Ayollar diqqatiga! «Boshqalar»ning smartfoniga masofadan ulanishni o‘rgatamiz

Ayollar diqqatiga! «Boshqalar»ning smartfoniga masofadan ulanishni o‘rgatamiz

Darhol aytaylik, bu usul orqali turmush o‘rtog‘ingiz smartfoniga josuslik qila olmaysiz yoki uning smartfonini yashirincha boshqarib, xo‘jayiningizni qolipga sololmaysiz. Biroq, usul boshqa holatlar uchun juda mos keladi (bu yerda ko‘zini qisayotgan emodji bo‘lishi kerak edi).

Masalan, ota-onangizga va buvingizga kompyuter yoki telefonni to‘g‘ri sozlashda yordam berishingiz kerak bo‘lganda, shuningdek, ilovada yangi xususiyatdan qanday qilib to‘g‘ri foydalanishni ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa. Umuman olganda, usul qurilmalaringiz bilan bog‘liq har qanday muammolarni masofadan hal qilish uchun foydalidir.

Vaziyat hammada har xil bo‘lishi mumkin, ammo har qanday holatda ham TeamViewer ilovasi kerak bo‘ladi. Bu yerda prinsip kompyuterga masofadan ulanish bilan bir xil. Ilova tufayli siz masofaviy qurilmalarni boshqarishingiz, shuningdek, kompyuteringiz va smartfoningiz o‘rtasida fayllarni osongina almashishingiz mumkin.

Birovning smartfoniga qanday ulanish mumkin?

Boshqa birovning smartfoni yoki kompyuteriga ulanish uchun boshqarmoqchi bo‘lgan qurilmangizda TeamViewer yuklab olishingiz yoki start.teamviewer.com veb-sahifasiga kirishi kerak.

«Bemor» qurilmasiga TeamViewer QuickSupport dasturini yuklab olishingiz kerak. Dastur har doim juft holda ishlaydi, shuning uchun ikkala dasturni bir vaqtning o‘zida o‘rnatishni tavsiya qilamiz.

Quick Support o‘rnatgandan so‘ng, har bir qurilma masofadan ulanish uchun tizimda 9 raqamli identifikatorni oladi. Ushbu identifikatorni boshqa qurilmaga kiritgandan so‘ng, TeamViewer masofaviy qo‘llab-quvvatlash uchun ruxsat so‘raydi va tasdiqdan so‘ng, translyasiya qilish uchun boshqa ruxsat talab qilinadi.

«Ishga tushirish» tugmasini bosgandan so‘ng, qurilmani masofadan turib boshqarish mumkin.

Ilova nafaqat Android smartfonlari uchun ajoyib. TeamViewer o‘zining platformalararo tabiati tufayli har qanday OS bilan qurilmalarni ulash imkonini beradi, masalan, Android’dan iOS’ga va aksincha, bir-biridan istalgan masofada bo‘lgan holda fayllarni uzatishingiz va qabul qilishingiz mumkin.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jasurbek

    rofl aldaw yaxwimas laugh

  2. samira

    eh… yordam bor dib uyludim

  3. Munisa

    jinni qildila sad

  4. Botirbek

    rofl rofl rofl rofl

  5. Laylo

    aldaw yaxwimas

  6. Ezoza

    good

  7. Тимур

    топчик laugh

  8. Mansur

    qurqib ketdim, qizim endi mani telefonimni kurolididib

  9. Uktam

    laugh

  10. sa

    smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social