Er xotin munosabatlari

Oilada munosabatlar mustahkamligi erning tashabbusiga bog`liq. Oila uchun to`la javobgar sanalgan er rafiqasi va farzandlariga mehr‑muhabbat ko`rsatishda ulardan oldinda yursa, bundan o`zi ham katta manfaat topadi.

Mehribon, uni to`la tushunuvchi hamda hamisha yordamga shay turgan xotini, ota‑onasining panohida yayrab‑yashnab o`sayotgan, o`zlarini xotirjam sezgan, faqat yaxshi tomonga qarab kamol topib borayotgan farzandlar ota uchun ajoyib sovg`a bo`ladilar.

Bunga rioya qilgan oilalar orasida baxtsizlikka uchraganlarini men hech qachon uchratmaganman. Shunga asosan, otalar, tashabbus hamisha sizdan boshlansin deyman.

Ammo, yana bir narsani ham hisobga olish darkor. His‑tuyg`ulardan yiroq, ko`proq idrok bilan ish tutadigan no`noq er qanday qilib mehr‑muhabbatini xotinidan oldin ayta oladi? Mana aziz do`stim, sizga bugungi kun oilasining eng kam o`rganilgan muammoli tomoni.

Bu muammoni echish oson emas, chunki oramizda shunday erkaklarning ko`pchiligi shu muammodan bexabar. U xotini va farzandlarining his‑tuyg`ularga to`lib toshganini anglash o`rniga oilasi hayotida o`zi bilmagan holda to`siqlar yaratib olgan. Natijada esa er va xotin orasida ajralishlarga olib keladigan holatlar vujudga keladi.

Oilaviy aloqalarning o`ta muhim ekanligi hammamizga ayon. Buni to`g`ri tushunmagan er‑xotinlar boshi berk ko`chaga kirib qolishadi. Faqat idrok jarayoniga yopishib qolgan er his‑tuyg`ularga  boy xotinini tushunishni xohlamaydi. O`z navbatida Xotin ham erning sovuq muomalalarini kechirmaydi.

Aslida muammoning ildizi qaerda?! Erkaklar, siz haqiqatning yuziga tik boqing. Ayollar mehr va muhabbat, turmush o`rtog`i hamda farzandlariga mehribonlik, g`amxo`rlik ko`rsatish sohalarida hamisha etakchilik qiladilar. Erkaklar esa ko`proq tavsiyalarga, maslahatlarga suyanib ish ko`rishadi. Ular har doim ahli ayolining yordamiga muhtoj bo`ladilar.

Ayollar o`z erlarini his tuyg`ularning notanish mamlakatiga olib kirishda yo`l boshlovchilar sanaladi. Erlar nafaqat o`z xotinlarini hurmat qilishlari, hissiy sohada ularga ergashib yurishi, balkim oilada sog`lom muhitni yaratishday mushkul vazifani ado etishda o`z xotinlariga muntazam ravishda yordam berishlari, ularni qo`llab quvvatlashlari shart.

Agar er ayolning harakatlariga to`g`anoq bo`lsa, oxir oqibatda ayolning ruhi so`nib qolishi mumkin.

Agar ayollarning mehr muhabbati erlari toptab tashlasa, qalban ezilgan va tushkun holatga tushib qoladilar. Ammo agar erlari xotinlarining his tuyg`ularini qadrlasa, hamisha uning fikrlarini tinglasa, bunday  oilalarda er‑xotin o`rtasidagi munosabatlar juda qadrli bo`ladi.

Bunday oilalar ko`p yillar davomida shakllanib o`sib, mustahkam bo`ladi. O`zaro iliq munosabatlar ichida er‑xotin tobora yaqinlashib, bir biriga suyanib qoladilar. Bunday oilalar Yaratganning ulug` tuhfasidir. Kimda qayday fikr bor? Marxamat.

Kommentlar: 30 komment. 30 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Нигора

    Эхх муаллиф, канийди шундай булса. Юкорида ёзилганидек оила шаклланадиган булса албатта оила мухити жуда ажойиб булади ва бу оилада нур таралиб туради. Лекин бундай мухит шаклланишига аввалам бор угил боллар биринчи кадам куйишлари керак, бунда эса биз уларни хар дойим куллаб кувватлаб туришимиз аник

  2. komil

    rivojlanish har javhada bo’lmoqda shekilli, mana endi oila shakllanishining yangi modellaridan biri, juda kulgili

  3. bek

    manimcha ancha yaxshi fikr, mani ancha ko’p do’stlarim borki ularni turmush o’rtoqlari bilan munosabatini ko’rim xavas qilasan kishi va buni hech qanday kulgili joyiyam yo’q

