France Football: Ronaldo 4 karra “Oltin To’p” sohibi

France Football: Ronaldo 4 karra “Oltin To’p” sohibi

Krishtiano Ronaldo o’z faoliyati davomida 4-bor “Oltin top” sohibiga aylandi. Xabaringiz bor mashhur France Football jurnali oltin top g’olibini aniqlash va mukofotni topshirish huquqini shu yildan boshlab yana o’ziga qaytardi. Va o’tgan mavsumning eng kuchli futbolchisini aniqlashni aynan France Football o’z zimmasiga oldi.

Oltin ushbu mukofat FIFA va France Football hamkorligida topshirilardi. Ushbu yildan boshlab France Football va FIFA alohida sovrindorni aniqlaydi va mukofotni o’z egalariga topshiradigan bo’lishdi. FIFA o’z mukofotini 2017 yilning yanvar oyida topshiradi.

Nima uchun aynan Ronaldo?

O’tgan mavsumni ajoyib formada o’tkazgani, Real Madrid va Portugaliya terma jamoasi bilan UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA 2016 musobaqasida erishgan yutug’i bunga asosiy sabab bo’ldi.

Oltin topga Ronaldo, Messi bilan bir qatorda Atletiko Madrid va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizman ham davogarlik qildi.

Navbatdagi oltin top bilan Ronaldoni Portugaliya Prezidenti ham qutlagan. U o’z tabrik so’zlarini Portugaliya hukumat saytida joylashtirgan.

47-300x169

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Botir

    Molodec! bu yili zaslujit qildi!

  2. Gol

    харакат килди бача, барсачиларга сабр

  3. Amirxon

    eng qizig’i, Ramos bittayam ovoz omadi. Kapitan butun jamoani qutqargan o’yinlari qancha bo’ldi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social