“Kuygan non” hikoyasi

“Kuygan non” hikoyasi

Esimda, 8 – 9 yosh bo`lganimizda, onam bizga ovqat tayyorlashni juda yaxshi ko`rar edi. Men buni hozirgacha eslayman.

style=”text-align: justify;”>Shu kunlardan menga bir voqea juda esimda qolgan. Kechalardan birida, onam og`ir ish kunidan keyin biz uchun kechki ovqat tayyorlagan edi. U dadamning oldiga murabbo bilan kuygan nonni qo`ydi. Shunchaki kuygan emas, balki butunlay kuyib qora bo`lib qolgan non.

Men oilamizning boshqa a`zolarining bu vaziyatga munosabatini va nima deyishlarini kutdim. Lekin dadam oldidagi kuygan nonini edi va mendan uy vazifalirimni bajarganligim va kunim qanday o`tganligi haqida so`radi. O`sha vaqtda dadamga qanday javob berganim esimda yo`q, lekin shu kechasi onam dadamdan kuygan non uchun kechirim so`rayotganini eshitdim. Mening esimda qolgani, dadamning onamga bergan javobi bo`ldi: “Azizim, men kuygan nonni yaxshi ko`raman!”

Biroz vaqt o`tib, dadamga xayrli tun tilash uchun uning oldiga borgan edim, shunda men dadamdan “haqiqatdan ham kuygan nonni yaxshi ko`rasizmi” deb so`radim. Dadam qo`lini elkamga qo`yib shunday dedi:

– Onang kun bo`yi ish xonada ishladi, unga oson kun bo`lmadi va U juda charchagan. Bundan tashqari, kuygan non hech qachon katta zarar etkazmaydi. Bilasanmi nima zarar etkazadi? Achchiq va qo`pol so`zlar.

Bilasanmi o`g`lim, – davom etdi otam – bizning hayotimiz mukammal emas, shu kabi insonlar ham. Men ham mukammal emasman. Men tez-tez tug`ilgan kunlarni va boshqada muhim sanalarni unutib turaman.

Ammo mana shu yillarda men bir narsani tushundim, boshqalarning kamchiliklarini qabul qilib, o`rtamizda farq borligidan xursand bo`lish kerak ekan. Ushbu kichkina sir samimiy va o`zoq munosabatni ko`rishga yordam beradi. Har ertalab afsus bilan uyg`onish uchun – hayot juda qisqa. Yuraginga quvonch olib kelayotgan insonlarni sevgin, bunday qilmaganlarga esa aslo xafa bo`lma.

Yaqin insonlarni yupatish, tushunish va qadrlash kerak. Ayniqsa senga eng qadrli bo`lganlarni – oila a`zolar, ota ona, aka uka va opa-singillar.

Ushbu ajoyib hikoya bizga o`z yaqinlarimizga nisbatan g`azabni ushlash va ularni achchiq so`zlarimiz bilan xafa qilmaslik – qanchalik muhim ekanligini eslatib turadi.

Kommentlar: 27 komment. 27 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hindu

    Bu hikoyada haqiqiiy sevgini ko’rdim. Menda ham shunday ota bo’lishini orzu qilganman. Mening dadam onamni har bir arzimagan narsa uchun urishardi. Lekin, dadamning onam bilan munosabati men uchun katta saboq bo’lganini mana shu hikoya orqali tushundim desam ham bo’ladi. Muhimi men dadamga o’xshashni istamayman. Ayolimni urushmay, unga hizmat qilishni istayman. Hikoya muallifiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.

    Shunday hikoyalarni tez-tez joylashtirsangiz juda yaxshi bo’lar edi. Yana bir bor rahmat. Fazochilar, OLG’A!

  2. Karim

    Haqiqatdan ham bu hikoya meni yuragimga tegdi, men ham otamni sevgisini ko’rmay katta bo’lganman, otam ham onamni juda ham ko’p urib ularning yuraklariga juda ham og’ir jarohat yetqizib kelganlar.
    Men ham yoshligimda o’zimga o’zim so’z bergan edim ; “Katta bo’lsam men otamdan ko’rmagan mehrni va sevgini o’zimning farzadlarimga ortig’i bilan beraman” deb.
    Meni bir savol qiynar edi yoshligimdan: “Nima uchun men sevgiga noloyiqman nima uchun boshqa do’stlarimni otalari ular bilan vaqt o’tkazishadi, quchoqlab bag’riga bosadi, lekin nima uchun mening otam meni bunchalik yomon ko’radi,urushib meni uradi nima uchun men esimni taniganimdan beri meni bir marotaba bo’lsa ham bag’riga bosib : O’g’lim seni yaxshi ko’raman” demagan?.

  3. Шоди

    Нима учун кўпчилик ўзбек оилалар бундай эмас экан? Бунга сабаб нима бўлиши мумкин? Хикоя жуда яхши. Менга ҳам ёқди. Кимда қандай фикр бор?