  4. guli

    to’gride, qars ikki qo’lda chiqqani kabi bu munosabatlardayam eru hotin bir birlarini qo’llab quvvatlamasa oiladagi ichki muhit achinarli axvolda bo’ladi

  5. Номаълум

    er xotin munosabati – bu bir birlariga bo’lgan hurmatdan kelib chiqadi, munosabatda birinchi o’rinda hurmat va ishonch – bu eng keraklilari

  6. uzbek

    Муаллиф: Номаълум – September 30, 2012 – gapizga 100% kushilaman

  7. Зорро

    Яхши

  8. Исмингиз

    Кани эди xамма сиздай фиkирласа

  9. laylo

    4-yildan beri farzandimiz bo’lmaydi bilmadim nimaga to’g’risi qiynalib ketdim oila mustahkam bo’lishi uchun albatta farzandning ro’li katta deb o’ylayman

  10. Махбуба

    Оилада фарзандлар тарбиясида эркак киши хаммасини аелига топшириб куйиши аелни чарчатиб куяркан.

  11. Махбуба

    Чарчаган аел болалари уй рузгор юмушлари давлат иши билан эрига вакт ажратолмас экан.Мехрни эса эри бошкадан изламокчи буларкан.Ахир аел болаларим оилам деб кай бирига улгурсин унга хам Аллох биттагина жон берганку

  12. Xadicha

    Yuqoridagi fikirlarni barchasiga qo‘shilaman meni xam oilam turmish o‘rtog‘imni oilaga mexri yo‘qligi axmoqona gururi tufayli oilam buzulish arafasida turipti to‘rsi juda qiyin axvoldaman

  13. sofdil muhabbat

    Avvalo erkak ayolini sevib ardoqlashi kerak ayol kishi qulogi bn sevadi ozgina etibor mehr berilsa oila albatta mustahkam bolodi

  14. sofdil muhabbat

    Xadicha avvalo siz sabrli boling ayol kishi chidamli bolishi kerak shunda xammasi iziga tushib ketadi

  15. sofdil muhabbat

    Umr bu oqar daryo har bir kunimizning har bir onimizning qadriga yetaylik baxtimizga shu er larimiz sog omon bolishsin axir ular farzandlarimiz otasi bizni sevishadi ular bn biz baxtlimiz oilaning bor bolishi ham yoq bolishi ham ayol kishiga yani bizga bogliq shuning uchun hayotda ozgina aktrisa bolish lozim aziz ayollar !

  16. Fazilat

    aslida erkak o’z burchlarini unutib qoymasligi lozim ayol ojiz ayol kishi bir ogiz so’zga aldanib keturadi lekin erke kishi na bir shirin so’z na bir chiroyli muomila qilmasa er xotin orasida muhabat bo’midi maniyam oylam buzuliw arafasida shu muammo tufayli erimi fikricha yegimkeganini oberish u uchun konglimga qarash ekan lekin man uni manga shrin gapirishini mani gaplarimi eshitishini holiman ishdan kelib uhlab turib yana ishga ketadi beganaladan farqimiz yoq har bir ayol kishi mehr holidi shrin soz eshitgisi keladi turmush qurganimizga bor yogi 5 oy boldi homladorman nima qilishimni bilmi qoldim bu yogda qaynonamam zulim qiladi go’yoki man bu uyda cho’riman ishla ozini ozin boq bolami qiynama db jahl qiladi yashashni qizigi ham qolmasakan

  17. Murod

    Ayol kishi bir oz pastroq ketishi ham kerakmikan. Aks holda ertaklarning o’zini jilovlashi biroz qiyinroq bo’larkan. Ayniqsa xolerik tipdagilar.

  18. sirli inson

    Fazilat sabir qiling hamsi ozingizni qolingizda eringizga etiborli boling eringiz ishdan kelishini yasanib kutib oling hama joydi pokiza qiling kelishiga erkkak kishi kozi bilan sevadi chiroyga och boladi

  19. Safida

    Assalomu alekum hammaga togri lekin erkak kishidan shirin soz eshitmagandan kegin siz xoxlagan mexrni bermagandan kegin yashashni kereyi yo

