Bir kuni bir dehqon o’zining kambag’al uyi ostonasi oldida o’tirib, kechki salqin ostida dam olar edi. Uyi oldidan qishloqqa boradigan yo’l yotardi. Yo’ldan bir kishi o’tayotgandi va dehqonning o’tirganini ko’rib uyladi: “Bu odam dangasa ekan, u ishlamasdan kuni bilan o’z uyi ostonasida o’tiribdi.”
Bir oz vaqt o’tib yana bir sayyoh yo’ldan o’tar edi. U ham o’zicha o’yladi: «Bu odam – xotinboz. U yo’ldan o’tayotgan qizlarga nazar solib ularga gap otish maqsadida o’tirgan bo’lsa kerak.”
Nihoyat bir dehqon yo’ldan o’tayotib o’yladi: “Bu odam – haqiqiy mehnatkash. U butun kun davomida qattiq g’ayrat bilan ishlagan va hozirda u haqqoniy ravishda dam olayapti.”
… Aslida biz o’z uyi ostonasi tagida o’tirgan dehqon haqida ko’p narsa aytaolmaymiz. Lekin biz yo’ldan o’tib borayotgan 3 ta sayyoh haqida ko’p narsa aytishimiz mumkin: “birinchisi dangasa, ikkinchisi xotinboz va uchinchisi – mehnatkash”.
Sen aytgan narsa – o’zing haqingda gapiradi; ayniqsa, qachonki sen birov haqida gapirganingda.
Bu oynaga o’xshaydi – ya’ni himoya mexanizmi. Inson o’z ichki dunyosiga tegishli bo’lgan narsani boshqalarda ham ko’rishni boshlaydi.
XOTAMOVA