Ijtimoiy tarmoqlar – inson qadr qimmatiga ta`sir qiladi?!

Ijtimoiy tarmoqlar – inson qadr qimmatiga ta`sir qiladi?!

Yaqinda ilmiy xodimlar bir tadqiqot ustida ish olib borishdi va bu tadqiqot natijasida shu ayon bo`ldiki, agar internet foydalanuvchilarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklab qo`yilsa – bu ularning qadr-qimmatiga ta`sir o`tkazarkan.

Tadqiqot uchun har xil yoshdagi odamlar tanlanib, ular tadqiqot o`tkazuvchilar tomonidan ikki guruhga ajratildi. Birinchi guruh ishtirokchilariga “Facebook” va “Twitter” ijtimoiy tarmoqlari xizmatidan foydalanishga ruxsat berildi, lekin ularda bu ijtimoiy tarmoqlarda kommentlar koldirishga ruxsat etilmadi. Ikkinchi guruh ishtirokchilariga esa umuman ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat etilmadi.

Natijada aniqlandiki, internet resurslariga kirish xuquqlari yoki imkoniyati cheklangan odamlarda o`ziga nisbatan bo`lgan qadr-qimmati pasayarkan.

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarga o`rganib qolgan odamni butunlay internetdan uzib qo`yish – U uchun salbiy ta`sirni o`tkazadi. Bunday holatda U o`zini ijtimoiy hayotdan butunlay ajralgandek his etadi.

Hozirgi kunda insonni (ayniqsa yoshlarni) bir kunga ijtimoiy tarmoqlardan uzib qo`yish juda qiyin. Inson bir kun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasa o`zini noqulay his qilishi mumkin ekan. Nahotki ijtimoiy tarmoqlar bizning hayotimizga shunchalik zavq bag`ishlaydi? Bu yaxshimi yoki yomonmi?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Isroil Tillaboyev

    Haq gapni isbotlashibdi, hozirgi yoshlar, va o’rta yoshlar internetning ijtimoiy tarmoqlariga o’rganib bo’lishdi, lekin bu itta tarmoqda emas, ijtimoiy tarmoqlar raqobatiniyam ko’ryapmiz, kishilar ma’lj vaqtdan keyin boshqa tarmoqlarga o’tib ketishmoqda. Lekin baribir ijtimoiy tarmoq ijtimoiy xayotimizni bir qismiga aylanib bo’ldi.

  2. Javox

    yani xozirda inson hayoti ijtimoyi tarmoqlarsiz – haqiqiy hayot emas ekan!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social