Inson baxtli bo’lishi uchun qanday do’stlar kerak va ularni qanday topish mumkin

Inson baxtli bo’lishi uchun qanday do’stlar kerak va ularni qanday topish mumkin

Do’stlarsiz baxtli bo’lish deyarli mumkin emasligini, ko’p yillik tadqiqotlar ishonchli isbotlashdi.

Ularga ega bo’lgan odamlar o’rtacha, o’zlarining baxt darajasini ijtimoiy yolg’iz qolganlarga qaraganda deyarli 60 foizga yuqori deb hisoblashadi.

O’zingizni baxtli his qilishingiz uchun, o’nlab do’stlaringiz bo’lishi shart emas. Masalan, katta bo’lgan sari yaqin do’stlar soni kamayadi va buning sababi bor: odamlar muloqotda ko’proq tanlovli bo’lishni boshlashadi.

Do’st shunchaki turmush o’rtog’i yoki hamkori bo’lmasligi ham muhimdir. Va do’stlikning turi ham rol o’ynaydi.

Qanday do’stlik bo’ladi?

Do’stlar har xil bo’lishi mumkin. Siz har kuni yangi latifani yoki bema’ni g’oyani baham ko’rish uchun yozasiz va ba’zilariga qo’ng’iroq qilasiz. Boshqalarga esa yiliga bir marta qo’ng’iroq qilasiz. Do’stlaringizning ba’zilari siz u kabi bo’lishni istagan odamdir. Ba’zilarini hurmat qilasiz, lekin juda yaqin emassiz.

Do’stlar ham sizga aynan shunday munosabatda bo’lishadi. Biri uchun, siz har doim yaxshi maslahat beradigan do’stsiz. Va kimdir sizni yaqin odam kabi ko’radi va eng qimmatli sirni sizga aytish mumkinligini biladi.

Turli xil munosabatlardan turli xil narsalarni olamiz.

Ehtimol, do’stlikning eng yaxshi va ayni paytda eng lakonik tasniflaridan biri Aristotelga tegishli. Faylasuf bu haqda o’zining Nikomaxiya etikasida bayon qilgan.

Qadimgi yunon mutafakkiri do’stlikni o’zgacha piramida sifatida tasavvur qilgan.

Eng pastida, hissiy aloqalar zaif bo’lgan, ishda yoki ijtimoiy hayotda o’zaro foydalilikka asoslangan do’stlikning ratsional turi mavjuddir. Hamkasblar, biznes-loyihalar bo’yicha sheriklar yoki shunchaki bir-birlariga har qanday xizmatni taqdim eta oladiganlar do’stlashadilar.

Keyingi qadam hayratga asoslangan do’stlikdir. Bunday holda, siz odamga bog’lanib qolasiz, chunki unda sizni xursand qiladigan fazilatlarni ko’rasiz. Masalan, o’tkir fikr yoki yaxshi hazil tuyg’usi.

Aristotel yuqori pog’onaga mukammal do’stlikni qo’yadi. Bu munosabatlar faqat ma’naviy yaqinlikka asoslangan. Bir-birlariga samimiy tushunarsiz jalb qilishdan tashqari, ular uchun boshqa ma’no yo’q.

Do’stlikning uch turi o’zaro bog’liq emas. Misol uchun, siz biron bir xususiyat uchun sizni hayratda qoldiradigan odam bilan o’zaro manfaatli muloqot qilishingiz mumkin. Biroq, munosabatlarni eng aniq darajada belgilash muhimdir.

Do’stlikning qaysi turi baxt uchun muhim, qaysisi esa muhim emas

So’z bilan ta’riflash qiyin, lekin siz mukammal do’stlik nimaligini tushunsangiz kerak. Bu ish, pul yoki ambitsiya bilan hech qanday aloqasi yo’q va ko’pincha bir narsaga bo’lgan umumiy muhabbatdan kelib chiqadi. Bunday chuqur munosabatlar baxtning muhim qismidir.

Haqiqiy (mukammal) do’stlikdan farqli o’laroq, ratsional do’stlik kamroq baxt keltiradi. Unda inson o’zini to’liq ochib berolmaydi. Masalan, agar siz hamkasbingiz yoki biznes sherigingiz bilan do’st bo’lsangiz, o’zingizni professional darajada ko’rsatishingiz kerak. Siz murakkab shaxsiy suhbat bilan muhim ishbilarmonlik munosabatlarini buzishni istamasangiz kerak.