  20. Fazo.tv

    Salomat bo’ling! Albatta, sevgidagi inson shirin so’z va mexrni istashi shubhasiz. Chunki bu tuyg’ular samodan tushgan marjonlar kabidir. Fikringizga butunlay qo’shilaman. Lekin o’z fikrimni bildirib ham o’tayin. Sevgi haqida gap ketar ekan, ushbu ajoyib narsani hamma har xil tushunadi. Kim oilada qanday sevgini olgan bo’lsa, xuddi shunday sevgini kelajakdagi munosabatlarda va oilasida qo’llashga harakat qiladi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan gap ham shu haqdadir. Lekin keling, haqiqiy sevgi haqida so’z yuritamiz. Ko’pchilik sevgi haqida gapirganda “sevdim”, “uni boshqa sevmayman”, “sevgimiz tamom bo’ldi”, “sevgi endi yo’q” va shu kabi fikrlarni bildiradilar. Lekin, haqiqiy sevgi unday emasdir. Haqiqiy sevgi olishni emas, aksincha berishni ko’zda tutadi. Haqiqiy sevgi erkakdan yoki ayoldan shirin so’z yoki mexrni talab etmaydi, aksincha, haqiqiy sevgi mana shu narsalarni berishga undaydi. Haqiqiy sevgi har kuni qurbon bo’lishni o’rgatadi, o’zingizdan voz kechib sevgingiz uchun fido bo’lishni o’rgatadi. Ha, yana muhim narsa shundaki, haqiqiy sevgi o’tib ketmaydi yoki o’lmaydi, haqiqiy sevgi Xudo kabi abadiydir. Agar “sevgingiz” bunday emas ekan, demak bu haqiqiy sevgi emas, aksincha, hoxish yoki istakdir holos. Bildirgan fikringiz uchun rahmat.

  21. Xxx

    Ammo agarda bizda er xotinini xis tuygusini tushunib harakat qilsa guyoki xotin quli bulib qolgandek tuyuladi smile

  22. Fazo.tv

    Salom Xxx! Kimga shunday tuyuladi? Ergami yoki boshqalargami?

  23. Mrs

    Tori ayol kishi mehrga etiborga muhtoj buladi. Hurmatli erkaklar! tori man ayolimi yaxshi koraman yaxshi kormaganimda uylanarmidim dersiz ln biz ayollar sizlardan kop narsamas mehr etibor va shirin soz kutib yashimiz. Siz korsating ayting kn korasiz biz ayollar nimaga qodir ekanligimizni.

  24. Fazo.tv

    Salom Mrs. so’zlaringiz uchun katta rahmat! smile

  25. Простой парен

    Аёлларни канча яхши корса севса шунча узокларшар екан хозирги аёллар жуда узгариб кетган факат кучага бояниб ясаниб чикади уйда боса узига карамай юради бундан кеин ойла кандай сакланиб колади куписи гйбат килади алдайди итоат кимайди

  26. Fazo.tv

    Salom Простой парен, nega shunday deb o’ylaysiz?

  27. Panohimsan

    Oilani saqlab qolish koproq ayol kishini vazifasi deb uylardim lekin hamma narsa biz uylaganchalik bulmas ekan ayol kishi uz juftiga qanchalik etibor mehrini berib tursa juftidan ham shuni kutadi agar topolmasa u usha ayol kun sayin ruhiy tushkinlikka tushib boradi oqibatda oilada janjal kupayadi er xotin munosabatlari mana shundan dars keta boshlaydi

  28. Panohimsan

    Men ozgina rashkim yomon buni tan olaman lekin uz turmush urtogingni boshqa bilan bulishib yashash menimcha bunda har qanday ayol rashk qilsa kerak chunki uz umr yuldoshini kuz ochib kurgani farzandini otasini kimgadir shundoqqina quyib yuborish menimcha uncha buncha ayolni qulidan kelmasa kerak

  29. Panohimsan

    Men turmush urtogim bilan turmush qurganimizga ikki yil buldi u kishini boshqa oilasi bor ekan farzandlari ham bor ekan biz ikkinchi oilasimiz turmush ortogim bizdan kura ular bilan kuproq yashidi bizga unchalik mehri yuq men indamay sabr qilyapman bizni hatto kelajak rejalarimiz ham yuq hayotga tajribasi borlar maslahatingizga muhtojman erimni juda qattiq yaxshi kuraman lekin ular biz bilan uzoq yasholmaydi men uni ota onasi bilan turaman bitta uglimiz bor birinichi oilasidan ikkta qizi bor har safar erimni ularni oldiga yuborishimda tamom bulyapman oilamni qanday qilib butun qilishim farzandimni otasini qanday qaytarishim mumkin kimdadur shunday holat bulgan bulsa fikringizni bilmoqchi edim

  30. Fazo.tv

    Salom Panohimsan. Afsus bunday muammoga ko’pchilik duch keladi. Bu masalada faqat bitta maslahat berishim mumkin. Xudodan donolik so’rang. Chunki U rahmdil, so’raganga beradi. Murojaat qilgan odamdan yuzini o’girmaydi. Bandalarini yolg’iz qoldirmaydi va kuchidan ortiq qiyinchilik va vasvasa bermaydi. Samimiy xabaringiz uchun rahmat.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social