Farzandli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini uch toifaga bo‘lish mumkin. Ba’zilar internetda bolasining rasmlarini bemalol namoyish etadi, boshqalari bolaning yuzini emojilar bilan yashiradi, uchinchisi esa ularning fotosuratlarini umuman nashr qilmaydi. Bularning qaysi biri to‘g‘ri, qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini aniqlashga harakat qilamiz.
2023-yilning yozida Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga katta qizlarining yuziga emojilar qo‘yilgan oilaviy suratni joylashtirdi. Mediamagnatning posti darhol qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Obunachilardan biri shunday fikr bildirdi: “Bu odam nima uchun ijtimoiy tarmoqlarda bolalarning yuzini yashirish kerakligini yaxshi biladi”.
Garchi ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarga yuzlarida emojilar bo‘lgan bolalar suratlarini joylashtirsa-da, Sukerbergning yaqinda joylagan surati bu masalani chuqurroq muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘ldi.
Internetda bolalarning yuzlarini ko‘rsatmaslik uchun kamida ikkita yaxshi sabab bor. Avvalo, ularning xavfsizligi haqida — begonalar bolaning shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun yuzni tanish texnologiyasidan foydalanishlari mumkin.
Albatta, ko‘pchilik Mark faqat katta qizlarining yuzini yashirganini, kichigini ommaga ko‘rsatganini ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Gap shundaki, neyron tarmoqlar chaqaloqlarning yuzlarini taniy olmaydi, degan qarash bor. Ammo mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday emas. Sun’iy intellekt chaqaloqning tashqi ko‘rinishini tahlil qilish, hatto uning yoshidagi o‘zgarishlarni “bashorat qilish” qobiliyatiga ega.
Emojidan foydalanishning ikkinchi sababi — bolaning shaxsiy hayotiga bo‘lgan huquqi. Bola ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishni xohlaydimi yoki yo‘qmi, ongli qaror qabul qila olmaydi. Kelajakda u onasiga yoki dadasiga kulgili ko‘rinadigan rasmni joylashtirgani uchun “rahmat” aytmasligi ham mumkin. Internet hamma narsani eslab qolishini hisobga olsak, bu to‘g‘ri qaror.
Ammo ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha qo‘llanma muallifi Leya Plankett ham ota-onalarni farzandlariga internetda o‘zini namoyon qilish imkoniyatini berishga chaqiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va o‘smirlar media makonida sinov va xatolardan o‘tishi kerak.
Ko‘pgina mashhurlar farzandlarining yuzlarini aynan shu sababli yopishadi. Xususan, aktrisa Kristen Bell shunday dedi:
“Biz qizimizning yuzi internetda tanilishiga qarshimiz, qachonki u buni xohlashini o‘zi aytmaguncha. Bu shaxsni hurmat qilishning oddiy ko‘rinishi”.
Jurnalist Kelli Konaboy esa shunday deydi:
“Agar taniqli odam bo‘lsangiz, buni tushunish mumkin, o‘z hayotingizning shaxsiy tomonlarini baham ko‘rishni xohlaysiz. Katta ehtimol bilan siz buni muhim deb hisoblaysiz. Lekin shaxsan men bunday deb o‘ylamayman”.
Kellining so‘zlari qanchalik qattiq bo‘lmasin, obunachi nuqtayi nazaridan uning fikriga qo‘shilish mumkin: chaqaloqlarning suratlari katta badiiy ahamiyatga ega. Axir ularning yuzi juda yoqimli ko‘rinadi. Buni yulduzlar ham biladi, ehtimol shuning uchun ham ular shu yo‘l bilan ham mashhurliklarini mustahkamlab olar.
Ehtimol, bolalarning yuzlarini emojilar bilan yopishdan ko‘ra, ularning rasmlarini umuman nashr etmaslik ma’quldir? Fortis Healthcare kompaniyasining ruhiy salomatlik va xulq-atvor fanlari bo‘limi boshlig‘i Kamna Chibber bunday yondashuvni ma’qullamaydi:
“Ota-onalarning quvonchlarini baham ko‘rish va hayotlari qanday o‘zgarganini ko‘rsatish istagi mutlaqo tabiiy. Ammo agar bir vaqtning o‘zida bolaga qandaydir zarar yetkazish qo‘rquvi bo‘lsa, unda dilemma paydo bo‘ladi. Yechim — fotosuratni qisman yopishdir”.