Afsuski, zamonaviy shahar hayoti odamlarni mukammal emas, balki foydali (ratsional) do’stlikni ko’paytirishga undaydi. Darhaqiqat: ko’pchilik haftasiga kamida 40 soat ishlaydi. Ya’ni, ular o’zlarining hamkasblari bilan, ofisdan tashqaridagi oila a’zolari yoki do’stlaridan ko’ra ko’proq muloqot qilishadi. Shunday qilib, “o’zaro manfaatli” do’stlar mukammal do’stlarni osonlikcha siqib chiqarishi mumkin.

Qanday qilib haqiqiy do’stlarni topish va hayotni yanada baxtli qilish mimkin?

Do’stlikning sog’lom muvozanatini tiklash uchun oddiy qadamlar mavjud.

1. Haqiqiy do’stlaringiz bormi, o’ylab ko’ring

O’zingizdan so’rang, qancha odam sizni haqiqatan ham yaxshi biladi. Masalan, kim (yaqin qarindoshlardan tashqari!) sizning ozgina yomon ahvolda ekaningizni yoki biroz xafa bo’lganingizni payqab, hammasi joyida yoki yo’qligini chin dildan so’rashga qodir?

Agar javob “Hech kim” bo’lsa, unda bilingki, siz bu bilan yolg’iz emassiz. 2018 yilgi so’rov natijalariga ko’ra amerikalik kattalarning 54% “har doim” yoki “ba’zan” hech kimni qiziqtirmaydigan va ularni hech kim yaxshi bilmaydigan kabi his-tuyg’ularni boshdan kechirishadi.

Haqiqiy do’stlik uchun yana bir savol. O’zingizning sherikingiz yoki turmush o’rtog’ingizni hisobga olmaganda, juda shaxsiy, chindan ham hayajonli mavzularda bemalol suhbatlashishingiz mumkin bo’lgan bir nechta odamlarning nomini aytishga harakat qiling. Va agar siz bir nechta ismlarni nomlashga muvaffaq bo’lsangiz ham, oxirgi marta bunday masalalarni qancha vaqt oldin muhokama qilganingizni eslang. O’shandan beri, bir oydan ko’proq vaqt o’tgan bo’lsa, siz juda yaqin bo’lmasligingiz ham mumkin.

2. Mavjud bo’lgan do’stliklarni foydali darajadan chiqaring

Xotinim va men ikkalamiz uchun yanada chuqurroq do’stlik yaratish muhimligini angladik va ijtimoiy hayotimizni biroz o’zgartirdik.

Do’stlar bilan uchrashuvda biz suhbatni kundalik, ta’til, xarid qilish, ta’mirlash kabi foydali mavzulardan, ko’proq shaxsiy: baxt, muhabbat, axloqiy tamoyillar, ma’naviyat haqida, kabi masalalarga yo’naltirishga harakat qildik. Bu bizga ba’zi do’stlarimizga yaqinlashishga yordam berdi. Va boshqa holatlarda, aksincha, uzoq muddatli to’liq munosabatlar (mukammal do’stlik) mumkin emasligi aniqladik. Ammo biz qaysi odamlar haqiqatan ham bizga yaqinligini va kim bilan tez-tez uchrashishimiz kerakligini tushuna oldik.

3. Ko’p “foydasiz” do’stlar orttiring

Barkamol do’stlikni barpo etishning kaliti bu munosabatlarni boshqa bir narsaga qadam tashlovchi tosh sifatida emas, balki intilish kerak bo’lgan alohida yaxshilik sifatida ko’rishdir. O’zingizning professional yoki ta’lim doirangizdan tashqarida do’stlar topishga harakat qiling.

Siz uchun hech narsa qila olmaydigan odam bilan do’stlashing, lekin qiziqish bildiring, tinglang va yaxshi kompaniya bo’ling.

Sizning martabangiz, biznes yoki ijtimoiy ambitsiyalaringiz muhim bo’lmagan joyda ko’proq vaqt sarflashga harakat qiling. Eng oson yo’li – bu sizning ehtiroslaringiz bilan o’rtoqlashadigan joylarda yangi kompaniya izlash. Va qiziqarli odam bilan uchrashganingizda, ikkilanmasdan uni shunchaki birga vaqt o’tkazishga taklif qiling.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shukur

    meni d6stlar k6p db hisoblardim. endi silani maqolani 6qib 6ylanib qoldim. rostanam k6pla bilan qiyin va yaqin mavzulani suhbatla olmaymiz. afsus

  2. Gulli

    Haqiqiy doʻst boʻladigan insoni topilsa albatta doʻst boʻlardim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social