Men baxtsizman

Men baxtsizman

Men baxtsizman… menimcha, men – yomon insonman -deb bir shogird ustoziga nolidi.

Sen yomon inson emassan, ammo sen o’zgarishing kerak – dedi ustozi.

– Qanday qilib? Agar men yomon inson bo’lmasan, unda o’zgarishimning nima keragi bor?

– Yaxshisi, kel men senga ko’rsataman – dedi ustozi.

Ustoz bir nayni olib shogirdiga berdi va istagan musiqani chalishini so’radi. Ammo shogird nayda musiqa chalishni bilmas edi. U nayni lablariga qo’ydi va chalishga harakat qilib ko’rdi. Lekin naydan hech qanday quloqga muloyim musiqa chiqmadi.

-Ko’rdingmi, nima bo’ldi –  deb so’radi ustozi. – Agarda sen nay chalishni o’rgansang, musiqa umuman boshqacha bo’ladi. Shunda nima o’zgaradi? Sen chalishda davom etasan va nay o’sha-o’sha bo’ladi. Lekin musiqa umuman boshqacha bo’ladi.  U orom beradi, dardga davo ham bo’lishi va ruhingni ko’tarishi ham mumkin.

Xulosa: senda barcha kerak bo’lgan narsa bor. U senga yomon ko’rinishi mumkin, chunki sen hozircha undan zavq chiqarishni o’rganmagansan. Qachonki sen hayollaring va tuyg’ularingni boshqarishni o’rgansang, shunda qo’lingdagi asboblaring senga quloq soladi. Ana shunda sen kamchiliklaring – bu sening yorqin yaxshiliklaring va sen shunchaki ular bilan foydalanishni o’rganmaganingni tushunasan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social