Insonlarni qizziqtirishning yo`li!

 

Xo`sh, siz bilan uchrashgan va suhbatlashayotgan odamni qanday qilib qiziqtirish mumkin?  Bu  oson emasga o`xshaydi. Qanday qilib buning uddasidan chiqish mumkin. Siz Amerikaning mashxur prezdenti Teodor Ruzvelt haqida eshitganmisiz. Uning qabulida bo`lgan har qanday kishi uning bilimlari serqirra va keng miqyosdaligidan hayratga tushar edi. Kovboy bo`ladimi, diplomatmi Ruzvelt hammasining tilini topa  bilardi. U bunga qanday qilib erishgan ekan? Javobi oddiy, har safar u kutayotgan kishisi tashrifidan bir kun oldin yarim tungacha mehmonni qiziqtiradigan mavzulardagi adabiyotlarga ko`z tashlab chiqar edi. Kishining qalbiga yo`l topishning eng to`g`ri yo`li – u qadrlaydigan narsalar haqida gapirishi ekanligini yaxshi bilardi. yirik universitetlardan birining professori bolalik chog`idagi bir voqeani eslaydi:

 

«Sakkiz yashar chog`im. Ta`tilni daryo bo`yida yashaydigan xolamnikida o`tkazayotgan edi. Bir kuni o`rta yoshlardagi odam paydo bo`lib, xolam bilan iliq hol-ahvol so`rashdi. Keyin birdan menga e`tibor qaratdi. Men qayiqlar atrofida o`ynab yurardim. Haligi kishi qayiqlar haqida shunaqangi qiziq gaplarni gapirardiki, men lol qoldim. U qayiqlar bilimdoni sifatida menda zo`r taassurot qoldirgan edi. Ammo xolamning aytishicha, u advokat bo`lib, qayiqchilik sohasiga mutlaqo dahli yo`q ekan. «Unda nega qayiqlar to`g`risida gapirdi?» so`radim men. Chunki u madaniyatli kishi, – dedi xolam, – seni qayiqlar qiziqtirishini sezdi va ko`ngilli taassurot qoldirish uchun faqat senga yoqqan mavzuda gapirdi. Men buni bir umrga eslab qoldim.» Suhbatdoshingiz bilan faqat u qiziqqan mavzuda gapirish ishbilarmonlikning yaxshi usulimi?

 

Siz nima deb o`ylaysiz? Tasavvur qiling siz o`z maxsulotingizga buyurtma olish uchun bir kishi bilan uchrashdingiz, gapni nimadan boshlaysiz, taxminimcha, o`zingiz ishlab chiqarayotgan maxsulotning sifati va uning naqadar foydali ekanligi haqida. Biroq bu uni qiziqtirmaydi. Siz bu yo`l bilan maxsulotingizga buyurtma ololmaysiz. Ammo, siz o`z qiziqishlaringiz haqida emas, uning qiziqishlari haqida so`z ochsangiz, suhbatdoshingizning yuzlari yorishib ketganini ko`rasiz. Qanchalik vaqti tig`izligiga qaramay, u sizga o`z qiziqishi haqida soatlab gapirishi mumkin. Bu paytda esa siz unda o`zingizga nisbatan yaxshi fikrlarni uyg`otib olasiz. Kimlardir to`rt yil mobaynida erisha olmagan yutuqlarga erishishingiz mumkin.

Ba`zilar boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish uchun, hushomad gaplardan gapirishadi, ba`zilar maqtovlar-ketidan maqtovlar yog`diradi, kimdir esa yordam beradi. Xushomad suhbatdoshingizni bezdiradi, ayniqsa uning sohtaligi bilinib tursa, maqtov esa hammaga ham bir xil ta`sir qilavermaydi. Yordam ham unutiladi. Sizga beradigan maslahatimiz, odamlarga yoqishni istasangiz, quyidagi maslahatimizga amal qiling. Suhbatdoshingizni qiziqtirgan mavzuda gapiring. Agar u odamning nimalarga qiziqishi haqida bilmasangiz, unga yaqin bo`lgan odamlar yoki u bilan avvallari hamsuhbat bo`lgan kishilar orqali sezdirmasdan so`rab oling. U odam bilan qiziqish sizning vaqtingizni olsada, ishingizning unumli bo`lishini, suhbatning qiziqarli kechishini va suhbatdoshingizning sizni yoqtirib qolishini ta`minlaydi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    zor mavzu,juda kerakli,bir xil paytda xattoki qiz bilan nima xaqida gaplashni bilmaysan.

  2. aziz

    xa togri boshqa odamni suhbat bilan qiziqtirish oson emas

  3. nilufar

    “Suhbatdoshni suhbatga qiziqtira bilish ham bir san
    ‘at sanaladi.”D.K

  4. Umid_88

    xa nilyufar tugri aytyapsin, lekin xamma xam bu san’atga ega bulmaydiyu! shu ega bulmagan odamlar nima qilsinlar?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social