  4. Abduvohob

    Шоди: nima uchun uzbek oylalar bunday emas? deb surisiz. Ammo javobni uzingiz yaxshi bilasizku! bu madaniyatimiz shunaqa! oddiy soz bilan aytganda O’zbechilik! Xamma erlar bilishadiky ayol uni xurmat qilishi kerak. Ammo erkaklar xurmatni notog’ri tshunishadi. Xamma narsa ideal bulmidi xech qachon. Ushu hiqoyada haqiqiy hrmat va sevgi qanday bolishi ekanligi kursatilgan! shu bilan nima aytmoqchiman, yoshlar shunday sevgiga va hurmatga ega bolishni xoxlasak, boshidan ozimiz shuni kursatishim kerak boladi!

  5. Qurbonali

    Hikoyaga gap yo’q!
    Ochig’i quyida bildirilgan izohlarni o’qib hulosamdan o’zimni ancha baxtli his qildim yoki bilmayman nima deyishni chunki o’zimni kimdandur ustun qo’ymoqchi emasman mening ham otam bor lekin mening otam hech qachon menga qo’l ko’tarmagan urib so’kmagan hatto sigareta chekayotganimni eshitganda ham ammo men aldaganman chunki o’z ko’zlari bilan ko’rmaganlar shunga menga ishonadilar afsus chunki haliyam chekaman sad balki urmaganlari uchun o’zimni baxtli his qilayotkandirman hayot notekis har kimda har hil vaziyat bo’ladi. Sayt muallifi otalar va bolalar mavzusi va farzandlarining yomon odatlariga otalarning e’tibori va qarashlari haqida maqola chiqarishsa ancha yaxshi bo’ladi.
    Ijtimoiy tarmoqlarning birida bir yigit shunday deb yozgan edi:
    “- O’ylab qarasam otamga hech qachon ularni yaxshi ko’rishimni aytmagan ekanman, balki buni uyat deb bilganimdandir!”

    Qoil qoldim bu so’zlarga ham uyat ham hurmat taxsinga sazovor!

  6. Шоди

    Қурбонали яхши сўзларни ёзибсиз. Бунга юз фоиз қўшиламан. Дунёни ўзгартирмоқчи бўлсак, ўзимиздан бошлашимиз керак деган иборанинг ўзгинаси.

  7. umid

    ozbek ayolar xech qachon kuygan non kuyishmaydi erlariga, chunki keyin yaxshigina gap eshitadilar )))

  8. Abrorbek

    Hikoya juda zor gap yoq yozgan insonga soģlik salomatlik tilayman rahmad

  9. Jasmin

    ha haqiqitdan ham hikoya tasirli chiqibdi. insonlarga saboq bersa arziydi bu qaniydi dunyodagi barcha insonlarni qalbida mehr oqibat sevish sevilish hurmat degan hislar bo’lsa edi… boredom

  10. Sarvara☺

    Assalomu aleykum hammaga hikoya juda go’zal gap yo’q dunyoda shunday otalar ko’payaversin bizni onalarimizni tushuna oladigan onalarga xam oson emas xullas hikoya menga juda yoqdi bu hammaga o’rnak bo’lishini xoxlardim☺

  11. Sarvara

    Assalomu aleykum hammaga hikoya juda go’zal gap yo’q dunyoda shunday otalar ko’payaversin bizni onalarimizni tushuna oladigan onalarga xam oson emas xullas hikoya menga juda yoqdi bu hammaga o’rnak bo’lishini xoxlardim☺

  12. Fazo.tv

    Salom Sarvara! Katta rahmat sizga! Biz bilan qoling smile

  13. ♥️INCH

    Hamma oz fikrni bildiribdi
    Qani buni aynan kerakli inson oqisa

  14. Gulli

    By juda ajoyib sevgidan kozi va qalbi tolgan bitta baxtli oila haqida ekan bundan juda xursand boldim va biroz kozimga yosh keldi juda tasirli hikoya insholoh bolajak yangi oilam ham men bilan shunday bolishini xoxlardim qiyin vaziyatda yaxshi yomon kinda ham bolakak juftimning meni tushana olishi va sevishi agar shunday bolganda biz dunyodagi eng baxtli oila via eng baxtli juftlik bolardik maqola menga yoqdi va yana shunday hikoyalar kutib qolaman rahmat fazotv

  15. Gulli

    agar buni aynan kerakli odam oqishi uchun biz yaxshilab tushunishimiz boshqalarga ham ulashishimiz kerak shundagini aynan kerakli in son ham oqiydi tõg’rimasmi????

  16. Odil

    Kerakli inson kim?

  17. Gulli

    Assalom alaykum sizningcha õzizga Kim kerakli inson men uchun oilam va kelajakda boladigan yangi oilam

  18. Aziza

    Bu hikoyani kurmagankanman unknw

  19. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz men ham

  20. Aziza

    Salom alaykum, rahmat! Uziz4i? Uyingiz tin4mi?

  21. Gulli

    Yaxshi rahmat olohga shukr tinch yaxshiman oziz yaxshimisiz

  22. Aziza

    Yaxwiiii, uydaman bugun, siz nimala qivos?

  23. Gulli

    Menda shu uyda uy ishlari bilanman

  24. Aziza

    Uyiz kottami diman laugh

  25. Gulli

    Jamasu ortacha ishlarni bolib jiyanimni yonida otiraman yana uy hayvonlarimiz bor ularga qarayman ularni yeydigan narsalari deganday

  26. Anonim

    Hikoyaning audiosi yoqmi

  27. Aziza

    Audiosini nima qilasiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social