Boy ota o`z o`g`liga kambag`al insonlar qanday kun kechirishlarini ko`rsatmoqchi bo`libdi, evaziga esa o`zi katta dars olibdi!
justify;”>Bir kuni bir boy ota o`z o`g`lini mamlakat bo`ylab sayohatga olib chiqibdi, uning maqsadi – o`g`liga qanday qilib pulsiz yashash mumkinligini ko`rsatmoqchi bo`lgan. Bir necha kun ular bir kambag`al oilaning fermasida o`tkazishibdi.
Uyiga qaytib kelganida ota o`g`lidan sayohat unga yoqqan yoki yoqmaganligini so`radi. “Yoqdi” – javob berdi o`g`li. “Ko`rdingmi, insonlar qanchalik kambag`al bo`lishi mumkin?” – savol berdi otasi. “Ha, ko`rdim!” – javob qaytardi o`g`li. “Sayohatimizdan qanday dars olding?” – yana so`radi otasi.
O`g`li esa shunday javob berdi: “Men ko`rdimki, bizda bitta it, ularda esa to`rtda. Bizda basseyn bog` o`rtasigacha, ularda esa oxiri ko`rinmaydigan soy. Bizning bog`imizda chiroqlar bor, ularda esa kechasi yulduzlar porlab to`radi. Bizning terassa oldingi xovligacha, ularda esa ufqgacha. Biz yashayotgan joy uncha katta bo`lmagan er, ularda esa to`gamas dalalar. Biz oziq-ovqatni sotib olamiz, ular esa o`zlari etishtirishadi. Bizning atrofimizda himoya uchun devorlar bor, ularda esa do`stlari bor”.
O`g`lining bu javobidan otasi hayratda qoldi. O`g`li fikrini davom ettirib dedi: “Men endi tushundim, qanchalik biz kambag`almiz!”
Bu hiqoyani do`stlaringiz bilan bo`lishishni unutmang!
Угил жудаяам аклли . Отага этила бориб далада яшаб курсин
Болаларни катта қилаётганда, уларни ха деб уришавериш керак эмас. У ўзининг дунё қарашига эга. Ҳар қилаётган иши, дунёни англаб етиши билан боғлиқ. Шунинг учун, бирон нарсани синдириб юборса, ёки бирон бир эксперименти ўхшамай қолса, уни уришмаган маъқул. Агар урушаверсангиз, дунёни англашига тўсқинлик қилаётган бўласиз.
Albatta bu haq gap