Mashhurlarning o‘limidan avval aytgan so‘nggi so‘zlari

Mashhurlarning o‘limidan avval aytgan so‘nggi so‘zlari

Hatto eng badavlat va mashhur kishilar ham o‘lim bilan yuzma-yuz keladi. Bir paytlar Epikyur shunday degan edi: “O‘limdan qo‘rqma: toki sen tirik ekansan, u yo‘q, kelganda esa sen bu yerda bo‘lmaysan”. Abadiy tinchlikka ketishdan avval shunday mashhur insonlar o‘limidan avval qanday so‘z aytganini o‘qish barchaga qiziq. Quyida butun dunyoga taniqli shaxslarning so‘nggi so‘zlarini keltirib o‘tamiz.

Frenk Sinatra

Frenk Sinatra aktyor, qo‘shiqchi va shoumen bo‘lgan. U 1998-yilning 4-may kuni 82 yoshida Los Anjelesda miokard infarkti tufayli vafot etgan. The Mirror nashrining yozishicha, Sinatra so‘nggi daqiqalarda xomushlik bilan rafiqasiga yuzlanib, “Men yutqazyapman”, — degan. O‘sha vaqt xonandani vahima bosmagan, ammo nafas olishi qiyinlashgani tufayli bazo‘r so‘zlarini aytib qolgan.

Stiv Jobs

Apple kompaniyasi asoschisi vafotidan keyin bir necha yil o‘tgach, Internetda marhumning o‘limi oldidan aytgan gaplari tarqala boshladi. Unga ko‘ra, Jobs boylik va muvaffaqiyatning befoydaligi haqida baland ovozda nutq so‘zlagan edi. Aslida esa mish-mishlardan farqli o‘laroq, Stivning so‘nggi so‘zlari hayratga to‘la va qisqa bo‘lgan: “Voy! Buni qarang! Voy!”.

Malika Diana

Ma’lumotlarga ko‘ra, Parijdagi avtohalokatdan keyin Diana atrofga qarab, mashinada yana ikki yo‘lovchining jasadini ko‘rgan va sarosimaga tushib: “Ey xudoyim, nima bo‘ldi?” deya jon taslim qilgan. Uning o‘limiga o‘pka venasining yorilishi sabab bo‘lgan.

Hit Ledjer

Aktyor 2008-yil yanvar oyida “Doktor Parnas xayoloti” filmini suratga olish davrida vafot etdi. O‘limidan avvalgi kechada Hit singlisi bilan telefonda gaplashdi. U uxlashga yordam beradigan dorilarni boshqa dorilar bilan birga qabul qilmasligi kerakligini aytganida, aktyor: “Keti, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deya javob bergan.

Koko Shanel

Moda olamini o‘zgartirib yuborgan afsonaviy dizayner Koko Shanel 1971-yil 10-yanvarda yurak xurujidan vafot etgan. So‘nggi daqiqalarda u o‘zining xizmatkori Selinga qarata: “Ko‘ryapsizmi, insonlar shunday o‘ladi”, — degan va boqiy dunyoga ketgan.

Merilin Monro

1962-yil 5-avgustda taniqli aktrisa va model Merilin Monro Los Anjelesdagi uyining yotoqxonasida o‘lik holda topildi. U hodisadan avval do‘sti Piter Loufordga qo‘ng‘iroq qilgan va “Mening o‘rnimga Pet (Loufordning rafiqasi) bilan xayrlash, Jekka (Kennedi) ham xayrlashuvimni yetkaz va o‘zing bilan ham vidolashib ol, chunki sen yaxshi insonsan”, — deya suhbatni yakunlagan.

Maykl Jekson

Pop qiroli konsert dasturi uchun mashqlarni bajarib bo‘lgach, 2009-yil 25-iyun kuni yarim tundan keyin uyiga qaytdi. Jekson tunda uyqusizlikdan aziyat chekar edi, shuning uchun u shaxsiy shifokori Konrad Myurreydan bir qator kuchli uxlatuvchi dorilar berishini so‘rar edi. Dorilar kor qilmagach, xonanda shifokorga “Iltimos, uxlab qolishim uchun menga sut bering”, — deb iltimos qila boshladi. Qo‘shiqchi eng kuchli og‘riq qoldiruvchi propofolni “sut” deb atardi. Maykl o‘limga olib keladigan kuchli dori-darmonlarni qabul qilib, qayta ko‘zlarini ochmadi.

Bob Marli

Bob Marley and The Wailers guruhi asoschisi, taniqli musiqachi Bob Marli Yamaykada tug‘ilgan. 11 nafar farzandning otasi 1981-yil 11-mayda saraton kasalligi tufayli kasalxonada dunyodan ko‘z yumgan. Musiqachining o‘g‘li Ziggiga aytgan so‘nggi so‘zlari “Hayotni pulga sotib ololmaysan” bo‘lgan.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Qanaqadir qiziq narsalar etishgan dib o’ylabman dash

  2. Mavzuni nomini yomon yozibsizlar lekin, hamma kiradi, lekin hech kimga nima etishgani yoqmaydi

  3. Hayot bir zumda tugawi mumkin. Wunga har kunila u4un minnatdor bulila

  4. Xudo bar4amizni u4 panohida asrasin heart

  5. Zor

  6. Qiziq bo’ldi, rahmat

  7. Inson ajali kelganini xis qila boshlaydi va oʻlimni juda tez eslay boshlaydi tirik jon borki oʻlim ajal tamini tatguvchidir lekin oʻlim aslida goʻzal agar keyingi hayotga chiroyli harakat qilib qoʻygani boʻlsangiz kim uchundir yomon yaxshi amal toploy olmasa yaxshi yoki yomon farqi yoʻq baribir vaqti soati kelsa barchamiz oʻlamiz smile

  8. Turi etas, hayotda he4 qa4on uzgarmaydigan narsa bu ulim

  9. Asosiysi keyingi hayotga turi harakatlar qiliw

  10. Minnatdor bo’lib yashaylik

  11. Malikaxon

    cry

  12. Qiziq narsalar aytishgan ekan.

  13. Raxmat

  14. Qobiljon

    sad

  15. Rahmat

  16. Super good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social