Hech narsani bashorat qilish shart emas, ammo hozir harakat qilish — shubhasiz zarur.
Kelajak kundaligi nima va u nima uchun kerak?
Bu — oʻz ustingizda ishlashga xizmat qiluvchi vosita boʻlib, u sizning kelajak haqidagi tasavvurlaringizni oʻrganish, qayd qilish va tizimlashtirishga yordam beradi. Ushbu gʻoya menejment nazariyotchisi va futurist Piter Druker fikriga asoslanadi: kelajak har kuni, aynan hozirgi lahzalarda yaratiladi. U bizning fikrlarimiz, istaklarimiz, gʻoyalarimiz, rejalari va harakatlarimizdan shakllanadi.
Aslida, kelajak kundaligi bu — siz orzularingiz, umidlaringiz, qadriyatlaringiz, ustuvor yoʻnalishlaringiz, falsafiy qarashlaringiz va hayotni qanday koʻrishni istashingiz haqidagi barcha fikrlaringizni jamlaydigan joydir. Siz bu yerga turli manbalardan olgan ilhomlaringiz, boshqalardan oʻrgangan saboqlaringiz va ular haqida bilganlaringizni ham yozib borasiz. Vaqt oʻtishi bilan bu fikrlar oʻzgarishi tabiiy va aynan shu oʻzgarishlar sizga oʻz taraqqiyotingizni baholash imkonini beradi.
Kelajak kundaligini qanday yuritish kerak?
Bu kundalikni yuritishda siz uchun qulay usulni tanlashingiz mumkin — bu elektron shaklda boʻlishi ham, qoʻlda yozish ham mumkin. Agar yozishni qoʻlda qilmoqchi boʻlsangiz va bu orqali teginish sezgilarini ham faollashtirmoqchi boʻlsangiz, bir yilga yetadigan daftar yoki rejalashtiruvchi topishga harakat qiling.
Qanday formatni tanlamang, kundalikni iloji boricha muntazam va amaliy yondashuv bilan yuriting. Ishni qulaylik uchun sakkizta asosiy toifaga boʻlib boshlang va keyinchalik ularni oʻzingizga moslab oʻzgartiring.
1. Odamlar
Bu yerga oila a’zolari, doʻstlar, ilhom beruvchi shaxslar, hamkasblar, foydali aloqalar, shuningdek, oʻtmishdagi, yana aloqani tiklamoqchi boʻlgan insonlar kiradi. Kelajakni yaxshi his qiladigan odamlar roʻyxatini tuzing va ulardan nimani oʻrganishingiz mumkinligi haqida oʻylang. Balki ularga ham qanday yordam bera olishingizni aniqlarsiz.
2. Maqsadlar va istaklar
Bu boʻlimda tasavvuringizni ishga soling — maqsadlaringiz aniq yoki umumiy boʻlishi mumkin. Bu yerda siz ish faoliyatingiz, shaxsiy hayotingiz va boshqa sohalarga oid umidlaringiz, rejalaringizni yozib boring. Hatto, nafaqaga chiqqaningizda qanday hayot kechirishni xohlayotganingizni tasavvur qiling.
3. Manbalar va ilhom
Sizni harakatga undaydigan kitoblar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, videolar, podkastlar, tele-radio ko‘rsatuvlar, ilhomlantiruvchi iqtiboslar to‘plamlarini shu yerga yozing. Shuningdek, Piter Druker “allaqachon yuz bergan kelajak” deb atagan hodisalarni ham shu bo‘limga kiritish mumkin — ular boʻlib oʻtgan, ammo ta’siri hali namoyon boʻlmagan voqealar.
4. Ta’lim
Bu boʻlimda malaka oshirish kurslari, qo‘shimcha ta’lim dasturlari, ustaxonalar, konferensiyalar va boshqa professional rivojlanish imkoniyatlarini qayd eting. Agar siz oʻzingiz ham oʻrgatishga tayyor boʻlsangiz, bu yerga mentorlik yoki ko‘ngillilik faoliyatiga oid rejalarni ham qoʻshishingiz mumkin.
5. Tana va ong
Bu kategoriya jismoniy va ruhiy salomatlikka taalluqli barcha narsalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, sizga yaxshi kayfiyat va ruhiy holatni saqlab turishda yordam beradigan odatlar, ongli hayot tarziga oid amaliyotlar, oʻziga gʻamxoʻrlik qilish marosimlari va hokazo.
6. Vizual tasvirlar
Kelajak kundaligida bu boʻlim sizning fikrlaringizni diagrammalar, chizmalar, skemalar, kollajlar, fikr xaritalari kabi vizual shakllarda ifodalashga xizmat qiladi. Ilhom olish uchun jurnal sahifalarigina emas, kutubxonalar, muzeylar va san’at galereyalaridan ham foydalanishingiz mumkin.
7. Harakatlar
Bu bo‘lim siz kelajak hayotingizni shakllantirish uchun qilmoqchi bo‘lgan aniq qadamlar va vazifalarga bag‘ishlanadi. Masalan, “Odamlar” bo‘limida tilga olingan eski tanish bilan bog‘lanish yoki “Ta’lim” bo‘limidagi kurslarga yozilish.
8. Boʻsh sahifalar
Bu sahifalar tasodifiy fikrlar, hikoyalar va boshqa kategoriyalarga sigʻmaydigan gʻoyalarni yozish uchun ajratiladi. Balki aynan shu erkin yozuvlar sizda yangi boʻlim yaratishga undar — masalan, “Shaxsiy moliya” boʻlimi.
Kelajak kundaligining asosiy maqsadi — siz qanday hayotni orzu qilayotganingizni anglab yetish va bu orzularni amalga oshirish uchun hozirgi kunda nimalar qilishingiz kerakligini aniqlashdir. Hayotingizni ongli tarzda yaratish — aynan mana shu bugundan boshlanadi.
Juda zor yozilgan
Qiziq tarafi oson ishga oxshidi, lekn ancha qiyin boladi toldirish buni
Hozrda kelaje haqida kop oylavomman, oqishni bir yilda tugataman, undan keyn nima qilishni bilmemman
Hayotdan nima xohlavotganimni bilmiman
Yozam tez otib ketvotti, hali dam oganimam yo, lekn nima qisa boladi
Hammasi yaxshi bolar
Juda qiziq yozilgan, rahmat
Rahmat, yigitlarga ham tori keladimi?
Yoq yoq, faqat qizlarga bu
Hammaga togri keladi, unaqa dimen
Men shunday dnevnik yurutaman
Juda foydali bolyapti, hammaga maslahat qilaman
Tori etas, hammaga tori keladi
Yaxshi