Ijtimoiy tarmoqlar – uchrashuv joyini o’zgartira olmaysan!

Ijtimoiy tarmoqlar – uchrashuv joyini o’zgartira olmaysan!

Facebook, Twitter, Instagram – do’stlarimiz, kasbdoshlarimiz va qarindoshlarimiz bilan doimiy uchrashuv joyiga aylanib bo’lishgan. Sen vaqtingning qancha qismini ijtimoiy tarmoqlarda o’tkazasan? Statistika bo’yicha oyiga 25 – 30% gacha… balki kimdadir ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar – ushbu ikkita so’z ko’p ma’noga ega. Hozirgi kunda ushbu ixtirolarning jamiyatga ta’siri katta.

Ijtimoiy tarmoqlarning foydasi va zarari haqida ko’p bahslar olib borilmoqda. Har holda ko’pchiligimiz ijtimoiy tarmoqlarning quliga aylanib bo’lganmiz. Facebook, Twitter yoki Instagram dagi sahifalarimizni tekshirmasdan uxlashga yotmaymiz, muhim narsani o’tkazib yuborishdan qo’rqamiz, nechta “like” bosilgani haqida havotir olamiz.

Odatda ishxonaga borish vaqtida nima bilan band bo’lamiz? Albatta Instagramga kirib yangi rasmlarni ko’rib chiqamiz )))

Jamiyatni hozirgi kundagi odatini tushuntirib berish qiyin: bu doimiy ovqat rasmlari va oyna oldida turib tushurilgan rasmlar?!! Lekin yaxshi jihati ham borki ijtimoiy tarmoqlarda asosan eng yaxshi rasmlar joylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan minnatdor bo’ladigan holatlarimiz ham bor. Yaqin insonlar yoki do’stlarimizni tug’ilgan kunlari haqida ogohlantirishlar. Bugungi kunda do’stimizga tug’ilgan kun munosabati bilan qo’ng’iroq qilib tabriklashdan ko’ra unga ijtimoiy tarmoq orqali gul, rasm yoki tilak jo’natish osonroq bo’lib qoldi. O’ylaymanki ushbu funksiyani ko’pchiligimiz yaxshi ko’ramiz. Chunki shaxsan o’zim ham do’stlarimning tug’ilgan kun sanalarini eslab qolishim qiyin.

Ba’zan do’stlarimdan – ijtimoiy tarmoqlarga bir-ikki kun kirmaslik yoki kelasi dushanbadan Facebookdan foydalanmasliklari haqida eshitib qolaman. Balkim sizga ham ushbu vaziyat tanish ko’rinar, ammo har doim ijtimoiy tarmoqqa kirish uchun mingta bahona topiladi.

2007-yilda o’tkazilgan Xalqaro “Never Ending Friending” tadqiqot ishtirokchilari aniqlashdiki, odamlarning internetda ko’p vaqt o’tkazishining sababi aynan ijtimoiy tarmoqlar ekan.

Bir inson ijtimoiy tarmoqni telefon bilan taqqoslagan. Itjimoiy tarmoq orqali telefon nomersiz odamlarni topib ular bilan muloqot qilish mumkin. Haqiqatdan ham bugungi kunda biz ko’pincha odamlarning telefon raqamini aynan Telegramm yoki Whatsapp da muloqot qilish uchun olamiz. Kamdan kam hollarda esa shu nomerga telefon qilamiz.

Har bir narsaning yaxshi va salbiy taraflari bo’lgani singari, ijtimoiy tarmoqlarning ham ijobiy va salbiy taraflari mavjud. Biz uzoq masofada bo’lgan yoki uchrashishga vaqt topaolmagan yaqinlarimiz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda do’stlar ortirish mumkin, so’ngi yangiliklardan bahobar bo’lib borish mumkin. Ijtimoiy tarmoq xizmatidan foydalanayotganda bitta oltin qoidani esdan chiqarmaslik zarur – meyorni bilish kerak!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. To’g’risi, ijtimoiy tarmoqlarsiz hayotimni tasavvur ham qila olmayman, hayotimni bir qismidir. Har kuni 3-4 marta kirmasam bo’lmaydi. Kuniga 1-2 soat vaqtim shunga ketsa kerak…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social