Men Italiyada yashayman. Yaqinda menga sinfdosh dugonam telefon qilgan edi. U Italiyaga kelmoqchiligi va men bilan uchrashib vaqt o’tkazmoqchiligini aytdi. Men ham rozi bo’ldim.
Dugonam Italiyaga keldi va biz ko’rishdik. U menga Italiyaga kelishining asosiy sababi bilan o’rtoqlashdi. U o’ziga boy Italiyalikni topib, unga turmushga chiqish (va albatta shu yerda qolib yashashdir) niyati borligini aytdi. Hammada o’zining hayotdagi maqsadlari bor. U juda chiroyli qiz edi. Biz men yaxshi ko’rgan restoranga ketdik (restoran shahardagi eng yaxshilardan biri va narxlari ham mos).
U yerda mening dugonamga butun kecha mobaynida bir ofitsiant yigit (25-30 yoshli) nazarini uzmadi. Men dugonamdan shu yigit haqida nima deb o’ylashini so’radim.
Duganam shunday dedi: Kelishgan yigit, ammo afsuski u ofitsiant. Men injiq emasman, ammo kutishlarim katta!
Keyinchalik, hisob bo’yicha to’lab, chiqib ketdik.
Bilmadim, men to’g’ri qildimmi yoki yo’q. Lekin o’sha yigit mening tanishim edi va u restoran xo’jayini edi. Nima uchun u ofitsiant bo’lib ishlab yurgan deb o’ylagan bo’lsangiz kerak? Chunki Italiyada ko’plab bar/restoran va boshqa joylarning xo’jayinlari o’zlari ishlashadi. Ular ovqat, ichimliklar tarqatishga yordam berishadi yoki kassa yonida turishadi va ular bu ishni “qora ish” deb hisoblashmaydi!
Mening dugonam Italiyadan italiyaliksiz ketdi, balki shunisi ham yaxshiroqdir.
Hech qachon insonni kasbiga qarab hukm qilmang!
Vau, juda ajoyib maqola! chindan ham bizning dunyoda ko’pchilik kim qayerda ishlaydi, nima kiyadi, qancha puli borligiga qarab baho berishadi. Shundan keyin esa munosablar qilish kerak mi yoki kerak emasligi haqida o’ylashadi. Shunisi juda achinarli. Chunki ko’pincha hayotida pulga hech qachon qiynalmagan insonlar, kamtarin bo’lishadi… Qizlar ham ko’pincha puli bor yigitlarga faqat qarashadi…