Hindiston kabi ba’zi madaniyatlarda “yomon ko‘z” — buzg‘unchining bolaga shunchaki qarash orqali zarar yetkazish qobiliyatiga ishonishadi. Chibber bu haqda shunday deydi: “Siz bolangizga hech kim salbiy munosabatda bo‘lishini xohlamaysiz, shuning uchun uni himoya qilasiz”.
Ijtimoiy tarmoqlar asrida esa negativlik yetarli. Xulosa qilib aytish mumkinki, faqat ota-onalargina farzandlarining rasmlarini qanday nashr etishni yoki umuman nashr etmaslikni hal qilishadi.
Бизаникила куз теяди дийишади
Hamma uzi tanlidi, yopiwmi yoki yumi
Bolani yuzini 1 yoshgacha korsatib bolmaydi
Ko’z tegadi, rasm qo’ymang
Men har doim qizimning yuzini bekitaman
Men ham
Kuz teyadi dib ota bobolarimiz bekor etishmagan
Bunga ishonidiganlar hali ham bormi?
Kuzgami? Kupla iwonadi
Ha ayniqsa biz tomonlarda koʻzga gapga tuhmatga koʻp insonlar ishonishadi oʻz koʻzi bilan koʻrganigamas qulogʻi bilan eshitishsa boʻldi afsuski shundan keyin yolgʻonni rostga aylantirib gaprishadi
A bizani odamlaga bergin, san turinda nimalarni tuqib etiwmidi
Ha toʻgʻri nimasini aytasiz
Yowmi qarimi, bir birini kuvlawni yoqtiriwadi
Ha toʻgʻri
Salom alaykum Gulli, yaxwimisz? tin4misiz? nima gapla?
Assalom alaykum Aziza qalaysiz ha yaxshi rahmat Allahga shukr oʻziz yaxshimisiz qalaysiz
Yaxwiman, ku4ala yana isib ketdi
Ha nimasini aytasiz
Yurin aylanamiz
Hoʻp men uchun ham siz aylaning rahmat ❤
Ke4a yomgir yogdimi siladayam?
Yoʻq undan oldingi kuni yoqan yomgʻir
Bizada yaxwigina quydi
Ha bizda ham nimasini aytasiz koʻchaga chqiisiz boʻldi lekin eplab chiqdik majburlikdan koʻchaga chiqqandan bembiga oʻxshab yurdik
bembiga zur ettisz
Ha shuda nima qilay oyoqni yerga qoygandan loy har oyoq har tomonga tayin ketadi oyoqni tutib bilmagan shpakat ochib qolasiz
yiqilib tuwmadizmi glavniy?
Allahga shukr bu yil yiqilmadim har yili shpakat ochib qolardim bu yil unqa boʻlmadi
yaxwiii, lekn kuz qiw endi keladi
Ha bizda yomgʻir yogʻsa boʻldide qishmi kuzmi barobir yiqilib tushub yana ketaveramizde
Asfalt yomi?
Ha koʻchada yoʻq katta yoʻlda bor
Ku4elada oddiy yermi?
Ha lekin koʻchaga kirganda 3 uy bizniki yoʻlga tezda chqib olamiz
Uyila ne44i sotu?
Bilmasam lekin biznikidan tashqari buvimlar yashagan eski buzilib yotgan yana bitta uy ham keyin bogʻimiz ham katta har xil mevalar bor
Aziza med texnikumga qanday hujjat topshirishini bilmaysizmi yozdim lekin topshirish joyini chiqarmayapti
Med texnikumga? Toshkentdagigami yoki Xorazmdami?
Xorazmnikiga
Googledan yozgamdim chiqardi lekin topshrib boʻlmayapti
Ha endi topshirdim pedagogika topshirdim med texnikumini baribir chiqarmayapti
Uqiwga kiradigan buvosmi?
Dadam bilan oyim rozi lekin hali akalrim bilmaydi nima deydi nima qoyadi uni qiziqi yoʻq lekin man albatta oʻqishga kirishim kerak inshaalloh ALLAH buyurgani boʻlsa oʻqiyman albatta inshaalloh
Ota onez rozi buliwgan busa, akalaringiz nima deyiwsa ham, kiring. Uqiw juda muhim, bu mani fikrim
Xapa bumadiz dib niyat qilaman
Yoʻgʻeee nega aksincha temir aytdiz man ham shu fikrdaman