Bu vazifa oilaviy munosabatlarda boshqa har qanday uy ishlaridan ko’ra ko’proq muhim rol o’ynashi isbotlangan.
Kundalik hayotda yuvilmagan idishlar har kuni to’planadi. Og’ir kunning oxirida, plita yonida bir necha soatdan keyin va yosh bolalarga g’amxo’rlikdan keyin, er-xotin oldida bir savol tug’iladi: idishlarni kim yuvadi?
Turmush o’rtoqlar o’rtasidagi munosabatlarning dinamikasini o’rganuvchi zamonaviy oilalar kengashi, ushbu savolga javob oilaviy munosabatlarga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aytadi.
Tadqiqot davomida turli xil uy ishlari, jumladan, oziq-ovqat sotib olish, kir yuvish va tozalash kabi masalalar o’rganildi. Ma’lum bo’lishicha, oilaviy munosabatlarda ayollar uchun boshqa uy ishlariga qaraganda idishlarni yuvish mas’uliyatini bo’lishish yanada muhimroq bo’lgan.
Oilada faqatgina ayol idish yuvadigan bo’lsa, ko’proq nizolar kelib chiqar ekan, oilaviy hayot baxt keltirmas va jinsiy aloqada muammolar olib kelar ekan. Ushbu mas’uliyatni bir xil darajada ushlagan juftliklarda bu narsalar yaxshiroq ekan.
Tadqiqot muallifi Daniel Karlsonning aytishicha, uydagi eng iflos va yoqimsiz vazifalarni ayollar amalga oshirar ekan. Bu ko’pincha boshqa odamlar ortidan yig’ishtirish, yuvish, hojatxonani yuvish yoki idish yuvishlarni tashkil etadi. Shu vaqtda erkaklar axlatni olib chiqib, tashlab kelishi yoki mashinasini yuvishi mumkin. Ular kundalik hayotda boshqalarning axloqsizliklariga duch kelmaydi.
So’nggi bir necha o’n yillikda erkaklarning uy ishlaridagi ishtiroki oshdi. Bugungi kunda erkaklar 1965-yilgi ikki soatdan farqli ravishda haftada to’rt soat uyda ishlashadi. 1999-yildan 2006-yilgacha idishlarni birgalikda yuvib turadigan juftliklar 16% dan 29% gacha o’sdi. Boshqa tomondan, bu ko’rsatkich oilada hech narsa o’zgarmagan ayollar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin.
Yuviladigan idishlar ko’p harakat talab etmaydi, lekin sizning munosabatlaringizni kuchaytirishi mumkin. Ularni birga bajarish juda oson va tezroqdir. Misol uchun, bir kishi idishlarni yuvishi, ikkinchisi esa quritishi mumkin. Yoki kimdir idishlarni yuvadi, ikkinchisi esa idish-tovoq mashinasiga joylashtiradi.
Karlson shunday deydi: “Men rafiqam bilan birgalikda hamma narsani qilishimiz mumkin. Masalan, birga axlat tashlab kelishimiz yoki xojatxona tozalashimiz mumkin.” Biroq, eng asosiysi birgalikdagi idish yuvishdir. Bunday birgalikda qilingan uy ishlari juftliklarni yanada mustahkam qiladi. Ular birgalikda hamma narsani yengib o’tishlari mumkinligini his qilishadi.