Bir kuni “Kambag’allik” va “Boylik” o’zaro bahs olib borishibdi. “Ulardan qaysi biri eng chiroyli?” – ular shu savolga uzoq vaqt javob izlashibdi. Ular birinchi uchragan insonga shu savolni berishga kelishib olishibdi va yo’l bo’ylab ketishibdi.
Ularning yo’lida o’rta yoshlardagi erkak kelar edi. U kishi e’tibor bermas edi, ammo ikkita tarafdan uning yonida “Kambag’allik” va “Boylik” paydo bo’lishdi.
– Faqatgina sen bahsimizni hal qilishing mumkin. Qani aytchi, bizlardan kim chiroyli? – deb so’rashdi.
– Baloga qoldim. Kambag’allik chiroyliroq desam, Boylik xafa bo’lib ketadi. Agarda Boylik chiroyliroq deb aytsam, shunda Kambag’allik g’azablanib, menga osilishi mumkin. Nima ham qila olar edim? – deb o’zicha o’yladi notanish kishi.
Notanish erkak ozgina o’ylab, keyin shunday dedi:
– Men hozir tezda javob berolmayman. Sizlar oldin u-yoq, bu-yoqga yurib ko’ringlar va men esa sizlarni kuzatib turaman.
Kambag’allik va Boylik u-yoq va bu-yoqga yurishni boshlashdi. Oldinga va orqaga qarab ham yurishdi. Har biri yaxshi ko’rinishga harakat qildi.
Bo’ldimi? Kim chiroyliroq? – deb so’rashdi.
Erkak kishi kuldi va shunday javob berdi:
-Sen “Kambag’allik”, ketayotganingda, orqa tarafdan juda chiroylisan! Sen esa, “Boylik”, kelayotganingda, oldi tarafdan juda chiroylisan!