Juda boy odamlarning 20 ta rag’batlantiruvchi so’zlari

Juda boy odamlarning 20 ta rag’batlantiruvchi so’zlari

Muvaffaqiyat, muvaffaqiyatsizlik va pulning haqiqiy qiymati haqida.

Jek Ma (Alibaba asoschisi):

Hech qachon taslim bo’lmang. Bugun qiyin, ertaga esa bundan ham qiyinroq bo’lishi mumkin, lekin bu kunlar ham o’tib, albatta quyosh chiqadi.

Mark Tsukerberg (Facebook asoschisi):

Eng katta xavf – bu tavakkal qilmaslik. Tez o’zgaruvchan dunyoda, bu muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin bo’lgan yagona taktika.

Larri Peyj (Google asoschilaridan biri):

Ba’zan eng ulkan maqsadlarga erishish oson bo’ladi. Odamlar, imkonsiz bo’lib tuyuladigan vazifalarni bajarishga harakat qilishmaydi. Bu esa sizning raqobatchilaringiz kamroq bo’lishini anglatadi.

Jeff Bezos (Amazon asoschisi):

Agar siz yangi bir narsa qilishni boshlasangiz, odamlar sizni noto’g’ri tushunishlariga tayyor bo’ling.

Bill Geyts (Microsoft asoschisi):

Muvaffaqiyat – bu yomon o’qituvchi. Muvaffaqiyat aqlli odamlarni aldashi mumkin.

Ilon Musk (Tesla, Space X asoschisi):

Faqat ishlang. Agar boshqalar haftasiga 40 soat ishlasa, siz esa 100 soat ishlasangiz, natijaga ikki yarim baravar tezroq erishishingiz mumkin. Boshqalarga bir yil kerak bo’lsa, siz to’rt oy ichida qilishingiz mumkin. Agar dangasa bo’lsangiz, biznes boshlamang.

Joan Rouling (Garri Potter kitoblarini yozgan):

Hayotingizni muvaffaqiyatsiz yashay olmaysiz. Agar siz ehtiyotkorlik bilan yashasangiz, doimo muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqsangiz, siz muvaffaqiyatsizlikka uchrab bo’ldingiz.

Maykl Bloomberg (Bloomberg asoschisi):

Tadbirkorlik nafaqat biznesga egalik qilish bilan bog’liq. Bu dunyoga qarash, boshqalar to’siqlarni ko’radigan joyda imkoniyatlarni topish va boshqalar ikkilanib turganda tavakkal qilishdir.

Bernar Arno (Louis Vuitton boshlig’i):

Agar biror narsa qilish kerak deb hisoblasangiz, buni o’zingiz bajaring. Bizda, Frantsuzlarda juda ko’p yaxshi g’oyalar mavjud, ammo ularni kamdan-kam hollarda bajaramiz.

Xorxe Paulo Lehmann (3G Capital asoschisi):

Men har doim aytamanki, katta orzularga ega bo’lish, kichik orzularga ega bo’lishdan qiyin emas. Orzu qilishdan qo’rqmang!

Sheldon Adelson (Las Vegas Sands boshlig’i):

Tadbirkor tavakkalga chanqoq bo’lib tug’iladi. Ammo biz boshqa fazilatlarni ham unutmasligimiz kerak: jasorat, o’ziga bo’lgan ishonch va eng muhimi, muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish va muvaffaqiyatsizliklardan keyin turishdir.

Forrest Mars Jr. (Mars, Inc. boshlig’i):

Agar siz odamlar haqiqatan ham istagan yaxshi mahsulotni taklif qilsangiz, pul albatta keladi.

Uorren Baffet (Dunyodagi eng boy insonlardan biri):

Siz qanchalik iste’dodli bo’lsangiz va qanchalik qiyin bo’lmasin, ba’zi narsalarga faqat vaqt kerak.

Opra Uinfri (Eng boy ayollardan biri):

Moliyaviy muvaffaqiyatimning siri shundaki, men umrim davomida bir daqiqa ham pul haqida o’ylamaganman.

Rey Dalio (Bridgewater Associates asoschisi):

O’tmishdagi yutuqlarimga nazar tashlar ekanman, eng katta mukofot, hayot menga olib kelgan odamlar bilan bo’lgan munosabatdir. Pul – bu tasodifiy bonus.

Ross Pero (Tadbirkor):

Aksariyat odamlar deyarli muvaffaqiyatga yetishganlarida, qo’l tushurishadi. Ular marraga bir metr qolganda poygadan chiqib ketishadi.

Richard Branson (Virgin Group asoschisi):

Biznesni o’rganish yurishni o’rganishga o’xshaydi. Siz faqat ko’rsatmalarga amal qilmaysiz. Siz yiqilib o‘rningizdan turib o‘rganasiz.

Izabel dos Santos (Unitel asoschisi):

Yashirin narsa shundaki, muvaffaqiyatga faqat qat’iyat va tirishqoqlik bilan erishish mumkin. Oson yo’llar yo’q.

Sergey Brin (Google asoschilaridan biri):

Hamma pul baxtni sotib ololmaydi deb aytadi. Shunga qaramay, men har doim ko’p pul meni hech bo’lmaganda ozgina baxtliroq qiladi deb o’ylardim. Unday emas ekan.

Maykl Dell (Dell asoschisi):

Sayohatning boshida qilishingiz kerak bo’lgan birinchi narsa – do’kondan sotib olgan xaritani tashlab yuborib va o’zingizning yangisini chizing.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bular nafaqat boy, ular juda aqlli insonlardir. Shuncha pul ishlash o’zi bo’midi. Barakalla deyishdan boshqa gap ham yo’q

  2. Тимур

    Тугри этишади, пул бахт олиб келмайди. лекин яхшиси бахтсиз Мерсда утириш, нексияда утиргандан кура rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social