalak
Sizning eng katta qo‘rquvingiz – o‘z ichingizda. Hayotda o‘ta sodiq, ishonchli va mehribon insonga aylanishingiz mumkin, ammo sizni aldashlaridan qattiq qo‘rqasiz. Zero, bunday holat hayotingizda avval ham sodir bo‘lgan. Shu tariqa insonlarga bo‘lgan ishonchingiz yo‘qolgan. Ularga nisbatan bo‘lgan qo‘rquv hissi insonlar bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishingizga ham halal beradi.
Maslahat: Qo‘rquvning ko‘ziga tik qarang. Jasoratli bo‘lsangiz, muammolar ham o‘z-o‘zidan ham bo‘ladi.
Pichoq
Siz hayotda eng ko‘p kasalliklardan qattiq qo‘rasiz. Shu sababli salomatligingizga e’tibor qaratasiz, o‘zingizni asrab-avaylashga harakat qilasiz. Ammo, ehtimoliy hastalik haqidagi hayollar umringizni zavol qilmasligi kerak. Yo‘qsa, bu ruhiy holatingizga katta zarar yetkazib qo‘yadi.
Maslahat: Yomon hayollardan uzoqroq bo‘ling, ular inson organizmiga ayrim kasalliklaru viruslardan kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Qurt
Suratda birinchi bo‘lib qurtni ko‘rish – arvohlardan qattiq qo‘rqishga ishora qiladi. Bu qo‘rquv bolaligingizdagi hotiralar bilan bevosita bog‘liq. Sizni nafaqat ruhlar, balki qorong‘ulik ham dahshatga soladi.
Maslahat: Ruhiy jihatdan ham ulg‘ayishingiz kerak. Aslida bu qo‘rquv faqatgina miyangizda. Unga asir bo‘lishni bas qiling.
Ha bu men haqimda yozilgan ekan keyinchalik bu qoʻrquvlar yoʻqoldi hozir hamma ishimni tavvakal va ishonch bilan bajaraman va menda Allahga shukr hammasi yaxshi
Buni uqib juda xursan buldim
rahmat Aziza